Harf bilan tovushning qorishtirilishi Yevropada Yunon - Rim tilshunoslari asarlarida ham kuzatiladi. Masalan , IV asrda yashagan Prissiananing grammatikasida harfga oid terminlar tovushga nisbatan qo‘llanadi. Bunday qorishtirilish XIX asrgacha davom etadi. Taniqli olim, qiyosiy - tarixiy tilshunoslikning asoschilaridan biri bo‘lgan Yakob Grimmning 1819 yilda yoczilgan " Nemis grammatikasi " ( " Deutsche Grammatik ", I. G?ttingen ,1819 ) kitobining birinchi qismi " Von den Buchstaben " ( " Harflar xususida " ) deb nomlanganligi ham shundan guvohlik beradi. Yosh grammatikachilar (mladogrammatika-chilar) tillarning qadimgi tovush tizimlarini qayta tiklash va bu tizimlarning keyingi taraqqiyot qonunlarini aniqlash ishlarida qadimgi yozma yodgorliklarning harflariga tayanib ish ko‘rgan. Bu ham yuqoridagi fikrimizning isbotidir.

I. A. Boduen de Kurtenening fonetika va fonologiyaga oid qarashlari
5 - §. I.A. Boduen de Kurtene o‘zining 1870 yilda yozgan "XIV asrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida" ( "O drevnepol'skom yazo‘ke do XIV stoletiya " ) nomli magistrlik dissertatsiyasida fonetikaning ikkita vazifasi borligini alohida ta'kidlaydi :
1 - vazifa - tovushning fizik tabiatini o‘rganish . Bu vazifa fonetikaning akustik va fiziologik aspektlarini tashkil qiladi ;
2 - vazifa - tovushlarning til mexanizmidagi rolini , xalqning sezishi , his etishida tovushlarning ahamiyatini o‘rganish . Bunda tilning eng kichik ( minimal ) birligi haqidagi tushunchaga asos solinadi . Keyinroq ( 1881yilda ) bu birlik I.A. Boduen de Kurtene va uning shogirdi N. Krushevskiy tomonidan fonema deb nomlana- di . Shundan boshlab , fanda harf bilan tovushnigina emas , balki tovush ( fon ) bilan fonemani ham qat'iy farqlash lozimligi ma'lum bo‘ladi .