1 – variant. Psixologiya fani nimani o’rganadi?



Yüklə 33,18 Kb.
səhifə4/9
tarix23.03.2023
ölçüsü33,18 Kb.
#89277
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 - курслар учун тест

19. …… yuksak darajada tashkil topgan materi, ya’ni miyaning xossasi bulib, bu xossa ob’ektiv borlikni, sub’ektiv aks ettirishdan iborat. Nuqtalar o’rniga kerakli so’zni qo’ying?
A)Faoliyat
B) Psixika
C)Ong
D)Xulq-atvor

20. Psixika kim va nimalarga xosdir?
A) Ham inson, ham hayvonlarga
B)Hayvonlarga
C)Faqat insonga
D)Inson, hayvon, o’simliklarga

21.Organizmning tashqi ta’siriga qonuniy javob reaktsiyasi bu…
A) Refleks
B)Tormozlanish
C)Qo’zgalish
D)Induktsiya

22.Hayot davomida ko’pdan ko’p ta’sirlarga shartli reflekslarning hosil bo’lishi va buni bir necha marta qaytarilib avtomatlashishi, ya’ni bir necha shartli refleks ketma-ket tarzda, avtomatik ravishda sodir bo’lishi oliy nerv faoliyatining qaysi qonuniyati?
A) Qo’zg’olish
B)Tormozlanish
C)Irradatsiya
D) Dinamik steriotip

23.Tashqi muhitning ta’sirini qabul qiluvchi apparatni tashkil etuvchi xujayralar guruhi qanday nomlanadi?
A) Effektorlar
B) Retseptorlar
C)Boshqaruv pulti
D)Neyronlar

24.Qo’zg’atishni boshqa nervlarga o’tkazadigan neyron tolasi qanday ataladi?
A) Akson
B)Sinaps
C)Dendritrlar
D)Nerv xujayrasi

25.Qo’zg’atishni nervlardan qabul qiluvchi neyron tolasi qanday ataladi?
A) Dendritrlar
B)Akson
C) Sinaps
D) Qobig’

2-VARIANT
1.Qo‘zg‘atish impulslarining muayyan yo‘nalishda tanlab o‘tkazishni ta’minlovchi, neyrоnlarning hujayra tanasi bilan bоglangan nuqta bu
A) Akson
B) Sinaps
C)Dendritrlar
D)Qobig’

2. Markaziy nerv sistemasining necha qismdan iborat
A) Bir butun qismdan: bоsh miya yarim sharlari
B)Uch qismdan: bоsh miya, оrqa miya va yon miya
C) Ikki qismdan: bоsh miya va оrqa miya
D)Ikki qismdan: asosiy va yordamchi

3.Qo’l barmog’i, ayniqsa, bosh barmoq faoliyati bilan bog’liq xujayralar, shuningdek nutq organlari lab va til mushaklari funktsiyasi bilan bog’liq xujayralar bosh miyaning qaysi qismini egallaydi?.
A) Chap yarim sharlar
B)O’ng yarim sharlar
C)Orqa miya va miya naychasi
D)Katta yarim sharlar qobig’ining anchagina qismini

4.Kishining ongiga mukarrar ravishda his tuyg’ular oqimi kirib keladi.Unda murakkab obyektiv va eng avvalo odamning o’zi ham jalb etilgan ijtimoiy munosabatlar o’z aksini topadi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar ongining qaysi ta’rifida o’z ifodasini topadi?
A) To’rtinchi ta’rifi-ongning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligi
B)Ikkinchi ta’rifi- unda subyekti bilan obyekt o’rtasida aniq farqlashda ifodasini topishda
C)Uchinsi ta’rifi-odamning maqsad qo’zg’oluvchi faoliyatini ta’minlashda
D)Birinchi ta’rifi-ongli anglash demakdir

5.Jonli mavjudotlar ichida inson o’zini bilishga, ya’ni psixik faoliyatlarini o’zini tadqiq etishga yo’naltirishga qodirdir. Odam o’z xatti-harakatlarini va umuman o’zini o’zi ongli ravishda baholaydi. «Men» ning «Men emas» dan ajratilishi bolaligida boshdan kechiriladigan yo’l bo’lib, uning o’zini-o’zi anglashi jarayonida yuz beradi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar ongning qaysi ta’rafida o’z ifodasini topadi?
A) Ikkinchi ta’rifi – unda sub’ekti bilan obyekt o’rtasida aniq farqlanishining o’z ifodasini topishida
B)Birinchi ta’rifi – ong anglash demakdir
C)Uchinchi ta’rifi – odamning maqsad ko’zlovchi faoliyatini ta’minlashida
D)To’rtinchi ta’rifi – ongning tarkibiga muayyan munosabatning kirganligida

6.Bunda faoliyat motivlari yuzaga keladi va chamalab chiqiladi, irodaviy qabul qilinadi, xarakatlarning bajarishning qanday borishi hisobga olinadi, unga tegishli tuzatishlar kiritiladi. Bu bilan inson o’zini ongli maqsadini amalga oshiradi. Yuqoridagi izohlar onginng qaysi ta’rifini bildiradi?
A) Ong anglash demakdir
B)Ong orqali sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasidagi aniq farqlash yuzaga keladi
C) Ong odamning maqsad qo’zg’oluvchi faoliyatini ta’minlaydi
D)Ong orqali ijtimoiy munosabatlar boshqariladi


Yüklə 33,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin