1- ma’ruza. Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi


O‘zbekistonda voleybol o‘yinini rivojlanishi



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/22
tarix09.06.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#127591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
1- Ma’ruza.Voleybolni vujudga kelishi va rivojlanish tarixi

O‘zbekistonda voleybol o‘yinini rivojlanishi. 
Voleybol O‘zbekistonda qachon, qayerda va qanday vaziyatda vujudga 
kelgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Lekin ayrim taxminlarga qaraganda 1921–24-
yillarda voleybol o‘yini Qo‘qon, Toshkent va Farg‘onada vujudga kela boshlagan. 
O‘sha davrning sport veterani K.Lebedevning hikoyasiga binoan 1924–25-yillarda 
ko‘pgina yoshlarni doira shaklida joylashib bir-birlariga to‘p uzatish o‘yinlari 
tarqala boshladi. Qiziq, mazkur davrda voleybol bo‘yicha qabul qilingan halqaro 
musobaqa qoidalari ancha takomillashgan bo‘lib, maydoncha 9x18 m, to‘p bilan 
faqat uch marta o‘ynash mumkinligi, o‘yinchilar tarkibi bir jamoada 6 kishidan 
iborat bo‘lishi, to‘rni balandligi 243 sm (erkaklar uchun), hisob 15 ochkoga 
yetganda o‘yinning bir bo‘limi yakunlanishi, to‘pni o‘yinga kiritish – xullas, 
barcha o‘yin qoidalari zamonaviy voleybol o‘yini qoidalariga o‘xshash edi. Shunga 
qaramay O‘zbekistonda voleybol qoidalari 1924–25-yillarda hali ancha sodda 
bo‘lgan. O‘sha davrning V.I.Perevoznikov degan sport ixlosmandining aytishicha, 
1926-yilda Toshkent shahridagi Chernishevskiy nomli maktab o‘qituvchisi 
Moskvadan musobaqa qoidalari, voleybol to‘ri va to‘pini birinchi bor keltirgan. 
1927-yilning 26-aprelida esa aynan shu maktabning voleybol to‘garagi jamoasi 
birinchi rasmiy musobaqa tashkil etib, unda u yuksak mahorat ko‘rsatdi va 
musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Mazkur musobaqa voleybolni ommaviylashishi va 
shakllanishida katta burilish kashf etdi. 1927-yilning yoz oylaridan birida voleybol 
bo‘yicha Toshkent shahar birinchiligi o‘tkazilib, unda 9 ta voleybol jamoasi 
ishtirok etdi. Chernishevskiy nomli maktab voleybol jamoasi bu musobaqada ham 
g‘oliblikni qo‘ldan bermadi. 
1930-yillarda «Dinamo» ko‘ngilli sport jamiyatida voleybol jamoalari 
tuzildi. Ilk bor tuzilgan «Dinamo» voleybol jamoasining birinchi murabbiysi 
B.A.Voronsov O‘zbekistonda voleybolning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdi. 
1929-yil 30-sentabrda Samarqandda mahalliy millatga mansub bo‘lgan yoshlardan 
iborat jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha yo‘riqchi-tashkilotchilar tayyorlandi. 
1933-yilda O‘zbekiston Spartakiadasi o‘tkazildi. Erkaklar o‘rtasida 
«Dinamo» va ayollar bahsida «O‘ztrans» jamoalari birinchi o‘rinni egalladi. 
1934-yil o‘zbek voleyboli uchun muhim burilish yili bo‘lib qoldi. 
Jumladan, o‘zbek voleybolchilari birinchi bor Moskvada mamlakat birinchiligida 


ishtirok etdi. Shu yili voleybol birinchi bor O‘rta Osiyo va Qozog‘iston 
Spartakiadasi dasturidan o‘rin oldi. 
Shuni ham ta’kidlash o‘rinliki, o‘zbek voleybolini ilk bor ravnaq topishida 
A.Saakov, G.L.Keshishev, V.X.Shnurov, V.F.Shveduks, A.A.Bogachenko, 
B.A.Voronsov kabi murabbiylarning xizmati alohida ahamiyatga ega. 
1938-yilga kelib O‘zbekistonda kuchli jamoalarning soni 72 taga yetdi. 
Bular SAGU «Dinamo», ODO, Qurilish texnikumi, «Lokomotiv», O‘zTRANS, 
SazPI (Toshkent), Farg‘ona, Xorazm, Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Samarqand, 
Qo‘qon va boshqa jamoalardir. 
1947-yil 1-yanvarda berilgan hisobotlarga ko‘ra, voleybol bilan muntazam 
shug‘ullanuvchilarning soni 9278 kishini tashkil etgan. Respublika bo‘yicha 1 
razryadli voleybolchilar – 6 kishi, 2 razryad-lilar 344 kishini o‘z ichiga olgan. 
Bundan 
ko‘rinib 
turibdiki, voleybolning ommaviylik 
darajasi 
ham, 
voleybolchilarning mahorat saviyasi ham ko‘ngildagidek bo‘lmagan. 
1950-yillardan boshlab O‘zbekiston voleybolida uzluksiz hujum taktikasi 
ustunligi ko‘zga tashlana bordi. O‘yinlarda turli taktik kombinatsiyalar qo‘llana 
boshladi. 
1954-yil 1-yanvarga kelib, voleybol bilan shug‘ullanuvchilar soni 64942 
kishiga ko‘paydi. Lekin respublikada, viloyat, tuman va qishloqlarda voleybolning 
mahorat darajasi juda past bo‘lib, yuqori malakali voleybolchilar sanoqli edi. 
1955-yilning sentabr oyida Toshkentda ilk bor O‘zbekiston Davlat 
jismoniy tarbiya instituti tashkil qilinib, uning tarkibida sport o‘yinlari kafedrasi 
faoliyat ko‘rsata boshladi.
Shu yili, ya’ni 1959-yilda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti 
o‘zining birinchi bitiruvchilarini qutladi. Ular orasida voleybol ixtisosligi bo‘yicha 
11 kishi oliy ma’lumotga sazovor bo‘ldi (1 ta o‘zbek ayoli va 2 ta o‘zbek yigiti 
voleybol bo‘yicha institutni tugatishgan edi). 
O‘zbek voleyboli tarixida respublikamiz terma jamoalarining halqaro 
musobaqalarda ishtirok etib kelishi alohida ahamiyatga egadir. Shuni ta’kidlash 
o‘rinliki, o‘zbek voleybolchilari o‘zining ilk bor halqaro uchrashuvini 1935-yil 
oktabr oyida Toshkentda Afg‘oniston terma jamoasi bilan o‘tkazgan.
1961-yilning dekabrida O‘zbekiston voleybolchilari Indoneziyaga o‘rtoqlik 
uchrashuvlari o‘tkazish uchun jo‘nashdi. Ular Suratayya shahrida qator 
uchrashuvlarda ishtirok etib bitta o‘yinda mag‘lub bo‘lishgan bo‘lsa, qolganlarida 
mezbonlar jamoasidan ustun kelishdi. 1962-yil iyun oyida O‘zbekistonning 
erkaklar va ayollar jamoalari Mongoliyaga jo‘nashdi va barcha uchrashuvlarda 
g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. 
Mazkur halqaro o‘yinlarda erkaklar voleybol jamoasidan G.Xudyakov, 
G.Bagirov, R.Xusainov, Yu.Simonov, V.Kucherov, V.Ananich, ayollar jamoasidan 
esa M.Katasonova, T.Sklyarova, L.Raxmanqulova, Yu.Xoliqnazarova va 
L.Korchaginalarning alohida mahorat namoyish etganliklarini ta’kidlash lozim. 
1970-yildan to 1991-yillargacha o‘zbek voleybolchilari talaygina halqaro rasmiy 
va o‘rtoqlik musobaqalarida ishtirok etib kelishgan. O‘tgan davr ichida yuqori 
malakali voleybolchilar doirasi kengaya bordi. Bular qatoriga Olimpiada 
chempionlari V.Duyunova, L.Pavlova, yoshlar o‘rtasida Ovrupa chempionlari 


L.Ishmayeva, L.Suleykina, O.Belova, L.Lepilina, O.Dubyaga, S.Myachin kabilar 
kiradi.
Vatanimizning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi o‘zbek voleybolining 
halqaro miqyosdagi o‘rniga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi, 1993-yil 24–
31-iyulida Shanxay (XXR) shahrida o‘tkazilgan Osiyo Chempionatida mustaqil 
O‘zbekistonning ayollar milliy terma jamoasi voleybol tarixida birinchi bor 
ishtirok etib, faxrli 6-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur chempionatga qadar ushbu 
musobaqalarga tayyorgarlik maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlarining bir necha 
shaharlarida bo‘lib, turli universitetlar voleybol jamoalari bilan o‘rtoqlik 
uchrashuvlarini o‘tkazishdi va o‘yinlarda muvafaqqiyat qozonishgan edi. 
1994-yilda Taylandda o‘tkazilgan «Prinsessa Kubogi» musobaqalarida 
L.Ayrapetyants rahbarligida tashkil etilgan «SKIF-Interkross» klubi qoshida tarkib 
topgan ayollar voleybol jamoasi ishtirok etib, maqtovga loyiq o‘yin namoyish 
etishdi. 
1997-yil 
21–28-sentabrda 
Manila 
shahrida 
o‘tkazilgan 
Osiyo 
Chempionatida ayollar terma jamoasi 6-o‘rin, 1998-yilda o‘tkazilgan Qozog‘iston 
Respublikasi Prezidenti Kubogi halqaro turnirida 3-o‘rin, shu yili Taylandda 
o‘tkazilgan IX «Prinsessa Kubogi»da 6-o‘rin, 1998-yil 24–28-mayda Vetnamda 
o‘tkazilgan X Osiyo Klublararo Chempionatida 3-o‘rin, 1999-yil Vetnamda 
Janubi-Sharqiy Osiyo Chempionatida 2-o‘rin va shu yili Toshkentda o‘tkazilgan 
«Kubok Mikasa» halqaro turnirida 1-o‘rinlarni olishga sazovor bo‘lgan. 
E’tiborga loyiq joyi shundaki, istiqloldan so‘ng o‘zbek voleybolining 
taraqqiyoti respublikamizda yangicha yo‘nalishda davom etishi ko‘zga 
tashlanayotir. Jumladan, 1992-yildan boshlab muntazam o‘tkazilayotgan 
O‘zbekiston Chempionati voleybolning yanada rivojlanishiga va ravnaq topishiga 
katta ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Ayniqsa, so‘nggi yillarda tadbiq etilgan o‘quv muassasalari o‘rtasida 
o‘tkazilayotgan 3 bosqichli musobaqalar: «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va 
«Universiada» voleybolni o‘quvchi-talaba yoshlar o‘rtasida keng rivoj topishiga 
muhim turtki bo‘lmoqda. 
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, so‘nggi yillarda respublika miqyosida 
o‘tkazilayotgan musobaqalarda professional jamoalar doirasi kengayib bormoqda. 
Bular qatoriga «Kinap» (Samarqand sh.), «Viktoriya» (Navoiy sh.), MHSK 
(Chirchiq sh.), «SKIF» (Toshkent sh., O‘zDJTI) va hokazo jamoalar kiradi. 
Mazkur voleybol jamoalarining a’zolari bo‘lmish o‘yinchilar, sport ustalari 
A.Sovich, Sh.Muslimov, I.Vlasov, A.Popovkin, S.Juravlev, I.Tambiyev (hammasi 
«Viktoriya» jamoasidan), S.Banov, A.Ribalkin, A.Serebryannikov, S.Myachin 
(Toshkent-Samarqand jamoasidan), A.Kolesnikov, K.Pak, A.Jirnov, V.Petrov, 
M.Mamatyuk, F.Bavatov, D.Sultanov, S.Siddiqov, («SKIF»), A.Qosimov, 
R.Knyazev, I.Ermish («MHSK»), V.Domnidi (Qo‘qon) barcha musobaqalarda 
o‘zlarining yuqori saviyadagi mahoratlarini namoyish etganlar. Ayollar 
jamoalaridan «SKIF» (Toshkent) o‘yinchilari E.Shmitova, P.Kibardina, 
S.Ashurkova, O.Xujayeva, M.Martinenko (halqaro toifadagi sport ustalari), 
E.Shpachuk, Ye.Korchagina, S.Grigoryeva va boshqalar «O‘zbekiston sport 
ustasi» degan nomga sazovor bo‘lishdi. 


Bu borada murabbiy-mutaxassis va tashkilotchilarni ham xizmati hurmatga 
sazovordir. 
Jumladan, 
A.Kim 
(Samarqand), 
T.Abramova 
(Toshkent), 
G.Ponomarev (Toshkent), A.Asqarov (Qo‘qon), M.Domnidi (Farg‘ona), 
Yu.Kulakov (Qoraqalpog‘iston Respublikasi), A.Kazakov (Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi), L.Ayrapetyants (Toshkent) va boshqalarni alohida ta’kidlab o‘tish 
o‘rinlidir. 
Musobaqa o‘yinlarining mazmunli, qiziqarli va shu bilan bir qatorda talab 
doirasida o‘tkazishda O‘zbekiston voleybol Federatsiyasining bosh kotibi, halqaro 
toifadagi hakam L.Ayrapetyants, milliy va respublika toifasidagi hakamlar 
V.Shnurov, V.Bardin, N.Yaparov, A.Pulatov, I.Zoxidov, N.Mamajonov, 
Sh.Isroilov va shu kabi ko‘pgina mutaxassislarning xizmati katta. 
O‘zbekiston voleybolini yangicha yo‘nalishda taraqqiy ettirishda uni 
viloyatlarda «harakatga» keltirish, xorijiy davlatlarni voleybol jamoalari bilan 
aloqa bog‘lashda, ular bilan rasmiy musobaqalarni tashkil qilishda O‘zbekiston 
voleybol Federatsiyasining Prezidenti E.M.G‘aniyev hamda Federatsiyaning 
barcha a’zolari ibratli faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. 
Istiqloldan so‘ng o‘tkazilgan O‘zbekiston milliy chempionatlari va 
«Universiada» natijalari 6, 7-jadvallarda keltirilgan. 
Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, O‘zbekiston voleyboliga oid tarixiy 
lavhalar mazkur o‘yinni qanday yo‘nalishlarda shakllantirishga, uning 
ommaviyligini yanada oshirishga hamda istiqbolini ta’minlashga katta yordam 
beradi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin