1. 6-sinf Tarix darsligi muallifi kim?


O’rta yer dengizida hukmronlik uchun kurash



Yüklə 340,5 Kb.
səhifə41/45
tarix02.01.2022
ölçüsü340,5 Kb.
#37256
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
6-sinf tarix mavzuviy test

O’rta yer dengizida hukmronlik uchun kurash.

1.Rim armiyasida erkak fuqarolar necha yoshdan xizmat qilgan ?

A) 17 yoshdan B) 18 yoshdan S) 20 yoshdan D) 21 yoshdan

2. Rim armiyasida erkak fuqarolar necha yil xizmat qilgan ?

A) 20 B) 25 S) 30 D) 35

3.Senturiylar nima ?

A) 80 kishidan iborat jangchilar guruhi B) Rim askarlarining qurollari

S) Rim harbiy binosi D) Rim qo’shining umumiy nomi

4.Rim askarlarining bir nechta senturiyni tashkil qilishi nima deyilgan ?

A) senturiyani B) kogortani S) legionni D) bo’linmani

5. Bitta legionni tashkil qilish uchun nechta kogorta yig’ilishi kerak edi ?

A) 10 ta B) 15 ta S) 20 ta D) 25 ta

7. Triumf nima ?

A) g’alaba B) mag’lubiyat S) urush D) maydon

8.Qaysi davrga kelib Rim sarkardalari mamlakatning shimoliy qismidan tashqari butun Italiyani egallashga erishdilar ?

A)mil avv III asr o’rtalarida B) mil avv IV asr oxirida S) mil avv II asr boshida D) mil avv II asr oxirida

9.Sitsiliya orolida qaysi davlat hukmronlik qilar edi ?

A) Karfagen B) Troya S) Bobil D) Misr

10.Rimliklar Karfagen davlati bilan necha marotaba urush olib borganlar ?

A) 1 marta B) 2 marta S) 3 marta D) 4 marta

11.Rim va Karfagen o’rtasidagi urushlar tarixga qanday nom bilan kirgan ?

A) karfagen urushi B) Rim urushi S) Puni urushi D) Italiya urushi

12.Rimliklar Karfagenni nima deb atashgan ?

A) Italiya B) Puna S) Sitsiliya D) Ellada

13. Birinchi Puni urushida kim g’alaba qozondi ?

A) rimliklar B) karfagenliklar S) ikki tomon o’rtasida sulh tuzildi D) barcha javob to’gri

14. Birinchi Puni urushidagi g’alabadan ikki yil o’tgach rimliklar qaysi orollarni bosib oldilar ?

A) Koriska orollarini B) Sardiniya orollarini S) Krit orollarini D) A va B

15.Puni urushida Sitsiliyani yo’qotishlar o’rnini to’ldirish uchun Karfagenliklar qaysi davlatning katta hududini bosib oldilar ?

A) Misrning B) Sardiniyaning S) Ispaniyaning D) Yunonistonning

16.Gannibal qaysi davlat armiyasi sarkardasi edi ?

A) Rimning B) Karfagenning S) Italiyaning D) Ispaniyaning

17.Qaysi yili Gannibal Italiya hududiga bostirib kirib Kann yaqinidagi jangda rimliklar armiyasini tor-mor etgan ?

A) mil avv 216-yilda B) mil avv 217-yilda S) mil avv 218-yilda D) mil avv 219-yilda

18. Ushbu jangda rimliklar askarlaridan necha kishi halok bo’ldi ?

A)50 ming B) 60 ming S) 70 ming D)80 ming

19.Nima sababdan Italiya aholisi Gannibalni qo’llab-quvatlamadi ?

A) Gannibalning yollanma qo’shinlari mamlakatni talon-taroj qilib yuborgani uchun

B) Gannibalning shafqatsiz bo’lgani uchun

S) rimliklarning jangda qo’li baland kelishini bilganlari uchun

D) Rimliklarga soliq solgani uchun

20.Qaysi yili Gannibal qo’shinlari Rimlik sarkarda Ssipion qo’shinlari tomonidan mag’lubiyatga uchradi ?

A) mil avv 210-yilda B) mil avv 208-yilda S) mil avv 205-yilda D) mil avv 202-yilda

21.Gannibal qo’shinlari qaysi shahar yaqinida tor-mor etildi ?

A) Zama B) Sitsiliya S) Karfagen D) Koriska

22.Uchinchi Puni urushida rimliklar Karfagenni necha yil qamal qilgan?

A) 1 B) 2 S) 3 D) 4

23.Qaysi yili Karfagen butunlay vayronaga aylandi ?

A) mil avv 140-yilda B) mil avv 142-yilda S) mil avv 144-yilda D) mil avv 146-yilda

24.Provinsiya deb rimliklar nimani aytishgan ?

A) bosib olingan yerlarda tshki etilgan viloyatlar B) qullarni S)harbiy dam olish joylarini

D) jang qurollarni saqlanadigan joyi

25.Provinsiyalarni kimlar boshqargan ?

A) Konsullar B) Prokonsullar S) Xokimlar D) Senatorlar




Yüklə 340,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin