1- mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi


Umumrivojlantiruvchi va tayyorlov mashqlari



Yüklə 113,47 Kb.
səhifə26/39
tarix14.12.2023
ölçüsü113,47 Kb.
#178345
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39
portal.guldu.uz-GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI (2)

Umumrivojlantiruvchi va tayyorlov mashqlari.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar. Ularga umumiy har taraflama jismoniy rivojlanish maqsadida belgilanadigan turli jismoniy mashqlar kiradi.
Ularni oddiy mashqlar, ixtiyoriy harakatlar, muskullarni sifatiy ishlab chiqish uchun umumrivojlantiruvchi, umumtayyorlov bo‘g‘im mashqlari deb atashadi. Fikrimizcha, eng mos keladigan nom-umumrivojlantiruvchi mashqlar nomidir. Ular har taraflama jismoniy rivojlanish maqsadida belgilanadi. Buning uchun turli jismoniy mashqlar tatbiq qilinadi. O‘qituvchi kerakli mashqlarni tanla olishni va ularning sisteamiini bilishi kerak.
Tayyorlov mashqlari. Tayyorlov mashqlari umumrivojlantiruvchilardan o‘ziga xosligi bilan farqlanadi, tayyorlov mashqlari vazifasi - jismoniy xislatlarni rivojlantirish. Asosiy mashqlarga yaqin bo‘lgan tayyorlov mashqlari eng foydalidir. Masalan, og‘irlik bilan sakrash, qo‘rgoshinli kamar bilan sakrash. Ozolin hisoblaydiki, og‘irlik mashqlari nafaqat asosan boshqaruv foydasini aniqlaydigan mushaklar og‘irligini ko‘paytiradi, balki yuqori irodaviy harakatlarga bo‘lgan harakatlarni tarbiyalaydi. Ma’lum bir haraqatlarni takomillashtirish va jismoniy rivojlantirish vazifalarini bir paytda hal qiladigan mashqlar eng yaxshi tayyorlov mashqlari bo‘ladi. Tayyorlov mashqlarining katta ahamiyatini belgilagan holda ular bilan qiziqib ketishni oldini olish kerak. Bu mashqlar faqat qo‘shimcha vazifani bajaradi. Ular faqat harakatlantiruvchi ko‘nikmalar shakllanishi jarayonini engillashtiradi va asosiy mashqlar odatda vazifa bo‘lib qolib, sport-texnik natijalarni yaxshilashni to‘xtatadi. Juda katta ularning soni va vaqtni bekorga sarf etishga maqsadi asosiy mashqlardan tayyorlov mashqlariga o‘tib ketishiga olib keladi.
Dastlabki holat.
Har qanday harakatlantiruvchi harakat dastlabki holatdan boshlanadi (quyi start, bosqichning jangovor vaziyati, suzuvchining start holati va h.) Dastlabki holat ahamiyati turlicha:
1. U bo‘ladigan harakatlantiruvchi harakatga e’tiborni bir erga to‘llashga erdam beradi.
2. Tanaga ma’lum bir olatni bergan holda mashqlar ta’sirini aniqlaydi. Tana ayrim qismlari yoki ayrim mushak guruhlariga ta’sir qilish imkoniyatini beradi.
3. Dastlabki holatga harakat yo‘nalishi va amplituda bog‘liq.
4. Mashqlarni engillashtiradi. yoki aksincha jismoniy vazifalarni og‘irlashtiradi, masalan: tanani orqaga gimnastik o‘tirichda o‘tirib, qo‘llarni belda ushlab engashtirish engilroq bo‘ladi va ularni yuqoriga ko‘tarsa, og‘irroq bo‘ladi.
5. Jismoniy kuchlarning yanada samarali ko‘rinishiga yordam beradi, masalan, joydan turib uzunlikka sakrashda tana bo‘ylab uzunlikni kengaytirish imkoniyatini beradi, itarilib sakrash natijasi dastlabki holatdan yugurib kelishga bog‘liq.
Har qanday dastlabki holatda bosh holatiga alohida e’tibor berish odam tanasining o‘zgarishi va turg‘unligiga ta’sir qiladi. Boshning to‘g‘ri holati dastlabki holat hamda jismoniy mashqlarni bajarish uchun ahamiyatga ega. Dastlabki holat haqida fikr yuritilganda, odatda tana tayanchi maydoniga e’tibor berishadi (turishda to‘xta holatiga, osilib turganda qo‘llarni ushlanishiga).
Bosh holati katta ahamiyatga ega emas. Jismoniy mashqlarni bajarishda bosh holati harakat oldini oladi va harakat uchun dastlabki holat bo‘ladi.Bo‘yin tonus reflekslarining ta’siri turg‘unlik xususiyatli mashqlar hamda o‘zgarish xususiyatli mashqlarda e’tiborga olinadi. Bosh harakati holati va yo‘nalishi tana harakati kerakli turish va yo‘nalishida harakatlantiruvchi ko‘nikmalar shakllanishi jarayonini engillashtiradi.

Yüklə 113,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin