O’qituvchi: --- Yaxshi. Endi mana shu kasblarimizni egallash uchun biz oladigan
bilimlar juda muhim ekanini bilib olamiz.
O’qituvchi: ---Hamma 839-masala shartiga e’tiborini qaratsin.
1112:16
96*28
6666:66
3012:12
2688:96
324*20
334*34 839-masala: Masalalarni yeching .
Bog’dan o’quvchilar 3012 kg olma terishdi. Olmalarni 96 ta yashiklarga teng
taqsimlab chiqishdi. Shundan so’ng 324 kg olma qoldi. O’quvchilar har bir
yashikka necha kg dan olma solishgan.
Jami---- 3012kg
Yashik---- 96 ta
Qoldi----324 kg
Bitta yashikda ---- ? kg
Yechish: 1) 3012 – 324= 2688
2) 2688 : 96 = 28
Javob: har bir yashikda 28 kg olma bor
O’qituvchi:--- masalamizda o’quvchilar olmalarni terishibdi. Biz ham maktab
bog’iga yordamga chiqqanmizmi?
O’quvchilar:--- ha-a-a!
O’qituvchi: --- Mana shu vaqtda siz jonivorlarga, daraxtlarga shikast
yetkazmaganmizmi? Ehtiyotkorlik bilan harakat qilganmizmi?
O’quvchilar: --- Tabiatga zarar yetkazmay yordam berganmiz!
O’qituvchi: --- Juda yaxshi. Tabiatni asrasak, u bizga ham shunday mehribonlik
ko’rsatadi.
Hamma yozib bo’ldimi? Endi sizlar bilan 840-841-misolni og’zaki va doskada
ko’rib chiqamiz.
840-misol: (47926 + 50378) : (2101- 1845)=384
1) 47926 + 50378=98304
2) 2101 – 1845= 256
3) 98304 : 256=384
841-masala:
Maktab kutubxonasiga 4321 ta kitob olib kelindi. Tuman kutubxonasida esa
undan 20 marta ortiq kitob bor. Tuman kutubxonasida jami qancha kitob bor?
Maktab kutubxonasida----4321 ta kitob
Tuman kutubxonasida ---? ta, 20 marta ortiq
Yechish: 4321 * 20= 86420
Javob: tuman kutubxonasida 8642 ta kitob bor
O’qituvchi: --- Bu masalamiz biz sevib o’qiydigan kitoblarimiz haqida ekan-a?
Chindan ham kitobni sevamizmi?