1-§. Xo‘jalik jarayonlari to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 411,13 Kb.
səhifə45/50
tarix28.12.2023
ölçüsü411,13 Kb.
#201041
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Buxgalteriya lit-hozir.org

II BO‘LIM BO‘YICHA JAMI

400+ 410+ 420+ 430+ 440+ 450+ 460+ 470+ + 480+ 490+ 500+ 510+ 520+ 530
540

Balansning passivi bo‘yicha JAMI 390– 540
550

Buxgalteriya balansi (1-shakl) bo‘limlari bo‘yicha qisqacha sharhini ko‘rib chiqamiz: 1- bo‘lim „ Asosiy vositalar“, bu bo‘limda asosiy vositalar boshlang‘ich bahoda (010- satr) ko‘rsatma tekshirishi (011—satr)da qoldiq bahosini aniqlash asosiy vositalarning boshlang‘ich bahosidan eskirish summasini ayirish yo‘li bilan topiladi, ya’ni (010-satr—011- satr) q 012- satr.


Buxgalteriya balansi (1- shakl) birinchi bo‘limda „Nomoddiy aktivlar“ moddasida ko‘rsatilgan. „Nomoddiy aktivlar“ balansda boshlang‘ich qiymati, eskirish va qoldiq qiymati bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Ma’lumki, nomoddiy aktivlar korxonaga daromad keltiradigan yoki uning faoliyatiga kerakli shart-sharoit yaratadigan natura-buyum shakliga ega bo‘lmagan mablag‘lar qiymatini o‘z ichiga oladi. Nomoddiy aktivlar tarkibida patentlar, ixtirochilikdan foydalanish huquqlari, „nouxau“, tovar markalari, boshqa qonuniy huquq va imtiyozlar qiymati aks ettiriladi. Masalan, yerdan, suvdan, boshqa tabiiy boyliklardan, bino va qurilmalardan foydalanish huquqi.
Nomoddiy aktivlar kabi asosiy vositalar ham balansda boshlang‘ich qiymati, eskirishi, qoldiq qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Asosiy vositalar qay tartibda ishlatilayotgan (harakatda, konversiyada, zaxirada yoki mulkiy ijarada) bo‘lishidan qat’i nazar „Asosiy vositalar“ moddasida aks ettiriladi.
Kapital qo‘yilmalar“ (030-satr) moddasi qurilish ishlarini xo‘jalik va pudrat usulida olib borayotgan, tugallanmagan qurilish qiymati buyurtmachi tomonidan aks ettiriladi. Bu moddada asosiy moddani tashkil qilish uchun qilingan xarajatlar, shuningdek, bunday ishlarni bajarish uchun korxonalar tomonidan berilgan avanslar ham shu moddada ko‘rsatiladi.
Sho‘ba korxonalaridagi aksiyalar“ (040-satr) moddasida 06 „Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar“ schotida yuritiladigan „paylar va aksiyalar“, „obligatsiyalar“ summasi kiradi.
Sho‘ba korxonalariga berilgan qarzlar“ (050-satr) moddasida 06 „Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar“ schotining „Berilgan qarzlar“ subschotidagi ma’lumotlar olinadi.
Demak, 06 „Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar“ schotining ma’lumotlari buxgalteriya balansi aktiv tomoni birinchi bo‘limining ikkinchi, ya’ni 040, 050- satrlarida ko‘rsatiladi.
Uyushma korxonalaridagi aksiyalar“ (060-satr) moddasi bevosita 06 schotlarini tartibga solish yo‘li bilan ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya balansi aktiv tomonining jami summasi barcha birinchi bo‘limga kiritilgan moddalar summasidan tashkil topadi.
Buxgalteriya balansining aktiv tomoni ikkinchi bo‘limi „Oborot aktivlari“ deb nomlanadi. Bu bo‘limga ishlab chiqarish xarajatlari (120-satr), tugallanmagan ishlab chiqarish (130-satr), tayyor mahsulot (140-satr), tovarlar (150-satr), pul mablag‘lari (170-satr) va hokazolar kiradi.
Balansning „Ishlab chiqarish zaxiralari“ moddasida 10 „Materiallar“, 2 „Arzon va tez eskiruvchi buyumlar“ kabi schotlarning ma’lumoti ko‘rsatiladi.
„Тugallanmagan ishlab chiqarish“ (130-satr) moddasida tugallanmagan ishlab chiqarish va ish, xizmatlar bo‘yicha xarajatlar ko‘rsatiladi, ya’ni mahsulot tannarxi bilan bog‘liq xarajatlar o‘z ifodasini topadi.
„Тugallanmagan ishlab chiqarish“ moddasi buxgalteriya hisobi schotlari rejasining „Ishlab chiqarish xarajatlari“ bo‘limidagi buxgalteriya hisobi schotlarida hisobga olingan tugallanmagan ishlab chiqarish va tugallanmagan ishlar, xizmatlar bo‘yicha xarajatlar ko‘rsatiladi.
14 — Buxgalteriya hisobi nazariyasi
Bunda tugallanmagan ishlab chiqarish korxona tomonidan buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi Nizom asosida qabul qilingan baholar bo‘yicha aks ettiriladi.
Kelgusi davr xarajatlari“ moddasida kelgusi hisobot davrlarida qoplanadigan xarajatlar, ya’ni ularga taalluqli muddatlar ichida ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga olib boriladigan hisobot davrida amalga oshirilgan sarflar ko‘rsatiladi. Bunday sarflar jumlasiga asosiy vositalar ta’lim bo‘yicha (ta’mirlash fondi tashkil qilinmaganda) xarajatlarning oldindan to‘langanini, ijara to‘lovlari qiymatini va shu kabilarni kiritish mumkin.
Тayyor mahsulot“ moddasida buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnoma, belgilangan texnik sharoit va standartlar talablariga to‘la javob beradigan hamda qabuldan o‘tgan buyumlar qoldig‘ining haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatiladi.
Belgilangan talablarga javob bermaydigan va topshirilmagan ishlar tugallanmagan hisoblanadi hamda tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida ko‘rsatiladi.
Тovarlar“ moddasida savdo va umumiy ovqatlanish sohasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan sotib olingan tovarlar qoldig‘i qiymati ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, umumiy ovqatlanish korxonalari bu moddada oshxona va omborlardagi xomashyo qoldig‘ini, bufetlardagi tovarlar qoldig‘ini ham aks ettiradilar.
Sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalari sotish uchun alohida sotib olgan buyumlar, materiallar, mahsulotlarni shu moddada ko‘rsatadilar.
Mazkur moddada tovarlarni sotish bahosi, sotib olish bahosi va savdo ustamasi alohida keltiriladi.
Buxgalteriya balansining passiv tomoni, ya’ni xo‘jalik mablag‘lari manbalarining aks ettiruvchi tomoni ikki bo‘limdan, ya’ni „Xususiy kapital“ („Uzluksiz mablag‘lar“ning manbalari) va „Majburiyatlar“ bo‘limidan iboratdir.
Buxgalteriya balansining passiv tomoni „Xususiy kapital“ bo‘limi „Ustav kapitali“ (320-satr) moddasi asosan 85 „Ustav sarmoyasi“ schotidagi subschotlari kiradi.
„Ustav kapitali“ moddasida, asosan, qatnashuvchilar qo‘yilmalari hisobiga tashkil topgan mablag‘lar, ya’ni ta’sis hujjatlarida ro‘yxatga olingan mablag‘lar ko‘rsatiladi.
Ustav kapitalini ko‘paytirish yoki korxona faoliyatining o‘tgan yildagi natijalariga belgilangan tartibda ko‘rib chiqilganda va korxonaning ta’sis hujjatlariga kerakli o‘zgartishlarini kiritgandan so‘ng amalga oshiriladi.
Rezerv kapitali“ moddasida amaldagi qonun va nizomlarga asosan, korxonada tashkil qilingan rezerv kapitalining qoldig‘i ko‘rsatiladi.
Тaqsimlanmagan foyda“ (qoplanmagan zarar) moddasida (30-satr) sof foyda, ya’ni tayyor mahsulot, ish va xizmatlardan ko‘rilgan moliyaviy natijalar, korxonaning moliyaviy faoliyati bo‘yicha daromad va xarajatlar, ya’ni 80 „Foyda va zararlar“ schoti bilan 81 „Hisoblangan va to‘langan foyda (daromad) solig‘i“ schoti qoldiqlari o‘rtasidagi farq ko‘rsatiladi.
Yillik hisobotda 87 „Тaqsimlanmagan foyda“ (qoplanmagan zarar) schotining kreditiga o‘tkazilgan foyda 150satrda ham ko‘rsatiladi. O‘tgan yildagi taqsimlanmagan foyda bo‘lsa, hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda qoldig‘i bilan qo‘shib ko‘rsatiladi.
Umuman, buxgalteriya balansining passiv tomonida korxona va tashkilotlardagi mablag‘larning manbalari tegishli turlari bo‘yicha ko‘rsatiladi.


Yüklə 411,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin