1-2 laboratoriya ishi Ishdan maqsad: Integral mikrosxemalarin tayyorlanishi va texnologiyalarini o‘rganish. Ims tayyorlash texnologiyasi va klassifikatsiyasi bilan tanishish. Integral mikrosxema (ims)


Yarimo‘tkazgich IMSlar yaratishda texnologik jarayon va operatsiyalar



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə4/7
tarix10.05.2022
ölçüsü110,5 Kb.
#57340
1   2   3   4   5   6   7
1-2 laboratoriya ishi

Yarimo‘tkazgich IMSlar yaratishda texnologik jarayon va operatsiyalar

Yarimo‘tkazgich IMSlar tayyorlash uchun asosiy material bo‘lgan - kremniy monokristal quymalari olishdan boshlanadi (Choxralskiy usuli). Hosil bo‘lgan kremniy quymasi n– yoki r–turli elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi. Quyma uzunligi 150 sm, diametri esa 150 mm va undan katta bo‘lishi mumkin. Zonali eritish usulida monokristal ifloslantiruvchi kiritmalardan qo‘shimcha tozalanadi.

Epitaksiya. Epitaksiya jarayoni asos sirtida uning kristall tuzilishini takrorlovchi yupqa monokristal ishchi qatlamlar hosil qilish uchun ishlatiladi.

Gaz fazali va suyuq fazali epitaksiya usullari keng tarqalgan bo‘lib, ular monokristal asos sirtida n– yoki r–turli o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan epitaksial qatlamlar hosil qilish imkonini beradi.

Termik oksidlash. Termik oksidlash – kremniy sirtida oksid (SiO2) qatlam (parda) hosil qilish maqsadida sun’iy yo‘l bilan oksidlashdan iborat jarayon. U yuqori (1000÷1200) 0S temperaturalarda kechadi.

2.1.-rasm. IMS tuzilmasi




Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin