1. 6-sinf Tarix darsligi muallifi kim?



Yüklə 301 Kb.
səhifə4/45
tarix02.01.2022
ölçüsü301 Kb.
#42313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
6-sinf tarix mavzuviy test javobsiz

Urug’chilik jamiyati.

1.Qaysi davrda hozirgi qiyofadagi odam yani kromanyon odami yashagan edi ?

A) so’ngi paleolitda B) o’rta paleolitda S) ilk paleolitda D)yangi tosh davrida

2.So’ngi poleolit davri odami manzilgohlari yurtimizning qaysi hududlaridan topilgan?

A)Samarqand shahri hududidan. B)Toshkent viloyati Ohangaron Ko’lbuloq manzilgohidan

S) Farg’ona vodiysidan D) barcha javoblar to’g’ri

3.Qachondan qadimgi odamlar takomillashgan kesuvchi,aralovchi mehnat qurollari yasaydigan bo’lishgan ?

A) ilk paleolit davridan B) o’rta paleolit davridan S) so’ngi paleolit davridan D) neolit davridan

4.Qadimgi odamlarda qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlar nima deyilgan ?

A)To’dalar B) urug’ jamoalar S) mehnat jamoalar D) A va B javoblar to’g’i

5.Urug’larga kim sardorlik qilgan ?

A) oqsoqol B) rais S) boshlovchi D) qirol

6.Bir joyda yashab turgan bir qancha urug’lar nimani tashkil qilgan ?

A) guruhni B) jamoani S) qabilani D) qishloqni

7.So’ngi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosi nima bo’lgan ?

A) ov qurollarining takomillashuvi B) turar joylar qurilishi

S) chorvachilikning shakllanishi D) dehqonchilikning shakllanishi

8.So’ngi paleolit davrida inson yog’ochni bir-biriga ishqalash orqali nimani kashf etgan ?

A) olovni B) suvni S) nayzani D) arqonni

9.Fanda o’rta tosh davri nima deyiladi ?

A) Mezolit B) Eneolit S) Paleolit D) Neolit

10.Qaysi davr mil avv: 12-7 -ming yilliklarda davom etgan?

A) Mezolit B) Eneolit S) Paleolit D) Neolit

11.Qaysi davrda muzlik davri o’z poyoniga yetdi ?

A) Mezolit B) Eneolit S) Paleolit D) Neolit

12. Mezolit davridagi qanday kashfiyot odamlarni chopqir hayvonlar va qushlarni ovlash imkoniyatini vujudga keltirdi?

A) nayzaning kashf etilishi B) O’q yoyni kashf etilishi

S) Olovni kashf etilishi D) chorvachilikni shakllanishi

13.Mezolit davrining oxirida insonlar birinchi bo’lib qaysi hayvonni qo’lga o’rgatdilar ?

A) sigirni B) mushukni S) itni D) echkini

14.Mezolit davri oxirida Old Osiyoda xo’jalikning qanday yangi tarmog’i vujudga keldi?

A) Ovchilik va baliqchilik B) chorvachilik va hunarmandchilik

S) Ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik D) chorvachilik va baliqchilik

15.Muzlik davri manzilgohlari O’zbekistonning qaysi qismida ko’proq uchraydi?

A) janubida B) shimolida S) sharqida D) g’arbida

16.Bugungi kunda O’rta Osiyoda mezolit davriga oid qancha manzilgoh ochilgan ?

A) 50 dan ortiq B) 70 ga yaqin S) 90 dan ortiq D) 100 dan ziyod

17.Obishir, Qo’shilish, Machay manzilgohlari qaysi davr manzilgohlari hisoblanadi ?

A) Mezolit B) Eneolit S) Paleolit D) Neolit

18.Ziroatchilik va chorvachilik qaysi davrda paydo bo’ldi ?

A) Mezolit B) Eneolit S) Paleolit D) Neolit

19.Neolit davri O’rta Osiyoda qaysi yillar bilan davrlashtiriladi ?

A) Mil Avv 5-4 ming yilliklar bilan B) Mil Avv 6-4 ming yilliklar bilan

S) Mil Avv 7-6 ming yilliklar bilan D) Mil Avv 3-2ming yilliklar bilan

20.Neolit davrida aksariyat qabilalar………. ?

A) O’troq turmush tarziga o’tdi B) Doimiy turar joy qura boshladi

S) paxsa imoratlar qurildi D) barcha javoblar to’gri

21.Mikrolitlar nima ?

A) toshdan yasalgan mayda mehnat qurollari B) uylar

S) yog’ochdan yasalgan mehnat qurollari D) loydan yasalgan idishlar

22.Qadimgi odamlarning o’troq turmush tarziga o’tishi qaysi sohaning vujudga kelishiga zamin yaratdi ?

A) Ovchilikning B) baliqchilikning S) hunarmandchilikning D) dehqonchilikning

23.Neolit davrining muxim kashfiyotlari qaysi javobda berilgan ?

A)Kulolchilik B) To’quvchilik S) Baliqchilik D) A va B

24. Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi qaysi sohani shakllanishiga olib keldi?

A)Kulolchilik B) To’quvchilik S) Baliqchilik D) Hunarmandchilik




Yüklə 301 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin