O’zbekiston hududidagi ilk davlatlar .
1.Qaysi davrda O’zbekiston hududida so’g’diylar , baqtriyaliklar,xorazmliklar ,sak va massaget elatlari yashagan?
A)Mil avv VIII-VII asrlarda B) Mil avv VII-VI asrlarda S) Mil avv VI-V asrlarda D) Mil avv V-IV asrlarda
2.Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida qaysi elatlar yashagan?
A) so’g’diylar B) xorazmliklar S) baqtriyaliklar D) sak va massagetlar
3.Amudaryoning quyi qismida dehqonchilik bilan shug’ullangan qaysi elatlar yashagan?
A) sog’diylar B) xorazmliklar S) baqtriyaliklar D) sak va massagetlar
4.Surxondaryo vodiysi,Shimoliy Afg’oniston va janubiy Tojikiston hududlarida qaysi elat vakillari yashashgan?
A) sog’diylar B) xorazmliklar S) baqtriyaliklar D) sak va massagetlar
5.Sog’diylarning eng yaqin qo’shnilari qaysi elat bo’lgan ?
A) baqtriyaliklar B) xorazmliklar S)saklar D) massagetlar
6.Sak qabilalarining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan ?
A) dehqonchilik B) chorvachilik S) ovchilik D)baliqchilik
7.Quyidagi xalqlardan qaysi birining yashagan hududlari hozirgi kunda uchta davlat hududiga to’g’ri keladi?
A) baqtriyaliklar B) xorazmliklar S)saklar D) massagetlar
8.Qadimgi yunon-rim tarixchilarning yozishicha saklar necha guruhga bo’lingan ?
A) 2 ga B) 3 ga S) 4 ga D) 5 ga
9. Hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog’iston yerlarida yashagan o’tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklarni nima deb atashgan ?
A) saka-tigraxauda B) saka-tiay taradarayya S)saka-xaumovarka D) to’g’ri javob yo’q
10.Orol dengizi bo’ylari va Sirdaryoning quyi oqimida yashovchi saklarni nima deyishgan ?
A) saka-tigraxauda B) saka-tiay taradarayya S)saka-xaumovarka D) to’g’ri javob yo’q
11.Pomirning tog’li tumanlarida va Farg’onada yashagan saklarni nima deb atashgan ?
A) saka-tigraxauda B) saka-tiay taradarayya S)saka-xaumovarka D) to’g’ri javob yo’q
12.Milloddan avvalgi VII-VI asrlarda Xorazm,So’gdiyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg’uloti nima edi
A) Ovchilik B) sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik
S) tabiy sug’orishga asoslangan dehqonchilik D) A va B
13.Afrosiyob shahri harobalari yurtimizning qaysi hududidan topilgan ?
A) Samarqanddan B) Qashqadaryo vodiysidan S) Xorazmdan D) Surxondaryodan
14. Yerqo’rg’on va Uzunqir harobalari yurtimizning qaysi hududidan topilgan ?
A) Samarqanddan B) Qashqadaryo vodiysidan S) Xorazmdan D) Surxondaryodan
15. Ko’zaliqir harobalari yurtimizning qaysi hududidan topilgan ?
A) Samarqanddan B) Qashqadaryo vodiysidan S) Xorazmdan D) Surxondaryodan
16. Qiziltepa harobalari yurtimizning qaysi hududidan topilgan ?
A) Samarqanddan B) Qashqadaryo vodiysidan S) Xorazmdan D) Surxondaryodan
17.O’zbekiston hududidagi tashkil topgan eng qadimgi davlatlarning yoshi necha yil ?
A) 2000 yildan kam emas B) 2500 yildan kam emas S) 2700 yildan kam emas D) 2900 yildan kam emas
18. Afrosiyob Samarqandning qaysi qismida joylashgan?
A sharqiy B shimoliy S markaziy D janubiy
19. Afrosiyobga qachon asos solingan?
A m a: V-IV asrlarda B m a: VI- V asrlarda S m a: VII-VI asrlarda D ma: VIII-VII asrlarda
Dostları ilə paylaş: |