1 – mavzu: Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Til sistemasining ichki tuzilish xususiyati. Fonetika va fonologiyaga oid g‘oyalar. Rus va chet el fonologik maktablari. O‘zbek (rus) tilshunosligida fonetika va fonologiya



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə10/18
tarix18.09.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#144990
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
1 – mavzu Tilning sistema ekanligi. Sistema va struktura. Til s (1)

Birinchi fikrga ko‘ra, fonologiya fonetikaning o‘zi emas, chunki fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o‘rganadi: nutq tovushlari haqidagi ta'limot (fonetika) aniq fizik hodisalarni, til tovushlari haqidagi talimot (fonologiya) esa shu tovushlarning lisoniy-vazifaviy xususuyatlarini tadqiq qiladi, shunga ko‘ra ularning tadqiqot metodlari ham har xil: fonetika tabiiy fanlarning tadqiqot metodlariga, fonologiya esa lingvistik tadqiqot metodlariga asoslanadi .

  • Birinchi fikrga ko‘ra, fonologiya fonetikaning o‘zi emas, chunki fonetika nutq tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o‘rganadi: nutq tovushlari haqidagi ta'limot (fonetika) aniq fizik hodisalarni, til tovushlari haqidagi talimot (fonologiya) esa shu tovushlarning lisoniy-vazifaviy xususuyatlarini tadqiq qiladi, shunga ko‘ra ularning tadqiqot metodlari ham har xil: fonetika tabiiy fanlarning tadqiqot metodlariga, fonologiya esa lingvistik tadqiqot metodlariga asoslanadi .
  • Ikkinchi fikrga ko‘ra fonologiyani fonetikadan ajratib bo‘lmaydi, chunki muayyan tilning fonemalari tizimini, bu tizimdagi har bir fonemaning "semantizatsiyalashgan" (fonologizatsiyalashgan) belgilarini shu tilning konkret talaffuz xususyatlarini o‘rganmasdan tadqiq qilib bo‘lmaydi . Demak, fonologiya aslida fonetikaning o‘zi, faqat uning yuqori bosqichi, xolos.
  • Ma'lumki, fonetikada tovush va bo‘g‘in segment birliklar, urg‘u va intonatsiya (ohang) esa supersegment birikmalar tarzida tavsiflanadi. Fonologiyada bu birliklar lisoniy-vazifaviy xususiyat taqozosi bilan fonema (tovush), sillabema (bo‘g‘in), aksentema (urg‘u) va intonema (intonatsiya, ohang) deb nomlanadi, fonologiyaning o‘zi esa segmental fonologiya va supersegmental fonologiya kabi ikki turga ajratiladi .
  • Segmental fonologiyaning asosiy predmeti fonemadir, shunga ko‘ra u fonematika, fonemika nomlari bilan ham aytiladi.
  • Supersegmental fonologiyaning predmeti esa sillabema, aksentema va intonemadir, shunga ko‘ra u prosodiya (yoki prosidika) deb ham yuritiladi .
  • Fonologiyaning xulosalari fonetikaning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va perseptiv aspektlarida to‘plangan tajriba va ma'lumotlariga asoslanadi. Bu hol ham fonologiya bilan akustik fonetika, artikulyasion fonetika va perseptiv fonetika o‘rtasida uzviy aloqa borligidan dalolat beradi.
  • O‘zbek tilshinosligida fonologiya XX asrning 60-yillarida shakllana boshlangan bo‘lsa-da, unga so‘nggi 20-30 yil ichida e'tibor kuchaydi: "O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi" (Nurmonov A.N.,1990), "O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi" (Abduazizov A.,1992), "Umumiy tilshunoslik" (Baskakov N.A., Sodiqov, A.S., Abduazizov A.,1979), "O‘zbek tilida lisoniy birliklarning invariant-variant munosabati (fonologik sath)", nomzodlik dissertatsiyasi (Nabiyeva Dilora Abduhamidovna, 1998), "O‘zbek tilida paradigma a'zolari o‘rtasidagi zidlanishlarning mo‘'tadillashuvi (fonologik sath)" , nomzodlik dissertatsiyasi (Nurmonova Dilfuza Abduhamidovna, 1998) kabi ishlarning yuzaga kelganligi fikrimizning isbotidir.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin