1- mavzu: Qadimgi turkiy til predmeti, maqsad va vazifalari
Qadimgi turkiy yozuvlar
Reja:
1. Kirish
2.Oltoy davri tili
3. Xun davri tili
4.Turkiy yozuvlar tarixi.
Qadimgi turkiy til davri barcha turkiy urug„ va qabilalarning
umumiy tili sifatida
VII-XIII asrlarni o„z ichiga oladi. Qadimgi turkiy til o„zining kelib chiqishi va
rivojlanishi jihatidan oltoy va xun tili davrlari bilan uzviy ravishda bog„langan. Bu davr
tili haqida B.Ya.Vladimirtsov quyidagi fikrlarni bayon qiladi: «…mo„g„ul tili turk va
tungus tillari bilan birga o„zlarining bir umumiy ajdodiga ega bo„lganki, uni shartli
ravishda oltoy tili deb atash mumkin. Oltoy tili hozircha ma‟lum emas, ya‟ni
oltoy
tilining rivojlanishi jarayonida tashkil topgan mo„g„ul, turk, tungus tillari ma‟lum. Bu
davr turkiy tillar taraqqiyotining birinchi, eng qadimgi bosqichi bo„lib, fanda u oltoy til
birligi nomi bilan yuritiladi. Bu davrda hali turkiy tillar mo„g„ul tillaridan mo„g„ul tillari
esa, o„z navbatida, tungus-manchjur tillaridan ajralib chiqmagan edi, ular bir til birligi
sifatida qo„llanar edi.
Shunday qilib, qandaydir eng qadimgi tilning bo„lganligi taxmin
qilinadi. Bu tilga xos umumiy leksik, fonetik va grammatik belgi-xususiyatlar esa hozirgi
mo„g„ul, turkiy va tungus-manchjur tillarida saqlanib qolgan».
Oltoy davrining xarakteri, bu davrda yashagan xalklar va ularning tili haqida aniq
ma‟lumotlar beruvchi tarixiy yodgorliklar yo„q. Bu davr tilining ayrim xususiyatlari
qadimgi o„lik tillarning eng qadimgi belgilari bilan hozirgi jonli
tillarni tarixiy-qiyosiy
usul asosida qiyoslab o„rganish orqali taxminiy ravishda aniqlanishi mumkin. Tarixiy
taraqqiyot jarayonida tillarning qo„shilishi, ajralib ketishi natijasida oltoy davrining
oxirlarida bu tillar tabaqalanadi va ikkita katta til guruhlariga bo„linadi, ya‟ni tungus-
manchjur va turk-mo„g„ul tillar guruhlari ajralib chiqadi. O„z navbatida ijtimoiy-siyosiy
munosabatlarning o„sishi, ajralib chiqishi, farqlanish jarayonining davom
etishi asosida
bu tillarning har qaysisi asta-sekin o„ziga xos leksik, fonetik va grammatik
xususiyatlarga ega bo„lib boradi. Buning natijasida xun davrining oxirlarida turk-mo„g„ul
til birligidan turk tillari va mo„g„ul tillari ajralib chiqadi.
Turkiy tillarning eng qadimgi davrlardagi taraqqiyotining ikkinchi bosqichi xun
davri hisoblanadi (eramizgacha III asrdan eramizning IV asrigacha). Bu davrda Markaziy
Osiyodan Sharqiy Evropagacha bo„lgan katta hududda qudratli Xun imperiyasi tuziladi.
Bu imperiya juda ko„p turk-mo„g„ul, tungus-manchjur va boshqa qabilalarni birlashtiradi.
Eramizning I asri oxirlarida o„zaro ichki urushlar natijasida Xun davlati ikki qismga –
G„arbiy xun va Sharqiy xun davlatlariga bo„linadi. Keyincha bular asosida g„arb va
sharqda turklar boshchiligida bir qancha qabila ittifoqlari mustahkamlanishi ko„p jihatdan
turkiy qabilalar va tillarning rivojlanishiga katta ta‟sir qiladi,
ular umumiy belgilarini
saqlagan holda, asta-sekin o„zlariga xos xususiyatlarni ham hosil qila boshlaydilar,
natijada bu barcha turkiy tillarning ikki guruhga – sharqiy va g„arbiy turkiy tillarga
bo„linishiga olib keladi. Bu davrdagi turkiy tillarning xususiyatini ko„rsatuvchi tarixiy
manbalar yo„q. V.V.Bartolьd chuvash tili bo„yicha
tadqiqotlariga asoslanib, xun
davridagi til chuvash tili bilan umumiylikka ega bo„lgan, buni venger tilidagi turkiy
unsurlarning chuvash unsurlari bilan o„xshashligi ham tasdiqlaydi, degan fikrni ilgari
suradi.
Xun davrida turlicha turk, mo„g„ul, tungus-manchjur qabilalari tillarining o„zaro bir-
biriga ta‟sir qilishi, qo„shilishi, chatishib ketishi va qayta tashkil topishi jarayonida o„sha
vaqtda Markaziy va O„rta Osiyoda hamda Sharqiy Evropada yashagan qadimgi eroniy,
xitoy, sanskrit va slavyan qabilalari tillarining ishtiroki ham bo„lgan.
Xun davrida turkiy tillar ham ko„pgina urug„ va qabilalarning tillari sifatida mavjud
edi va ularga xizmat qilar edi.
Bu davrda ularning
r-l
tillari (qadimgi avar, bulg„or va
hozirgi chuvashlarning o„tmishdoshi) hamda
z-sh
tillariga (qadimgi o„g„uz, qirg„iz,
qarluq va qipchoqlar) ajralishi davom etardi. Fonetik qurilish va leksikadagi
-s/z
va
l-sh/j
tarzida moslashish hodisasining qoldiqlarini hozirgi oltoy va bir qator turkiy tillarda
uchratish mumkin:
r-s/z, bas-bormoq
va
bir-bormoq
;
kөz va kөr
(ko„rmoq),
l-sh/j; besh
va
belek-tirsak
(chuvashcha
pilek-besh
),
bïsh-bulg‘a
-
aralashtirmoq
kabi. Shu bilan birga,
bu davrda mayda-mayda turkiy qabilalarning tabaqalanishi va bir-biriga qo„shilishi,
birlashishi jarayoni ham davom etar edi.