O’rta Osiyoga Ahamoniylarning bosqinchilik yurishlari .
1. Orta Osiyo hududini bosib olishga urinib ko’rgan ilk fors podshosi kim edi ?
A) Kir II B) Kserks S) Kambiz D) Doro I
2. Kir II dastlab qaysi davlatlarni bosib olgan ?
A) Parfiya B) Marg’iyona S) Baqtriyani D) barcha javoblar to’g’ri
3.Qaysi yilga kelib Kir II ulkan qo’shilari bilan massagetlar ustiga yurish qilgan ?
A) mil avv 558-yilda B) mil avv 535-yilda S) mil avv 530-yilda D) mil avv 522-yilda
4.Massagetlar bilan Kir II qo’shinlari o‘rtasidagi jang qanday natija bilan yakun topdi ?
A) mssagetlarning g’alabasi bilan B) forslarning g’alabasi bilan S) Kir II ning o’limi bilan D) A va S
5.Axmoniylar davlatiga mil avv 522-486-yillar oralig’ida kim hukmronlik qilgan ?
A) Kir II B) Kserks S) Kambiz D) Doro I
6.Doro I ning hukmronligining dastlabki yilida O’rta Osiyoning qaysi shaharida fors istilochilariga qarshi xalq qo’zg’aloni ko’tarildi ?
A) Marg’iyonada B) Parfiyada S) Baqtriyada D) massagetlar yurtida
7.Forslarga qarshi dastlabki qo’zg’alonga kim raxbarlik qilgan ?
A) To’maris B) Shiroq S) Frada D) Spitamen
8.Qo’zg’alonchilar va forslar o’rtasidagi hal qiluvchi jang qaysi yili bo’lib o’tdi ?
A) mil avv 515-yilda B) mil avv 520-yilda S) mil avv 525-yilda D) mil avv 522-yilda
9.Doro I saklarning qaysi guruhi ustiga yurish qilgan?
A) saka tigraxauda B) saka xaumavarka S)sakat tay tara daraya D) barchasiga
10.Doro I hukmronligining nechanchi yilida Saklar ustiga yurish qilgan ?
A) 1-yilida B) 2-yilida S) 3-yilida D) 4-yilida
11.Doro I qaysi yili saklar ustiga yurish qilgan ?
A) mil avv 519-yilda B) mil avv 520-yilda S) mil avv 521-yilda D) mil avv 522-yilda
12.Doro I ning qoshinlarini aldov yo’li bilan sahro ichkarisiga olib kirib adashtirgan va o’zi ham qaxramonlarcha halok bo’lgan cho’pon yigit kim?
A) To’maris B) Shiroq S) Frada D) Spitamen
13.Doro I ning saklar ustiga yurishi qanday natija bilan tugagan ?
A) muvafaqiyatsizlik bilan B) forslarning g’alabasi bilan S) Saklarning muvafaqiyati bilan D) A va S
14.Forslar bosib olgan mamlakatlarni itoatda tutish uchun qanday qisimlarga bo’lgan ?
A) mamlakatlarga B) satrapliklarga S) qishloqlarga D) noibliklarga
15.Satrap so’zining ma’nosi nima ?
A) Viloyat B) Tuman S) qishloq D) Ovul
16. Forslar bosib olgan hududlardsa viloyat bo’shlig’i nima deyilgan ?
A) Xokim B) Noib S) amir D) satrap
17. Doro Idan so’ng Ahamoniylar davlatiga kim podsholik qilgan ?
A) Kir II B) Kserks S) Kambiz D) Doro I
18.O’rta Osiyo xalqlari ustidan Ahmoniylar hukmronligi necha yil davom etgan ?
A) 100 yildan ortiq B) 150 yildan ortiq S) 200 yildan ortiq D) 250 yildan ortiq
19.O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar qaysi davrlarda tarqalgan ?
A) mil avv V-IV asrlarda B) mil avv IV-III asrlarda S) mil avv III-II asrlarda D) mil avv II-I asrlarda
20.Amudaryo xazinasi qaysi yili topilgan ?
A) 1877-yilda B) 1878-yilda S) 1879-yilda D) 1880-yilda
20.Amudaryo xazinasi hozirgi kunda qaysi davlat muzeyida saqlanadi ?
A) Britaniyada B) Fransiyada S) Italiyada D) Rossiyada
Dostları ilə paylaş: |