1 – mavzu: Falsafaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Ontologiya – borliq falsafasi Rivojlanish falsafasi. Falsafaning asosiy qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi (Gnoseologiya) Mantiq fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni



Yüklə 149,45 Kb.
səhifə61/71
tarix18.04.2023
ölçüsü149,45 Kb.
#99800
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
Falsafa 1-mavzu

Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni. Taraqqiyotning dialektik konsepsiyasi mohiyatini yoki rivojlanish jarayonining sodir bo‘lishini, narsa va hodisalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi mexanizmini anglash lozim. Bunday murakkab jarayonni miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro o‘tish qonuni aks ettiradi. Bu qonunning mohiyati shundaki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan, uzluksiz, tadrijiy va doimiy tarzdagi miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va tub sifatiy o‘zgarishlariga olib keladi. Bu qonunning mohiyati miqdor, sifat, me’yor, uzluksizlik, sakrash kabi tushunchalar mazmuni asosida anglab olinadi.
Bizni qurshab turgan narsa va hodisalarni o‘rganar ekanmiz, ular bir-birlaridan o‘zlarining turli xusu­siyatlari bilan farqlanishlarini ko‘ramiz. Bunda ularni bir-biridan farq qildiruvchi narsa — ular­ning sifatidir.
Sifat deb, narsa va hodisalarga nisbiy barqarorlik bag‘ishlaydigan, ularning ichki muayyanligini ta’minlaydigan, bir narsa va hodisani ikkinchi nar­sa va hodisadan farq qildiradigan barcha muhim belgi va xususiyatlarning birligiga aytiladi. Sifat narsalarga xos va ularning borlig‘i bilan ayniy bo‘lgan hamda ularni muayyan aloqalar tizimidagi boshqa narsalardan farqlash imkonini beradigan o‘ziga xos xususiyatni aks ettiradi. Narsalarning sifati ularning chekliligi bilan uyg‘un bog‘liq, zero mazkur sifat yo‘q bo‘lishi bilan narsaning o‘zi ham yo‘q bo‘ladi, u boshqa narsaga aylanadi. Sifat – narsaning ichki xususiyati, predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun zarur va yetarli bo‘lgan xossalar majmui. Sifat – xossalarning oddiy majmui emas, balki ularning muayyan yaxlitlikdan o‘rin olgan va predmetning alohida mohiyat sifatida mavjudligini belgilovchi tizimidir. Predmetlarning munosabatlari va aloqalarining rang-barangligi ayni bir predmetda qarama-qarshi xossalar va sifatlar mavjudligini izohlaydi. Bir jihatdan yengil narsa boshqa bir jihatdan og‘ir bo‘ladi, bir aloqada oq narsa boshqa bir aloqada qora bo‘ladi va h.k. Masalan, suv va bug‘ bir-biridan sifat jihatidan farq qiladimi yoki miqdor jihatidanmi? Moddaning agregat holatini taqqoslaydigan bo‘lsak, suv va bug‘ sifat jihatidan farq qiladi. Taqqoslash suv va bug‘ning kimyoviy tarkibini aniqlashni nazarda tutsa, ularning o‘rtasida miqdoriy farq mavjud bo‘ladi. Ammo har qanday narsa bir jihatdan bitta sifatga va turli jihatlardan ko‘plab sifatlarga ega bo‘ladi
Xossa-predmetning jihati bo‘lib, uning boshqa predmetlardan farqi yoki ular bilan o‘xshashligini belgilaydi va ular bilan o‘zaro aloqada namoyon bo‘ladi. Xossalar muhim va ikkinchi darajali bo‘lishi mumkin. Muhim xossalar predmetning sifatini belgilaydi. Ularning yo‘qolishi mohiyatini mazkur xossalar tashkil etgan predmetning ham yo‘qolishini anglatadi. Ikkinchi darajali xossalar o‘zlashtirilishi yoki predmetning sifatini o‘zgartirmasdan yo‘qolishi mumkin. Har qanday xossa (temperatura, hajm, energiya va sh.k.) muayyan miqdor va sifatga ega bo‘ladi. Har qanday predmet o‘zining mavjudligini belgilovchi barcha xossalar majmuidir.
Miqdor-predmet muayyan xossasining namoyon bo‘lishi, intensivligi darajasi. Barcha narsalar, jarayonlar, hodisalar sifat bilan bir qatorda muayyan miqdorga ham ega. Ular muqarrar tarzda muayyan o‘lcham, hajm, massa va shu kabilar bilan tavsiflanadi. U sifat jihatidan o‘xshash xossalar yoki butunning qismlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Miqdoriy munosabatlar sifatga bog‘lanmasdan aniqlanishi mumkin. Shuningdek, miqdor turli predmetlarning ayrim umumiy xossasi sifatida, predmetlarni sifat jihatidan tenglashtiradi. Shu ma’noda miqdor sifatning ziddidir. Ammo predmetning sifat xususiyatini mavhumlashtirish sifat jihatidan har xil tuzilmalarni o‘rganishga tadqiqotning miqdoriy metodlarini jalb qilish imkonini beradi. Masalan, o‘lchash taqqoslashning o‘rganilayotgan ob’ektning miqdor ko‘rsatkichlarini aniqlovchi ayrim ko‘rinishi sifatida, sifat haqida aniqroq xulosa chiqarish imkonini beradi. Matematikada miqdoriy munosabatlar son, qiymat, funksiya, to‘plam tushunchalarida ifodalanadi. Hozirgi zamon fani matematik apparatdan foydalanib, mikrodunyoning teran qatlamlariga kiradi, Olamning cheksiz makonlarini tadqiq etadi. Matematika tabiat va jamiyatni o‘rganishning samarali vositalaridan biriga aylangan.
Har qanday predmet miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan sintezidir. Uning borlig‘i ob’ektga xos bo‘lgan muhim xossalarni saqlashni nazarda tutadi. Olamning ko‘p sifatliligi uning elementlari nisbatan barqarorligi va mustaqilligi bilan ta’minlanadi. Ammo olam, shu jumladan har qanday predmet muttasil o‘zgarishda bo‘ladi. Hech narsa boqiy emas. Butun borliq qachondir paydo bo‘lgan va qachondir halok bo‘ladi. Dunyo o‘zgaradi va ayni zamonda o‘zligini saqlab qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi.

Yüklə 149,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin