Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Asarning to’liq nashri asosida asarni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish,voqealar rivoji asosida asar yuzasidan qo’shimch ma’lumot va bilimlarni berish.
Farhod yigit yoshiga yetdi.Lekin tug’ma ishq ta’sirida u doim g’amgin yurar edi.Buning sababini utushuntirib berolmas edi.Otasi to’rt faslga mos to’rt qasr qurdirdi.Shu orada Boniydan me’morchilikni,Moniydan naqqoshlikni,Qorandan tosh yo’nishni o’rgandi.Lekin undagi dard ketmadi:
Biravkim zor yig’lab-yig’lab ul zor,
Topib ko’ngli el ozoridin ozor.
II.Test sinovi: 1.Farhod taqdirida bitilgan 4-taqdir
A.Hajr B.Oh C.Dard D.Rashk
2.Farhod naqqoshlikni kimdan o’rgandi?
A.Qoran B.Boniy C.Moniy D.Mulkoro
3.Farhod Suqrot bilan nechanchi manzilda uchrashadi?
A. Birinchi B.To`rtinchi C.Ikkinchi D.Uchinchi
4.Chin xoqoni kimni qasr qurilishiga ma’mur etb tayinladi?
A.Mulkoro B.Boniy C.Moniy D.Qoran
5.Farhod qaysi manzilda Ahriman devni yengadi:
A.Birinchi B.Uchinchi C.Ikkinchi D.To’rtinchi
Javoblar:1.B 2.C 3.B 4.A 5.C
Uy ishi:Doston matni ustida ishlash.
O’quvchilar bilimini baholash.
1-14 Adabiyot 9-sinf Darsning mavzusi:Alisher Navoiyning”Farhod va Shirin ”dostoni matni ustida ishlash
Darsning maqsadi: a)ta’limiy-asar haqidagi bilimlarni kengaytirish,asardan berilgan parchalarni o’qib,g’oyaviy-badiiy tahlili qilish;
b)tarbiyaviy-asarda ilgari surilgan mehr-muhabbat,ilm va hunar egallash,sof ilohiy tuyg’ularni o’quvchi ongiga singdirish;
d)rivojlantiruvchi-o’quvchilar dunyoqarashi ,fikrlash salohiyati,matn ustida ishlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning turi:noan’anaviy;
Darsning uslubi:bahs,asar tahlili,matn ustida ishlash;
Darsning jihozi:darslik.tarqatmalar,”Farhodva Shirin ”dostoni.
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;