Sifatli DT xarakteristikalari haqida tushuncha ega bo‘lish;
DT mutaxassislari oldida tupgan asosiy muammolar tushunib olish.
1. Dasturiy ta’minotni yaratish. DTni yaratish – DM yaratishga olib keladigan jarayonlar majmui. Bu jarayonlar asosan DTI texnologiyalariga tayanadi.
DTni yaratishning to‘rtta asosiy jarayonlari mavjud.
DTga talablar tasnifi. Talablar tizimning asosiy xarakteristikalarini ifodalaydi va bu talablar bajarilishi shart.
DT yaratish. Asosiy tasniflar bo‘yicha DTni ishlab chiqish va yaratish.
DT attestatsiyasi. Yaratilgan DTning buyurmachi talablariga mos kelishini tasdiqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.
DT takomillashtirish (modernizatsiya). DT buyurtmachi (iste’molchi)ning o‘zgargan talablari asosida takomilashtirish (modernizatsiya qilish) imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Dasturiy loyihalarni ishlab chiqishda bu jarayonlar xar xil usullarda tashkil etilishi va xar xil sathlarda soddalashtirilishi mumkin. Bu jarayonlarni amalga oshirish davri davomiyligi bir xil emas.
DT tayyorlash bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar turli xil jarayonlardan foydalanadilar.
Umuman olganda ushbu jarayonlar bir xil tipdagi DTni yaratishda yaxshi samara beradi, har xil DT uchun esa samara barmasligi mumkin.Faoliyat davomida mos kelmaydigan jarayonlar tanlanishi DT sifatining pasayishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.