1- mavzu: Kompyuter kommunikasiyalari: kommunikasion kanal va aloqa prosessori, axborot uzatish muhiti



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə11/29
tarix16.08.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#139599
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
35549 kt MARUZA

Radial topologiyali tarmoqning asosini server tashkil etadi, unga ishchi stanciyalarning har biri o’zining aloqa liniyasi bo’yicha ulanadi. Barcha, ma’lumot markaziy uzel orqali uzatiladi, u tarmoqdagi ma’lumot oqimlarini retranslyaciya qiladi, qayta ulaydi va marshrutlaydi.
Bunday tarmoq o’zining tuzilishi bo’yicha, aslini olganda, teleqayta ishlash tizimiga o’xshash bo’ladi, unda hamma abonent punktlari intellektual bo’ladi (o’zining tarkibiga EHM ni oladi).
Bunday tarmoqning kamchiliklari sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
• markaziy apparaturaning yuqori yuklanganligi;
• markaziy apparatura ishdan chiqqanda tarmoq ishga yaroqligini butunlay yo’qotishi;
• aloqa liniyasining juda cho’zilib ketganligi;
• ma’lumotni uzatish yo’lini tanlashda moslashuvchanlikning yo’qligi.
Radial tarmoqlar ochiqdan ochiq ifodalangan markaziy boshkariladigan ofislarda ishlatiladi.
Umumiy holda ko’p aloqali hisoblash tarmog’ining topologiyasini quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin.
Tarmoq strukturasi kommunikatsiyali va abonentli qism tarmoqlariga ajratiladi.


Nazorat savolari:

1. Kompyuterlarning tarmoqlari deganda nimani tushunasiz?


2. Mintaqaviy tarmoqlarning xususiyatlari haqida ma’lumot bering?
3. Global tarmoqlarning xususiyatlari haqida ma’lumot bering?
4. Lokal tarmoqlarning xususiyatlari haqida ma’lumot bering?


5-Mavzu: Ma’lumotlarni almashish jarayonlarining xarakteristikasi, ma’lumotlar almashinuvining apparat ta’minoti




Dars maqsadi: Talabalarga ma’lumotlarni almashish jarayonlarining xarakteristikasi, ma’lumotlar almashinuvining apparat ta’minoti to’g’risida bilim berish.


Reja:
1. Ma’lumotlarni almashish jarayonlarining xarakteristikasi.
2. Ma’lumotlar almashinuvining apparat ta’minoti.

Firma rivojlanishining aniq bir bosqichida yaratilgan lokal hisoblash tarmog’i vaqt o’tishi bilan barcha foydalanuvchilarning talablarini qondira olmaydi va uning funkcional imkniyatlarini va u qamrab olgan hududni kengaytirish talabi paydo bo’ladi.


Firmani eng turli bo’limlarida va filiallarida turli vaqtlarda paydo bo’lgan turli xil LXT larini firma ichida birlashtirish zarurati paydo bo’lishi mumkin. Bunday birlashtirish hech bo’lmaganda boshqa tizimlar bilan qiymatlar almashishni tashkil etish uchun ba’zida kerakdir.
Kerakli ma’lumot resurslariga chiqishga bo’lgan intilish LEDG ni yuqog’iroq darajadagi tarmoqlarga ulashni talab etishi mumkin.
Tarmoqlarni bir-biri bilan o’zaro ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatida takrorlagichlar, ko’priklar, marshrutlovchi va shlyuzlar ishlatiladi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin