Antik tarixning boshlanishi .
1.Yunoniston hududining uchdan bir qismini nima tashkil qiladi ?
A) tog’lar B) dengizlar S) quruqlik D) o’rmonlar
2.Bolqon yarim oroli va O’rta yer dengizi orollaridagi qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi nima deyiladi ?
A) qadimgi Misr B) qadimgi Yunoniston S) Bobil davlati D) qadimgi Xitoy
3.Yunonlar uchun nihoyatda qadirli bo’lgan ninabargli o’rmonlar qayerda o’sgan ?
A)Yunonistonning shimolida B) Peloponnesda S) Yunonistonning shimolida D) A va B
4.Qadimgi yunonlar asosan nima bilan shug’ullanishgan ?
A) baliqchilik va ovchilik B) ziroatchilik va hunarmandchilik
S) dehqonchilik va chorvachilik D) to’g’ri javob yo’q
5.Qadimgi Yunonistonda Knoss, Miken shu kabi ilk davlatlar qachon vujudga kelgan ?
A)mil avv 2 ming yillikda B) mil avv 3 ming yillikda S) mil avv 1 ming yillikda D) mil avv 4 ming yillikda
6.Afsonaviy podsho Minos nomi bilan bog’liq bo’lgan Krit orolidagi Minoy svilizatsiyasi qachon vujudga kelgan
A)mil avv 2 ming yillikda B) mil avv 3 ming yillikda S) mil avv 1 ming yillikda D) mil avv 4 ming yillikda
7.Minoy sivilizatsiyasi nima sababdan vayron bo’ldi ?
A) urushlar tufayli B) kuchli zilzila va suv toshqiniga sabab bo’lgan vulqon otilishi tufayli
S) qurg’oqchilik tufayli D) to’g’ri javob yo’q
8.Doriylar Yunonistonning qaysi qismiga bostirib kirganlar ?
A) janubiga B) shimoliga S) sharqiga D) g’arbiga
9.Yunonistonda Doriylar qaysi davlatga asos soldilar ?
A) Yunon davlatiga B) Miken davlatiga S) Axey davlatiga D) Sparta davlatiga
10. Oykumena deb Yunonlar qayerni aytishgan?
A)odamlar yashaydigan hududlarni B) o’rmonlarni S) ko’llarni D) dalalarni
Dostları ilə paylaş: |