Ijtimoiylashuv — bu bizning jamiyatga qo‘shilib yashashimiz va shu jamiyatda mavjud bo‘lgan ijtimoiy tajribalarni o ‘zlashtirishimizdan iborat bo'lgan jarayondir. Bu jarayon uch bosqichdan iborat holda kechadi:
Guruh va jamoadagi guruhiy muhit
Ijtimoiy psixologik muhit deganda, o`sha guruhning a`zolari fikrlari, hissiyotlari, dunyoqarashi, ustanovkalar va o`zaro munosabatlaridan iborat bo`lgan emotsional - intellektual holatni tushunamiz. Bu o`rindagi asosiy omil a`zolarning o`zaro munosabatlaridir. Ma`lumki, o`zaro munosabatlar ish yuzasidan, faoliyat maqsadlari va mazmuni bilan hamda bevosita bir - birlarini yoktirish – yoqtirmaslikka asoslangan insoniy emotsional hissiyotlar ko`rinishida bo`lishi mumkin. Professional faoliyatni bajarish jarayonida birinchi tipli munosabatlar ustun bo`lib, ikkinchilarining xarakterlari birinchisidan kelib chiqadi. Do`stlar to`plangan davradagi muhit esa bevosita simpatiyalarga tayanadi. Jamiyatdagi barcha nizolar, muammolarning echish usullaridan biri insonlar o`rtasidagi munosabatlarni o`rganish va shunga ko`ra jamiyatdagi o`zgarishlarni amalga oshirishdir.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 1. Guruhda shaxslararo munosabatlar
2. Shaxs shakllanishida guruh ta’siri?
3. Ijtimoiylashuvning guruhni shakllantirishdagi o’rni ?
4. Jamoadagi guruhiy muhit?
MAVZU DAVOMI; GURUH TUZISHNING DETERMINANTLARI 1. Guruh tuzishning detirminantlari
2. Sotsial fikr va sotsial kayfiyat
3.Katta sotsial guruhlar psixologiyasining emotsional tomonini sotsial fikr va sotsial kayfiyat shakllanishidagi ahamiyati
Tayanch tushunchalar:Shaxs, biologik omil, sotsialogik omil, me’yor, ijtimoiy me’yor, me’yor turlari, usanovka Shartli guruhlar. Tadqiqotchi tomonidan ma`lum belgilar asosida kishilarni birlashtirib guruh tuzishga shartli guruh deyiladi. Masalan: bir xil kasbi bo`yicha, bir xil yoshi bo`yicha, jinsi bo`yicha shartli guruh tuzish mumkin. 15 yoshli o`smirlar guruhi, 5 yoshlilar bog`cha guruhi kabilar. Shartli guruhga kirgan kishilar bir birlarini mutlaqo ko`rmasliklari, bir birlarini mutlaqo tanimasliklarimumkin. Millatiga ko`ra O`zbekistonda yashaydigan 18 yoshli qizlar guruhi deb tuzish mumkin. Shartli guruhlarni katta guruhlarga kiritiladi. Masalan:
o`zbeklar guruhi, sotuvchilar guruhi, banditlar guruhi, qizlar, o`g`il bolalar guruhi va h.k.
2. Real guruhlar deb, bir jamiyatda yashab, kishilar bilan haqiqiy, real munosabatga kirishish yo`li bilan tuzilgan guruhga aytiladi. Masalan: yoshlar
jamoa guruhi, bolalar guruhi (bir maktab doirasida) sinflar, talabalar guruhi.
NamDUning fizika fakul’teti 3 - kurs talabalari guruhi real guruhdir. Demak real guruhga kiradigan kishilar doimo bir - biri bilan munosabatda bo`lib, bir biriga yordam beradi. Bizga ma`lumki, odamni mehnat yaratgan, shuning uchun kishilarning 1 - guruhlari mehnat guruhlari bo`ladi.
Masalan: oila mehnat guruhiga kiradi. Ibtidoiy jamiyatda yashagan qabilani guruhlarga kiritish mumkin.
Guruhlarning eng kattasi - bu butun insoniyatdir.
3. Referent guruh - shaxs shartli va real guruhdagi kishilarning so`zlariga kirmasligi mumkin. Shaxsning o`z referent guruhi ham bo`ladi, bu kompaniya bo`lishi mumkin. Referent guruhdagi kishilar shaxsga har tomonlama yoqadi, ularni hurmat qiladi, gaplariga quloq soladi. Masalan: bola ota - onasining so`ziga kirmasligi, maktabda o`qituvchining gapiga kirmasligi mumkin. Ammo u referent guruhdagi boshliqning gapiga so`zsiz itoat qiladi. Shuning uchun tarbiyachi,
ota - ona agar bolani tarbiyalay olmasalar, uning referent guruhini aniqlab, shu guruhning sardoriorqali ta`sir etishlari mumkin.Odatda guruhlar tasodifan to`planib qolgan kishilardan ham tashqil topishi mumkin. Masalan: poezd kupesida, avtobusda uzoq safarga ketayotgan kishilar, kasalxonada yoki sanatoriyada davolanayotgan kishilar guruh bo`lishi mumkin. Bunday guruhlar norasmiy guruh deyiladi. Rasmiy guruhga talabalao`quvchilar guruhlari kiradi. Chunki rasmiy guruhlar buyruqlar asosida tuziladi.
Pedagog yoki tarbiyachi o`z ishida faqat birgina o`quvchining o`zi bilan emas, balki turli guruh va jamoalar bilan munosabatda bo`ladi. Shuning uchun dastlab u o`zi bilan bolalar o`rtasida guruh yoki jamoa tuzib olishi kerak. Guruh deb, ikki yoki undan ortiq kishilar uyushmasiga aytiladi. Masalan, o`quvchilar guruhi, sinfda qandaydir boshliq atrofiga to`plangan bolalar guruhi.
Har bir kishi qaerda yashamasin, baribir qandaydir guruh yoki jamoa orasida yashaydi, ular bilan muloqot qiladi. Guruh va jamoalar doimo o`zgarib turadi. Shaxs ana shu guruh yoki jamoaga moslashib yashashi kerak. Guruh va jamoadagi munosabatlarni ijtimoiy psixologiya o`rganadi. Guruhning eng yuksak shakli jamoadir. Har qanday jamoa umumiy maqsad asosida tarkib topadi. Har qanday uyushgan guruh jamoa bo`la olmaydi. Masalan, banditlar shaykasi, jinoyatchilar to`dasini jamoa deb bo`lmaydi. Chunki ularning maqsadi faqat o`zlarining ehtiyojini qondirish, shaxsiy boylik orttirishdir. Ular ichki manfaatidan tashqariga chiqa olmaydi. Haqiqiy jamoa a`zolari jamiyat rivoji, o`z xalqining moddiy hayot farovonligini oshirish maqsadida harakat qiladilar. Masalan, oila, o`qituvchilar jamoasi, tadbirkorlar uyushmasi, olimalar va psixologlar uyushmasi kabilarni jamoa deyish mumkin. Jamoadagi kishilar umuminsoniy maqsad yo`lida xizmat qiladilar. Demak, jamoa deb umumiy maqsadlari asosida birlashgan, jamiyatning bir qismi hisoblangan va ana shu jamiyat maqsadlariga to`la buysungan kishilar guruhiga aytiladi. Ushinskiy K. D. , Leont`ev A.N, Anan’ev B. G, Kovalev A. G. kabilarning ishlari shaxs va jamoaning tarkib topishiga qaratilgan.
Har qanday jamoaning maqsadlari shu jamoaning o`z ichida cheklanmay, jamoa doirasidan chetga chiqishi kerak. Sнunda jamoa a`zolarining javobgarlik hissi ortadi. Har bir jamoa o`zidan katta bir jamoaning bir qismidir. Masalan: 1 - kurs talabalar jamoasi fakul’tet jamoasining, fakul’tet jamoasi esa universitet jamoasining bir qismidir. Jamoa va shaxs. Jamoachilik shaxsning xislati sifatida odamning jamiyat taraqqiyoti maqsadlari bilan birdamligining ifodasidir. Bu ijtimoiy birdamlik mehnatda namoyon bo`ladi va mehnatning tarkibiga quyidagilar kiradi: mehnat va ijtimoiy faollik, javobgarlik va burch hissi, butun jamiyat va jamoa maqsadlari manfaati nuqtai nazaridan o`rtoqlarcha o`zaro yordam hamda o`ziga va o`zgalarga nisbatan talabchanlik. Kishi shaxs sifatida tug`ilmaydi, balki boshqa kishilar bilan munosabatlardagina shaxsga aylanadi. Shaxs deb, jamiyatda faoliyatda bo`ladigan, yuksak ongga ega bo`lgan kishiga aytiladi. Agar yasli yoshidagi bolalar kattalar bilan munosabatda bo`lmasalar, ular shaxs sifatida shakllanmaydi. Shaxs ong egasi bo`lgan odamdir, ong esa faqat tabiiy hodisalar olaminigina aks ettirib qolmay, balki shaxs insoniyat tajribasi asosida to`plangan narsalar bilan munosabatda bo`ladigan ijtimoiy ong mahsulotlarini ham aks ettiradi. Maktab o`quvchisi shaxsining tarkib topishi jamoada amalga oshadi. Bola avval o`zi haqida uchinchi shaxs tilidan gapiradi. Masalan: “Sardorni o`ynagisi kelyapti”. Bola jamoadagi bolalar bilan bo`lgan tengdoshlari bolani yaxshi yoki yomonsan deganlarida bola o`z-o`ziga baho berishni o`rganadi. Mana shu tariqa tanqidni tushunishdan o`z - o`zini tanqid qilish yuzaga kela boshlaydi.
Odamzotning yashash sharoiti, boshqacha qilib aytganda uni
o’rab turgan ijtimoiy muhitning doimo o‘zgarib borishi qonuniy
bir jarayondir, shunday ekan, shaxs muammosi va uni o‘rganish
barcha fanlar qatori ijtimoiy psixologiya uchun ham hamisha
dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolaveradi. Muammolar qanchalik bir-biriga o‘xshash bo‘lmasin, ular har gal boshqacha tarixiy sharoitda, o‘zgargan ijtimoiy muhitda yashovchi, binobarin, o‘zgacha tafakkur tarziga ega bo‘lgan
dunyoni boshqacha his etuvchi va tushunuvchi insonning muammolari bo‘lib qolaveradi. Shaxs biologik tur bo‘lishi bilan bir vaqtning o‘zida muayyan
tarixiy davr va ma’lum mamlakatdagi ijtimoiy muhitning ham farzandi hisoblanadi. Shaxsning qaysi tarixiy davrda, qaysi ijtimoiy
muhitda yashashiga qarab uning fe’l-atvorida jiddiy o‘zgarishlar
bo‘ladi. Shaxsning fe’l-atvori, xatti-harakatida tug‘ma (irsiy) xususiyatlar mavjud ekanligini ijtimoiy nazariya tarafdorlari ham tan olishadi, lekin ularning fikriga ko‘ra shaxsdagi bu xususiyatlar asosan muayyan ijtimoiy muhitda (oila, o‘quv va mehnat jamoasi, davr ruhi, davlat tuzilishi, kasbiy va ijodiy uyushmalar va h.k.)
hamda mehnat, til, nutq, tarbiya, tajriba orqali o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi. Shaxs va jamiyatning shakllanishi hamda tarixiy takomilida ijtimoiy mehnat, nutq va tafakkur tarzining o‘zgarishi, oilanikoh munosabatlari takomillashishining ham ahamiyati katta bo‘lgan. Shaxsdagi tabiiylik va ijtimoiylik o‘rtasidagi aloqadorliklarda ijtimoiylik mayllarining yetakchi bo‘la borishi odamning insonga, ya’ni jamiyatlashgan mavjudodga aylanib borishini ta’minlaydi. Genetik jihatdan chegaralangan tabiiy omillarga ijtimoiylik
katta ta’sir ko‘rsatishi natijasida odam hayotining davomiyligi
ham uzayib boradi. Biologik jihatdan mehnat qila olish imkonini
beruvchi tana tuzilishiga ega boigan odam shaxsga — ijtimoiy
muhit ta’siri ostida rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar
bilan munosabatga kirishuvchi, voqelikni biluvchi hamda aktiv
o‘zgartiruvchi subyektga aylanib boradi. Shaxsning inson jinsiga
mansublik nazariyasi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsga aylanadi. Shaxsning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish jarayoni odamning boshqalar bilan o‘zaro munosabati jarayonida amalga oshadi va uning «ichki dunyosi» shakllanishiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Shaxsda aktiv faollik bo‘lishi uning uchun xarakterli bo‘lgan xulqatvor motivlarida, ko‘rsatmalarida va ularga amal qilish usullarida
namoyon bo‘ladi. Shaxs avvalo o‘zining qadr-qimmati va kamchiliklari bilan
jamiyat hayotida faol qatnashganligi hamda ta’lim-tarbiya natijasida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlari bilan paydo boigan konkret tirik odamdir.
Shaxsning faolligi uning o‘z hayoti uchun yo‘l tanlashida, bu
yo‘lni egallashida, hatto o‘z mavqei va o‘rnini anglashida ifodalanadi. Inson shaxsining eng xarakterli tomonlaridan biri uning
individualligidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament,
psixik protsesslarning o‘sib borishi xususiyatlari, hukmron hissiyotlar yig‘indisi, faoliyat motivlari va tarkib topgan qobiliyatlar kiradi.
Shaxs tuzilishining o'zgarishi psixologlar tomonidan aniqlangan bo‘lsa-da, bu o‘zgarishlar odamning yashash sharoiti va faoliyatida yuzaga keladigan o‘zgarishlarning natijasi bo‘lib, avvalo ijtimoiy tarbiya bilan bog‘liqdir.
Psixologiyada shaxs shakllanishiga doir bir qator nazariyalar
mavjud bo‘lib, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtayi
nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritadi. Ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik,
psixo-analitik, bixevioristik va shu kabi bir necha nazariyalarni
misol qilib keltirishimiz mumkin. Quyida mazkur nazariyalar va ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz. Biogenetik nazariyada shaxsning biologik taraqqiyoti bosh
omil sifatida qabul qilingan va qolgan jarayonlarning rivojlanishi
ixtiyoriy holatda ana shu omil bilan o‘zaro bogliqlikda kechadi.
Mazkur nazariyaga ko‘ra shaxs shakllanishining asosida biologik
determinantlar yo'tadi va ijtimoiy-psixologik xususiyatlar ham
ularga bog‘liq ravishda rivojlanadi. Biogenetik nazariya tarafdorlarining shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar borasidagi qarashlari «Umumiy psixologiya» va «Yosh davrlari psixologiyasi» darsliklarida yoritilganligini, qolaversa ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy omillarning roli haqida gapirish o‘rinli bo‘lishini hisobga
olib sotsiogenetik nazariya haqida ma’lumotlarni beramiz.
Biogenetik nazariyaning qarama-qarshi ko‘rinishi sotsiogenetik
nazariyadir. Bu nazariyada shaxsda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni
jamiyat strukturasi, ijtimoiylashish (sotsializatsiya) usullari,
atrofdagi odamlar bilan o‘zaro munosabat vositalari asosida tushuntiriladi.
ijtimoiylashish nazariyasiga ko‘ra inson biologik tur sifatida
tug‘ilib, hayotdagi ijtimoiy shart-sharoitlarning bevosita ta’siri ostida shaxsga aylanishi ta’kidlangan. Ijtimoiy yo‘nalishdagi nazariyaiardan biri sifatida g‘arbda yuzaga kelgan eng muhim nazariyalaridan biri — rollar nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra jamiyat o'zining har bir a’zosiga status (haq-huquq) deb nomlangan xatti-harakatlarning barqaror usullari majmuasi yaratgan bo‘lib,
bunda inson ijtimoiy muhitda bajarishi shart bo‘lgan maxsus rollari orqali jamiyatda namoyon etayotgan xulq-atvori va boshqalar
bilan munosabatida uning qanday shaxs ekanligi yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Ijtimoiy yo‘nalishdagi nazariyalardan biri sifatida AQSHda individual tajriba va shaxs ijtimoiylashuvida bilimlarni o‘zlashtirish
(ko‘nikish) nazariyasi keng tarqalgan bo‘lib, mazkur nazariyaga binoan, shaxsning hayoti va atrof-muhitdagi voqelikka bo‘lgan munosabati, koiiikmalarni egallashi va olgan bilimlarini o‘zlashtirishi ta’sir etuvchi omillarning barqarorligiga bog'liqligi aytib o‘tilgan. Yuqorida keltirilgan nazariyalarda inson hayotining ijtimoiytarixiy, obyektiv shart sharoitlari haqida batafsil ma’lumotlar berilmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Sotsiogenetik nazariya shaxs taraqqiyotini uning atrofidagi ijtimoiy muhitning bevosita ta’siri natijasi deb hisoblaydi. Sotsiogenetiklarning fikricha, odam «ijtimoiy muhitning nusxasidir». Sotsiogenetiklar ham biogenetiklar singari rivojlanayotgan odamning shaxsiy aktivligini inkor qiladilar. Odamni faqat atrofdagi muhitga moslashadigan, passiv rol o‘ynaydigan mavjudod deb ataydilar. Shaxs taraqqiyotining qonuniyatlarini tushunishda biogenetik nazariyaga ham, sotsiogenetik nazariyaga ham
asoslanib bo‘lmaydi. Chet el psixologi K. Markning so‘zi bilan aytganda, inson
shaxsining mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidan iboratligiga e’tiroz bildirib bolmaydi. Shaxs ijtimoiy mavjudod bo‘lish bilan birga, o‘zida tabiiy, biologik tuzilish belgilarini saqlab qoladi.
Jamiyat odamni juda ko‘p jihatdan cheklab qo‘yadi, uning instinktlari va mayllarini «senzuradan» o‘tkazadi. Natijada odam o‘zini qo‘lga olishga, yoi qo‘yib bo‘lmaydigan xatoliklarni qilmaslikka, o‘zining hissiy kechinmalarini tormozlashga majbur bo‘ladi. Shaxsning muhitga bog'liqligi birinchi o‘ringa qo'yiladi. Bunda shaxs muhit orqali avtomatik ravishda belgilanadigan, ijtimoiy muhitning oddiy funksiyasi sifatida yuzaga chiqadi. Muhit
shaxsga o‘zining eng muhim sifatlarini ko‘chiradi. Ular shaxs aktivligining formalariga aylanadi. Psixologiyada shaxs shakllanishiga oid nazariyalardan biri
— psixogenetik yondashuv bo‘lib, u biogenetik va sotsiogenetik
omillarni kamsitmagan holda, shaxs psixik jarayonlarining rivojlanishini birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tadi.
Ijtimoiy ustanovkaning shaxs xulq-atvorida namoyon bo‘lishi Ijtimoiy ustanovka shaxsning jamiyatdagi xulq-atvorini tushuntirib berish usuli sifatida xizmat qiladi. Ijtimoiy ustanovka muammosi — ijtimoiy psixologiyaning eng muhim muammolaridan biri sifatida ko‘rilar ekan, ustanovkaning shaxs xulq-atvorida namoyon boiishi masalasi ham ba’zi tadqiqotchilar tomonidan
tahlil etilgan va quyidagi xulosalarga kelingan. Ustanovka shaxsning xulq-atvorini belgilab beradi, agarda:
• boshqa ta’sirlar kamaytirilgan bo‘lsa;
• ustanovka xatti-harakatga mos kelsa;
• ustanovka kuchli bo‘lsa;
• ustanovka onggacha yetkazib borilsa.
Ijtimoiy ustanovka tushunchasi ma’lum bir darajada xulqatvor motivining tanlovini ham izohlab beradi. Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanm agan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Masalan, bir talabaga qaysidir o‘qituvchining dars o‘tishi yoqadi, u nim a uchun shu o‘qituvchining dars o‘tishi yoqishini tushunmagan holda o‘qituvchining keyingi darslari ham «menga yoqadi» degan tasavvurda bo‘ladi. Shu m a’noda olib qaralganda, ijtimoiy
ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosabatlarga o‘xshaydi.
Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy
ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy m a’no
ham, baholar sistemasi ham, bilim lar ham o‘z ifodasini. topadi. Ya’ni, ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy obyektlarga nisbatan munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu obyektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda m a’lum tarzda idrok qilishga tayyorgarlik holatidir.
1964-yil Lion Festinger (ijtimoiy psixologiya asoschilaridan
biri) quyidagi xulosaga keldi: «ustanovkalarning o‘zgarishi xulqatvorning o‘zgarishiga olib kelishi mumkinligi aniqlanmadi, aksincha, bizning xulq atvorimiz bu otlar, ustanovkalar esa arava». Robert Eybelson shunday deydi: «biz har qanday harakatimizni o‘zimizni oqlagan holda asoslab berishimiz mumkin, biroq isbot
talab qilinadigan harakatlarni yaxshi bajara olmaymiz».
1969-yilda ijtimoiy psixolog Allan Uiker o‘zi o‘tkazgan
tadqiqotlari asosida: «kishilarning o‘zlari o‘ylab topgan
ustanovkalariga qarab, ularning xulq-atvorini oldindan aytib
bo‘lmaydi», degan hayron qolarli xulosaga keldi. Masalan: talabaning yolg‘onga bo‘lgan munosabati bilan uning real hayotda boshqalarni aldashi mumkinligi o‘rtasida deyarli bog‘liqlik bo‘lmaydi yoki faqat yakshanba kunlari masjidga borib turish bilan masjidga bo‘lgan munosabat o‘rtasida nisbiy bog‘liqlik
bo‘lishi mumkin. V.G. Kriskoning fikricha «har qanday ustanovkalar ong ostidan
chiqadi va shuning uchun ularning to‘g‘ri yo‘l bilan kelishishlari
juda qiyin». Ustanovkalar bilan harakatlar o‘rtasidagi bo‘linishni Daniel Betson va uning kasbdoshlari «o‘ziga axloqiy bino qo‘yish»,
ya’ni o‘zida bo‘lmagan axloqiy xususiyatlarni egallashga bo‘lgan
harakatlardir, deb ta’riflaydi. Universitet talabalariga ikkita topshiriq berildi, agar topshiriqning birinchisi to‘g‘ri bajarilsa 30 dollar mukofot berilishi, ikkinchisi uchun hech narsa berilmasligi aytiladi va talabalarga ikkalasidan bittasini tanlashlari taklif qilinadi. 20 ta talabadan bittasigina «pul to‘lanadigan topshiriq»ni
olish kerak, degan fikrni rad etadi, 80% talaba esa aksincha yo‘l
tutadi. Bundan kelib chiqadiki, moddiy manfaatdorlik har doim
ustun turishi mumkin ekan.