OsSIMLIKLARNING KOsPAYISHI
1. 0‘simliklar qaysi usul(lar)da ko‘payadi
A jinssiz va spora B vegetativ va generativ
C jinsiy, jinssiz, spora, vegetativ *D jinsiy va jinssiz
2. Vegetativ organlarning o’simliklar hayotidagi ahamiyati nima(lar)dan iborat?
A oziqlanishda ishtirok etadi
B ko’payishda ishtirok etadi *C A va B D t.j.y
3.O’simlikning qaysi qismlaridan ko’paytirilganda vegetativ ko’payish sodir bo’ladi?
1)ildiz 2)ildizpoya 3)tugunak 4)piyozbosh 5)novda 6)barg 7)urug’ 8)meva
A hammasi B 2,3,4,5 *C 1,2,3,4,5,6 D 1,5,6
4. Ildizpoyasidan ko’payuvchi o’simliklari belgilang.
1)lola 2)ajriq 3)boychechak 4)g’umay 5)salomalaykum 6)gladious 7)nargiz 8)bug’doyiq
A 1,3,4,5,8 *B 2,4,5,8 C 1,3,6,7 D 2,4,5,6
6.Qaysi o’simliklarning ildizidagi kurtaklardan yangi novdalar hosil bo’lishi hisobiga vegetativ ko’payadi?
*A qoraqat, na’matak, qizilmiya, yantoq, olvoli, terak
B yantoq, tok, qoraqat, na’matak, shirinmiya, terak
C yantoq, olvoli,atirgul, qoraqat, terak, shirinmiya
D shirinmiya, yantoq, olvoli, uchqat, na’matak, terak
7. Ildiz bachkisi nima?
A ildizda hosil bo’lgan kurtaklar
*B ildizdan hosil bo’lgan novdalar
C ildizning uchki qismi D ildizpoyadagi kurtaklar
8.Vegetativ yo’l bilan ko’payadigan bitta … daraxti atrofida yer ostidan o’sib chiqadigan bachkilar hisobiga o’nlab yangi daraxt tuplari hosil bo’ladi.
A tol *B terak C tok D tut
9.Ildiz bachkisidan yangi mustaqil o’simliklarning hosil bo’lishi qaysi hayotiy shakllar o’rtasida uchraydi?
1)daraxt 2)buta 3) ko’p yillik o’t
A 1 B 1,2 C 1,3 *D 1,2,3
10.Yer surilishi yoki suv toshqini natijasida o’simliklarning shox-shabbasi sernam tuproq ostiga qolib kurtaklardan yangi novda o’sib chiqadi bu ta’rif qaysi o’simlikka tegishli?
*A tol B terak C tok D tut
11. Vegetativ ko’payishning o’simliklar dunyosidagi ahamiyatini belgilang.
A navlarning doimiyligini saqlashda foydalaniladi
B o’simlik naslini saqlashda foydalaniladi
C urug’idan yaxshi ko’paymaydigan o’simliklarning tabiatda kamayib yo’qolib ketmasligini ta’minlaydi
*D hammasi
12.Juda ko’p madaniy o’simliklar qaysi qismidan ko’paytiriladi?
1)ildiz 2)ildizpoya 3)tugunak 4)piyozbosh 5)novda 6)barg 7)urug’ 8)meva
A 3,5,6 B 2,4,5 *C 1,5,6 D 3,4,6
13.Issiqxonalarda o’stiriladigan gullarning aksariyat qismi ...dan ko’paytiriladi.
A piyozbosh *B qalamcha C barg D tugunak
15.Tok qalamchalari qachon tayyorlanadi?
A yozda-yomg’irdan oldin
B bahorda shira harakatidan oldin
*C kuzda-tok kesish vaqtida
D yozda-tok kesish vaqtida
16. Tok qalamchalarining uzunligi qancha bo’lishi kerak?
*A 45-50 sm B 40-45 sm C 30-45 sm D 40-55 sm
17.Tayyor qalamchalar qayerga ko`mib qo`yiladi?
A)quruq tuproqqa *B)nam chuqurga C)Ava B D)t.j.y
18.Qalamchalar qachon dalalarga ekiladi?
A)kuz *B)bahor C)yoz D)erta bahor
19. Payvandlash tushunchasiga mos keluvchi ta’rifni belgilang.
*A bir o’simlikning ma’lum bir qismini ikkinchi o’simlikka turli usullar bilan o’rnatish
B bir o’simlikning ma’lum bir qismini shu o’simlikka turli usullar bilan o’rnatish
C bir o’simlikning ma’lum bir qismini unumdor yerga ko’chirib o’tkazish
D bir yokibir nechta o’simlikning ma’lum bir qismini unumdor yerga yoki faol kimyoviy eritmaga ko’chirib o’tkazish
20. Payvandlashning usul(lar)ini belgilang.
A kurtak B iskana C naycha *D hammasi
21.Iskana payvand qachon qilinadi?
*A erta bahorda shira harakati yurishidan oldin (fevral oyining oxiridan aprel oyigacha)
B avgustdan-sentabrgacha C avgust oyida
D kech kuzda yomg’irlar mavsumida
22. Payvandlash uchun olinadigan payvandustga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. (iskana payvandda)
1) yillik novdalar hisoblanib shira harakati yurishidan oldin kesib olinadi 2) yillik novdalar hisoblanib shira harakati boshlangandan keyin kesib olinadi 3)maxsus salqin joylarda saqlanadi 4)issiqxonalarda saqlanadi 5)2-3 tadan kurtaklari qoldirib kesiladi 6)pastki qismi ponaga o’xshatib kesiladi
*A 1,3,5,6 B 2,3,5,6 C 1,4,5,6 D 2,4,5,6
23. Payvandtag va payvandust poyasining qaysi qismlari bir-biriga tegib turadigan qilib mahkamlanadi?
A kambiy B lub *C po’stloq D yog’ochlik
24.Payvandlardan eng ko’p tarqalgan(lar)ini belgilang.
A kurtak B iskana C naycha *DA va B
25.Payvandlash uchun kesib olingan kurtakli qalamcha ... deyiladi.
A payvandtag *B payvandust C duragay D qalamcha
26.Payvand qilish uchun o’stirilgan urug’ko’chat ... deyiladi.
*A payvandtag B payvandust C duragay D qalamcha
27. Payvandlash uchun olinadigan payvandustga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. (kurtak payvandda)
1) yillik novdalar hisoblanib shira harakati yurishidan oldin kesib olinadi 2) 1 yillik novdalar hisoblanadi 3)tinim davrida bo’lgan novdalar hisoblanadi 4)tinim davrini o’tagan novdalar hisoblanadi 5)quyoshda yaxshilab toblangan bo’ladi 6)pastki qismi ponaga o’xshatib kesiladi 7)po’stlog’i o’tkir pichoq bilan „T“ harfi shaklida kesiladi
A 1,2,4,6 *B 2,3,5 C 2,4,5 D 2,3,5,7
28. Payvandlash uchun olinadigan payvandtagga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. (kurtak payvandda)
1) yillik novdalar hisoblanib shira harakati yurishidan oldin kesib olinadi 2) 1 yillik novdalar hisoblanadi 3)tinim davrida bo’lgan novdalar hisoblanadi 4)tinim davrini o’tagan novdalar hisoblanadi 5)quyoshda yaxshilab toblangan bo’ladi 6)pastki qismi ponaga o’xshatib kesiladi 7)po’stlog’i o’tkir pichoq bilan „T“ harfi shaklida kesiladi
*A 7 B 2,3,5 C 2,4,5 D 2,3,5,7
29.Ulanadigan kurtak-payvandust qaysi qism(lar)i bilan birgalikda kesib olinadi?
A po’stlog’i *B yog’ochligi va po’stlog’i
C po’stlog’i, yog’ochligi va kambiysi D yog’ochligi
30.Payvand qilingan kurtaklarnig tutgan yoki tutmaganligi necha kunda bilinadi?
A 5-15 *B 6-10 C 8-12 D 15-20
31.Kurtagidan payvandlash asosan qachon o’tkaziladi?
A erta bahorda shira harakati yurishidan oldin (fevral oyining oxiridan aprel oyigacha)
B avgustdan-sentabrgacha *C avgust oyida
C kech kuzda yomg’irlar mavsumida
32.Qulupnay qaysi qismidan ko’payadi?
A poyasidan B gajaklaridan C jingalaklaridan
*D A va C
33.Qalamchasidan ko’paytiriladigan, barglari ancha barvaqt to’kiladigan, yog’ochligi yumshoq, bahor kelishi bilan dastlab barg kurtagidan barg, gul kurtagidan gul chiqadigan; bargli poyaga ega bo’lgan o’simlikni belgilang
A terak B aylant C tol *D jiyda
34. Bir tup qulupnaydan bir necha tup qulupnayning hosil bo’lishining sababi nimada?
A poyasi o’sish jarayonida qo’shimcha ildizlar chiqaradi va ulardan yangi tup poyalar shakllanadi
*B asosiy tupdagi poyalarning sudralib o’sishi hisobiga yangi tup poyalar hosil bo’ladi
C yuqori qismi qurib qolib pastdan yangi boshqa tuplar o’sib chiqa boshlaydi
D uning rivojlanishi uzoq davom etganligi sababli urug’i bir necha bor to’kilib o’sha uyerdan o’sib chiqa boshlaydi
35. Asosiy tupdan o’sib chiqqan sudraluvchi yosh poya nima deb ataladi?
A yillik novda *B jingalak C gajak D bachki
36.Qaysi vaqtda jingalakdagi kurtaklardan barg va ildizchali kichik o’simlik tupi rivojlanadi?
A bahorda B kuzda *C yozda
D shira harakati yurishidan oldin
37.Qulupnayning jingalaklaridan hosil bo’lgan yosh novdalarni qaysi vaqtda boshqa joylarga ko’chirish madsaqga muvofiq bo’ladi?
A avgust oyida B kuzda C kelgusi yil bahorda
*D A va C
38. Parxesh yo’li bilan ko’paytirishning ma’no-mazmunini belgilang.
A bir o’simlikning ma’lum bir qismini ikkinchi o’simlikka turli usullar bilan o’rnatish
B bitta o’simlik atrofida yer ostidan o’sib chiqadigan bachkilar hisobiga o’nlab yangi daraxt tuplari hosil bo’lishi
C tugunagi yoki piyozboshining boshi kesib yoki bo’laklarga bo’lib ekilishi
*D o’simlik novdasining ma’lum bir qismi asosiy poyadan ajratilmagan holda tuproqqa ko’miladi, novda ildiz hosil qilgandan keyin asosiy poyadan ajratiladi
39. Vegetativ ko’payishning o’simliklar hayotidagi ahamiyatini belgilang.
1)yaxshi sifatli navlarning doimiyligini saqlashda foydalaniladi 2)o’simlik naslini saqlashda foydalaniladi 3)urug’idan yaxshi ko’paymaydigan o’simliklarning tabiatda kamayib yo’qolib ketmasligini ta’minlaydi 4)tez va yuqori hosil olishni ta’minlaydi
A 1,2,3 *B 1,2,3,4 C 1,3,4 D 2,3,4
40. Parxesh usulida ko’paytiriladigan o’simliklarni belgilang.
A tok, anjir, qoraqat *B atirgul, qoraqat, tok
C terak, atirgul, qoraqat D terak, atirgul, anjir
41.Ildizidagi kurtaklardan yangi novdalar hosil bo’lishi hisobiga, parxesh usulida va qalamchasidan ko’paytiriladigan madaniy o’simlikni belgilang.
*A qoraqat B atirgul C tok D terak
42. Poyasi shoxlangan o`simliklar uchun umumiy bo`lmagan xususiyatlarni aniqlang?
1.kurtagi mayda 2.shox-shabbasi yoyiq 3.tanasining yuqori qismi qurib pastidan yangidan o`sib chiqadi 4.bargi oddiy
A.1,4 *B.1,3,4 C.1 D.2,4
43. Quyidagi o’simliklardan qaysi birlari vegetativ ko’payish xususiyatiga ega ?
A g’o’za, makkajo’xori, bug’doy
B grechixa g’umay, yantoq C loviya, mosh, no’xat
*D narsis, gladious, lola
44.Anjir va anorning qalamchalar qachon tayyorlanadi?
A bahorda B yozda *C kuzda
D qishning oxiri bahorning boshida
45.Kurtak payvand qilishda nimaning po`stlog`i “T” shaklida kesiladi?
A.kurtak qalamcha *B.o`simlikning poyasi
C.urug`ko`chat D.barchasi to`gri
46.O`simliklarning parxesh usulda ko`paytirilishi qanday amalga oshadi?
1.poyadagi kurtaklardan yangi novdalar hosil bo`ladi 2.ildizdagi kurtaklardan yangi novdalar hosil bo`ladi 3.o`simliklar novdasining ma`lum qismi asosiy poyadan ajratilmagan holda tuproqqa ko`miladi 4. o`simliklar novdasining ma`lum qismi asosiy poyadan ajratilgan holda tuproqqa ko`miladi
A.1,4 *B.3 C.2,4 D.4
47. Terak va jiyda uchun umumiy bo`lgan xususiyatlarni belgilang?
1.birinchi sovuqdanoq bargini to`kib yuboradi 2.qalamchasidan ko`paytiriladi 3.ildiz bachkisi orqali ko`paytiriladi 4.dastlab barg kurtaklari ochiladi 5.tez yo`g`onlashadi 6.bargida tomirlar yaxshi ko`rinadi 7.poyasi bargli
A.1,2,6 B.1,2,4 *C.1,2,4,6 D.2,3,4,6,7
48.Rayxon o`simligiga xos bo`lgan xususiyatlarni belgilang?
1.bir yil ichida gullab, meva tugib o`z hayotini tugatadi 2.poyasining ko`ndalang kesimi 4 qirrali 3.barglari poyada qarama-qarshi joylashgan 4.poyasining ko`ndalang kesimi yumaloq 5.yer ustki qismi qishda qurib o`sish kurtaklari tuproq ostida qishlaydi 6.qalamchalaridan ko`payriladi
*A.1,2,3 B.1,2,6 C.2,3,5 D.1,4,5,6
49. Oddiy bargga ega, ildiz bachkisi orqali ko`payadigan, ko`p yillik o`simlik?
*A.yantoq B.qizilmiya C.terak D.shoyi akatsiya
50.Murakkab bargga ega, ildiz bachkisi orqali ko`payadigan, ko`p yillik o`simlik?
A.Yantoq *B.qizilmiya C.terak D.shoyi akatsiya
GULLARNING CHANGLANISHI VA URUG’LANISHI
1. Changlanish nima?
A changdondagi chang zarrachalarining yetilishi
B chang hujayrasi va urug’kurtakdagi tuxum hujayrasining qo’shilishi
C urug’chi ustunchasida chang yo’lining hosil bo’lishi
*D yetilgan changlarning urug’chi tumshuqchasiga kelib tushishi
2.Changlanish qanday turdagi xillarga bo’linadi?
A 2; chetdan va o’z-o’zidan B 2; tabiiy va sun’iy
C 3; hasharot, shamol yordamida va o’z-o’zidan changlanish
*D 3; chetdan, o’z-o’zidan va sun’iy
3.Faqatgina … gulgina meva tugadi.
A gullagan *B changlangan C tinim davrini o’tagan
D ozuqa bilan yaxshi ta’minlangan
4.Yetilgan urug’chining tumshuqchasi uchun xos bo’lgan xususiyat.
A chang yo’li bo’ladi B yopishqoq va quruq bo’ladi
*C nam va yopishqoq bo’ladi D tep-tekis va nam bo’ladi
5.O’simlik gullaridagi hasharotlarga kerak bo’lgan narsa(lar)(a) va ularni hasharotlar qaysi a’zolari(b) orqali boshqa gullarga olib o’tishadi?
1)chang 2)nektar 3)xartum 4)oyoqlar 5)tuk
A a-1; b-3,5; *B a-1,2; b-3,4,5; C a-2; b-3,4,5;
D a-1,2; b-4,5;
6.Hasharotlar orqali changlanuvchi o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)yong’oq 3)o’rik 4)nok 5)tol 6)bug’doy 7)sholi 8)beda 9)arpa 10)suli 11)terak 12)oqquray 13)g’o’za
A 2,5,6,7,9,10,11 B 2,5,6,8,9,10,11
C 1,3,4,7,8,12,13 *D 1,3,4,8,12,13
7. Mevali daraxtlar va g’o’za gullaganda bog’bonlar va paxtakorlar asalari qutilarini bog’larga va paxta dalalariga olib chiqishadi – bundan ko’zlangan maqsad nima?
A gullarni changlatish B mo’l hosil olish
C yaxshi va sifatli asal olish *D hammasi
8. 1 gr asal yig’ish uchun bitta asalari taxminan nechta gulga qo’nadi?
A yuzlab B millionlab *C minglab D o’n minglab
6.Hasharotlar orqali changlanuvchi o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)yong’oq 3)o’rik 4)nok 5)tol 6)bug’doy 7)sholi 8)beda 9)arpa 10)suli 11)terak 12)oqquray 13)g’o’za
A 2,5,6,7,9,10,11 B 2,5,6,8,9,10,11
C 1,3,4,7,8,12,13 *D 1,3,4,8,12,13
12. Bug’doyda qanday tur(lar)dagi changlanish uchraydi?
*A chetdan changlanish B o’z-o’zidan changlanish
C shamol yordamida changlanish D A va C
13.Bug’doy gulining qaysi qismi to’pguldan tashqarida osilib turadi?
A urug’chi *B changchi C gulpoya D gul qipiqlari
14. Bug’doy gullari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1) ikki jinsli 2)ayrim jinsli 3)gullari oddiy boshoqda o’rnashgan 4) gullari murakkab boshoqda o’rnashgan 5)urug’chisi boshoqdan tashqarida osilib turadi 6)changchisi boshoqdan tashqarida osilib turadi
*A 1,4,6 B 2,3,5 C 2,4,6 D 1,4,5
15.Bug’doy gullari uchun xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang.
1) ikki jinsli 2)ayrim jinsli 3)gullari oddiy boshoqda o’rnashgan 4) gullari murakkab boshoqda o’rnashgan 5)urug’chisi boshoqdan tashqarida osilib turadi 6)changchisi boshoqdan tashqarida osilib turadi
A 1,4,6 *B 2,3,5 C 2,3,6 D 2,4,5
16. O’z-o’zidan changlanish deb nimaga aytiladi?
A bir turdagi o’simlikning changchisidagi chang shu guldagi urug’chining tumshuqchasiga tushishiga
B ma’lum bir o’simlikning changi shu yoki boshqa o’simlik urug’chisining tumshuqchasiga o’tkazilishiga
*C bir tupdagi o’simlikning changchisidagi chang shu guldagi urug’chining tumshuqchasiga tushishiga
D bir o’simlik changining shamol yordamida shu o’simlik urug’chisining tumshuqchasiga kelib tushishi
17. Raffleziya Arnoldining qaysi xususiyatlari kuzatuvchilarda katta qiziqish tug’dirdi?
1)diametrining 1m ekanligi 2)gultojbarglarining 5sm ekanligi 3)rangining yo’qligi 4)poyasi va bargining yo’qligi 5) ildizi va bargining yo’qligi 6)qo’lansa hidi
A 1,2 B 1,2,3,6 *C 1,2,3,4,6 D 1,2,3,5,6
18.Volfiyaga xos xususiyatlarni belgilang.
1)dunyodagi yirik gul 2)dunyodagi eng kichik gul 3)kattaligi 1sm 4) kattaligi ignaning uchidek keladi 5)kattaligi to`g`nog`ich uchidek keladi 6)doctor Arnold aniqlagan 7)Tomas aniqlagan
A1,3,6,7 *B 2,4 C 2,5 D 2, 5,4
19.Agar o’simlik odam tomonidan changlantiriladigan bo’lsa bunday turdagi changlanishga … deyiladi.
A o’z-o’zidan changlanish B chetdan changlanish
*C sun’iy changlanish D tabiiy changlanish
20. Qaysi o’simlik ko’pincha sun’iy yo’l bilan qo’shimcha changlantiriladi?
A g’o’za B bug’doy *C makkajo’xori D kungaboqar
22. Urug’lanish nima?
A urug’chidagi tuxum va markaziy hujayralarning yetilishi
*B changchi va urug’chidagi jinsiy hujayralarning qo’shilishi
C urug’chi ustunchasida chang yo’lining hosil bo’lishi
D yetilgan changlarning urug’chi tumshuqchasiga kelib tushishi
23. Gulli o’simliklarning changdonida nechta chang donachalari yetiladi?
A 1 ta B 2 ta *C yuz-minglab D yuz minglab
24. Chang donachalarining har xil shaklda yoki kattalikda bo’lishi nimaga bog’liq?
A gulga *B o’simlik turiga C o’sish sharoitiga
D A va B
MEVA VA URUG’LARNING TARQALISHI
URUG’LARNING UNIB CHIQISHI
1.Meva va urug’lar million yillar davomida tarqalishda turli xil moslanishlarga ega bo’lgan quyidagilardan qaysi bir(lar)i o’simliklarning tarqalishida ahamiyatga ega emas?
1)hasharotlar 2)suv 3)shamol 4)hayvonlar 5)qushlar
6)odam
A 1 B 1,2,3,4,5,6 C 1,5 *D hammasi ahamiyatga ega
2.Meva va urug’larning tarqalishi ko’p jihatdan nimaga bog’liq?
A o’simlik turiga B o’sish sharotiga
*C morfologiyasiga D tashqi muhit omillariga
3.Avtoxor o’simliklar deb nimaga aytiladi?
A meva va urug’larini o’z kuchi bilan tarqatadigan o’simliklar
B urug’-mevasini ichki bosim yordamida tarqatadigan o’simliklar
C urug’-mevasini pallalarining chatnashi yoki buralishi hisobiga tarqatadigan o’simliklar
*D hammasi
5.Qaysi usulda tarqaladigan mevalar nihoyatda yengil bo’ladi?
A o’z kuchi-avtoxor B suv yordamida
C qushlar yordamida *D shamol yordamida
6.Quyidagi xususiyatlardan qaysi bir(lar)i shamol orqali tarqaladigan mevalar uchun xos emas?
A 50 undan ham ortiq kilometrgacha uchib boradi
B uchma mevalar deyiladi
C nihoyatda yengil bo’ladi
*D alohida moslamalari (gajagi, tikani, shirasi, hidi) bo’ladi
7.Qaysi o’simliklaring mevalari uchida joylashgan bir tutam popuklar (tuk)lar hisobiga uchib tarqaladi?
1)xina 2)qayrag’och 3)nilufar 4)qo’g’a 5)saksovul 6)boyalish 7)g’umay 8)machin 9)zarang 10)yorongul 11)rovoch 12)zubturum 13)tol 14)jud 15)qurttana 16)o’qatar bodring 17)qoqio’t 18)cherkez 19)kurmak 20)shumtol 21)dukkakli o’simliklar 22)terak 23)qo’ypechak 24)burchoq 25)zarpechak 26)baliqko’z
A 2,5,6,9,11,14,18,20,26; B 3,7,8,12,15,19,23,25;
C 1,10,16,21,24 *D 4,13,17,22
8.Mevasi atrofini o’rab olgan qanotchalari orqali shamolda bir yerdan ikkinchi yerga tarqaladigan o’simliklarni belgilang.
1)xina 2)qayrag’och 3)nilufar 4)qo’g’a 5)saksovul 6)boyalish 7)g’umay 8)machin 9)zarang 10)yorongul 11)rovoch 12)zubturum 13)tol 14)jud 15)qurttana 16)o’qatar bodring 17)qoqio’t 18)cherkez 19)kurmak 20)shumtol 21)dukkakli o’simliklar 22)terak 23)qo’ypechak 24)burchoq 25)zarpechak 26)baliqko’z
*A 2,5,6,9,11,14,18,20,26; B 3,7,8,12,15,19,23,25;
C 1,10,16,21,24 D 4,13,17,22
9. Uchma mevali o’simliklarni belgilang.
1)xina 2)qayrag’och 3)nilufar 4)qo’g’a 5)saksovul 6)boyalish 7)g’umay 8)machin 9)zarang 10)yorongul 11)rovoch 12)zubturum 13)tol 14)jud 15)qurttana 16)o’qatar bodring 17)qoqio’t 18)cherkez 19)kurmak 20)shumtol 21)dukkakli o’simliklar 22)terak 23)qo’ypechak 24)burchoq 25)zarpechak 26)baliqko’z
A 2,5,6,9,11,14,18,20,26; *B A va D
C 1,10,16,21,24 D 4,13,17,22
10.Suv orqali tarqaladigan o’simliklarga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
A 50 undan ham ortiq kilometrgacha tarqalishi mumkin
*B qalin qobiqqa ega C nihoyatda yengil bo’ladi
D alohida moslamalari (gajagi, tikani, shirasi, hidi) bo’ladi
11.Mevasi suv orqali tarqaladigan o’simliklarni belgilang.
1)xina 2)qayrag’och 3)nilufar 4)qo’g’a 5)saksovul 6)boyalish 7)g’umay 8)machin 9)zarang 10)yorongul 11)rovoch 12)zubturum 13)tol 14)jud 15)qurttana 16)o’qatar bodring 17)qoqio’t 18)cherkez 19)kurmak 20)shumtol 21)dukkakli o’simliklar 22)terak 23)qo’ypechak 24)burchoq 25)zarpechak 26)baliqko’z
A 2,5,6,9,11,14,18,20,26; *B 3,7,8,12,15,19,23,25;
C 1,10,16,21,24 D 4,13,17,22
12.Hayvonlar, qushlar va hasharotlar yordamida tarqaladigan o’simliklarga xos bo’lgan xususiyatni belgilang.
A 50undan ham ortiq kilometrgacha tarqalishi mumkin
B qalin qobiqqa ega C nihoyatda yengil bo’ladi
*D alohida moslamalari (gajagi, tikani, shirasi, hidi) bo’ladi
13.Meva va urug’larning tarqalishida eng kuchli omilni belgilang.
A hasharotlar B suv C hayvonlar *D odam
14.Zubturum o’simligiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1) bahor oylarida gullab, meva-urug’ tugadi 2) iliq kelgan kuz oylarida ham gullaydi 3) mevasi shamol yordamida qanotchalar yordamida tarqaladi 4) mevasi shamol yordamida popukchalar yordamida tarqaladi 5) mevasining suv o’tkazmaydigan qalin qobig’i mavjud 6) to’pgulida gulpoya shoxlanadi
7) to’pgulida gulpoya shoxlanmaydi 8) gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi 9) gullari qisqa gulpoyada uzun bandi bilan o’rnashgan
A 2,5,6,9 B 2,5,7,9 *C 2,5,7,8 D 2,5,6,8
15.Mevasi(urug’i) shamol yordamida tarqaladigan o’simliklarni belgilang.
A burchoq, yorongul B terak, tol
C zarang, cherkez *D C va B
16.O’tmishda Xorazmdan Amerikaga olib ketilgan va unga qo’shilib borib qolgan o’simliklarni belgilang.
A beda; shuvoq B bug’doy; yantoq C yantoq; beda
*D beda; yantoq
17.Qulupnay va qashqarbeda uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
1) barglari oddiy 2)barglari murakkab uch bargchali 3) barglari murakkab panjasimon 4) gulkosachalari qo’shilib ketgan 5)gullari ikki jinsli 6) gullari ayrim jinsli 7) yonbargchalari mavjud 8)barglari poyada ketma-ket joylashgan 9) ho’l mevaga ega 10)gultojbarglari qo’shilib ketgan 11) umumiy xususiyatlar keltirilmagan
*A 2,5,7,8 B 6,7,10 C 3,5,8 D 11
19. Zarang o`simligiga xos bo`lmagan belgilarni aniqlang?
4.yog`ochligi yumshoq 5.mebellar tayyorlashda ishlatiladi 6.barglari kuzda ham yashil rangini 1.mevasi shamol yordamida tarqaladi 2.mevasi suv yordamida tarqaladi 3.yog`ochligi qattiq saqlaydi 7.barglari birinchi sovuqdan keyin to`kiladi
*A.2,4,6 B.1,4,5,6 C.2,3,5,6 D.1.3.5.7
20.Urug’lar unib chiqishi uchun birinchi navbatda nima kerak bo’ladi?
A oziq modda B harorat
C suv *D tinim davrini o’tashi
Dostları ilə paylaş: |