Olimlar va mutafakkirlar .
1.Qaysi Yunon faylasufi “yer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan” deya uqtirgan ?
A) Geraklit B) Demokrit S) Diogen D) Aristotel
2. Qaysi Yunon faylasufi ”Bizni qurshab turgan hamma narsa ko’zga ko’rinmaydigan mayday-mayda zarralar-atomlardan tashkil topgan” degan fikrni uqtirgan ?
A) Geraklit B) Demokrit S) Diogen D) Aristotel
3. Qaysi Yunon faylasufi “Insonda hech qanday ehtiyojlar bo’lmasligi shart” dega fikrni o’z ta’limotiga asos qilib olgan ?
A) Geraklit B) Demokrit S) Diogen D) Aristotel
4.Gerodot “Tarix”nomli asarini qaysi davrda yozgan ?
A) mil avv V asrda B) mil avv VI asrda S) mil avv VII asrda D) mil avv VIII asrda
5.Qaysi yunon faylasufiga “Tarix otasi” degan unvon berilgan edi ?
A) Geraklitga B) Demokritga S) Diogenga D) Gerodotga
6.Qaysi yunon olimini sharqda Arastu deyishgan ?
A) Geraklitni B) Demokritni S) Diogenni D) Aristotelni
7.Quydagi yunon olimlaridan qaysi biri fizik va matematik olim bo’lgan ?
A) Geraklit B) Demokrit S) Arximed D) Aristotel
8.”Menga tayanch nuqtasini topib bersangiz,Yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman” degan jumlalar qaysi yunon olimiga tegishli ?
A) Geraklitga B) Demokritga S) Diogenga D) Arximedga
9.Sharqda qaysi Afinalik faylasufni Suqrot deb atashgan ?
A) Sokratni B) Platonni S) Arximedni D) Diogenni
10.Aleksandr kimga yordam bermoqchi bo’lgan ?
A) Diogenga B) Platonga S) Arximedga D) Sokratga
11.”O’z-o’zingni angla” jumlalari qaysi olimning sevimli jumlasi bo’lgan ?
A) Diogenga B) Platonga S) Arximedga D) Sokratga
12.Afinalik qaysi olimni sharqda Aflotun deyishgan ?
A) Sokratni B) Platonni S) Arximedni D) Diogenni
Dostları ilə paylaş: |