2. Sud hokimiyati islohotlari.
O`zbekistonda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishda sud hokimiyatini shakllantirish muqim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham mamlakat mustaqillikka erishganidan so`ng bu borada katta ishlar amalga oshirildi.
Ma`lumki, 1991 yil 31 avgustda «O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to`g`risida» Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
O`zbekiston tenglar qatorida teng bo`lib dunyo davlatlari safida o`zining munosib o`rnini egalladi.
Istiqlol tufayli nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki tom ma`noda xuquqiy mustaqillikka ham erishildi. Sir emas: istiklolga qadar respublikamizdagi aksariyat qonunlar sobiq ittifoq qonunlari asosida qabul qilinar edi. Uzo`zidan ma`lumki, ularda xalqimizning uziga xos hayot tarzi, urfodatlari va udumlari, ma`naviyruhiy va axloqiy ehtiyojlari to`liq aks ettirilmas edi.
Endilikda vaziyat batamom o`zgardi. Davlatimiz mustaqillikka erishgan birinchi kundanoq huquqiy demokratik davlat qurmoqchi ekanligini va qonun ustivorligi ta`minlanishini ma`lum qildi.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohadagi o`zgarishlar davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlaydigan, yangicha ijtimoiy munosabatlarni shakllantiradigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qiladigan qonunlar yaratilishini taqozo etdi.
Shu bois 1992 yil 8 dekabrda demokratik huquqiy davlatchilik zaminini barpo etishning poydevori bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Chinakam demokratik insonparvar jamiyat yaratish, hokimiyat vakolatlarining adolatli bo`linishi tamoyillariga asoslangan, milliylik ruhi bilan sugorilgan hamda taraqqiy etgan davlatlar tomonidan e`tirof etilgan Konstitutsiyaning qabul qilinishi mamlakatda qonunchilik tizimini barpo etish uchun asos bo`ldi.
Konstitutsiyaning 11moddasida O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro va sud hokimiyatiga bo`linishi belgilab qo`yildi.
Shubhasiz, hokimiyatning bunday bo`linishi tamoyilining Konstitutsiyada mustahkamlanishi mustaqillik tufayli erishilgan eng salmokli yutuqlardan biridir. Chunki ayni shunday, umum e`tirof etilgan, jahon tajribasida ko`rilgan demokratik yo`l bilangina odil sudlovni talab darajasida amalga oshirish, Konstitutsiyaga va inson huquqlari to`g`risidagi xalqaro paktlarga, ijtimoiy adolat tamoyillariga og`ishmay amal qilish mumkin bo`ladi. Fuqarolarning tinchligi va ahilligi ni so`zsiz ta`minlash qonuniylik va huquqtartibotni mustahkamlashga zamin yaratiladi.
O`tgan tarixan qisqa davrda sud hokimiyatini mustahkamlash, sud islohotlarini izchillik bilan o`tkazish masalalari hamisha davlat rahbarining diqqat markazida bo`lib keldi. Jumladan, Oliy Majlisning 1995 yil 24 fevralda bo`lib o`tgan birinchi chaqiriq, birinchi, 1995 yil 21 dekabrdagi to`rtinchi va 1996 yil 28 avgustdagi oltinchi sessiyalarida sud hokimiyati uchinchi, mustaqil va qaram bo`lmagan tarmoq ekanligiga, odil sudlov tizimini kengaytirish va demokratiyalashtirish lozimlig`iga e`tibor berildi.
«Sud islohotini chuqurlashtirish, hokimiyatning uchinchi, mustaqil va qaram bo`lmagan tarmog`i sifatida butun odil sudlov tizimini demokratlashtirish huquqiy davlatni mustahkamlashning yana bir muhim yo`nalishidir ... Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib, haqiqatan ham mustaqil bo`lib qolishi lozim» deb uqdiradi I. Karimov Oliy Majlisning VI sessiyasida,
Ko`rinib turibdiki, sud ahamiyatining, uning obro`yining jiddiy ravishda oshirilishi zarurligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, bu masala ayniqsa, sudlarning faoliyatida asosiy mazmunni tashkil etishi zarurligi Prezident tomonidan qaytaqayta ta`kidlandi. Sud kishilarning huquklari va manfaatlarini himoya qiluvchi hokimiyatga aylanishi zarur. Buning uchun u mustaqil harakat qilishi kerak. Xalq maslaxatchilari haqiqiy, odil, tajribali, hurmatga sazovor shaxslar b£lishi kerak.
Sud tizimi Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`japik Sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasining Oliy Sudi, Qoraqalpog`iston Respublikasining xo`jalik Sudi, viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar xo`jalik va harbiy sudlaridan iborat.
Huquqiy demokratik insonparvar davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida yangi tizim huquq tarmoqlarini birlashtirishni va ular o`rtasidagi munosabatni uyrunlashtirishni ta`minlovchi Konstitutsiyaviy Sud yuzaga keldi. Bu tizimning vujudga kelishi demokratik davlat uchun ulkan voqeadir.
Konstitutsiyada sud hokimiyati mustaqilligining mustahkamlanishi odil sudlovni amalga oshirishda keng imkoniyatlar ochdi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Mustaqil O`zbekiston Konstitutsiyasi sho`rolar davri konstitutsiyalaridan keskin farq qiladi. Ularning birortasida sud hokimiyati degan so`z uchramaydi.
Dostları ilə paylaş: |