1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja


Vaqt bo‘yicha zichlashtirish



Yüklə 165,68 Kb.
səhifə31/44
tarix14.12.2023
ölçüsü165,68 Kb.
#177033
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44
1- ma’ruza simli aloqa asoslari reja-fayllar.org

Vaqt bo‘yicha zichlashtirish. Bu usulda bir necha informatsion oqimlarni bitta oqimga birlashtirish nazarda tutiladi. Birlashtirish elektrik signallar va optik signallar darajasida amalga oshirilishi mumkin. Elektrik signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan TOAT liniya traktining tuzilish sxemasi 2.1-rasmda ko‘rsatilgan .

4.1-rasm. Elektrik signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan


TOA tizimining liniya trakti
A va V kirishdan tushayotgan elektrik signallarning ikki qism impulslari (N manba bo‘lishi mumkin) birlashtiruvchi qurilma (BQ) yordamida vaqt bo‘yicha aniq ketma-ketlikka ega guruhli signalga birlashtiriladi. Guruhli signal optik uzatgich OUz da optik tashuvchini modulyatsiyalaydi. Optik nurlanish OT bo‘ylab tarqaladi va optik qabul qilgich OQq da qaytadan elektr signaliga o‘zgartiriladi. So‘ng bu signal ajratuvchi qurilma (AQ) yordamida A1 va V1 chiqishlariga beriladigan impulslarga ajratiladi.

O ptik va raqamli oqimlarni birlashtirish sxemasi 2.2-rasmda ko‘rsatilgan.

4.2-rasm. Optik signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan
TOA tizimining liniya trakti
N manbadan elektrik raqamli oqimlar N optik uzatgich OUzga tushadi. OUz da elektr signallar optik signallarga o‘zgartiriladi. Optik signallarni birlashtirishdan oldin ularni Δt;2Δt;3Δt;...(N-1) Δt ga kechikishi ro‘y beradi. Bunday kechikishdan keyin optik siljitgich (OS) chiqishida optik impulslar ketma-ketligiga ega bo‘lamiz. Qabyl qilishda bunga teskari jarayon amalga oshiriladi.

Vaqt bo‘yicha zichlashtirishda qisqa (10-9S va undan kichik) yorug’lik impulslarini uzatish talab etiladi. Lekin subnanosekundli impulslarni uzatish TOAT uzatib qabul qiluvchi apparaturalarining optoelektron qurilmalarining oxirgi imkoniyatiga yaqin bo‘lgan tezkorligiga juda yuqori talablar qo‘yadi. Bundan tashqari optik tolaning dispersiya xususiyatlari tufayli uzatish tezligi, o‘tkazish oralig’i ham chegaralangan.


Vaqt bo‘yicha zichlashtirishning asosiy afzalligi bu OT o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish koeffitsientining ortishi va to‘liq optik aloqa tarmoqlarini yaratish imkoniyatining mavjudligi hisoblanadi.

Yüklə 165,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin