Darsning mustahkamlash bosqichida: I.Vilyam Shekspir hayoti va ijodi haqida darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish,matn ustida ishlash; II.Savol va topshiriqlar ustida ishlash. III.Test sinovi: 1.Vilyam Shekspirning ilk chop etilgan asari
A.”Lukresiya” B.”Otello”
C.”Venera va Adonis” D.”Hamlet”
2.”Xatolar komediyasi”asari qaysi teatrda o’ynaladi?
A.”Blekfraerz” B.Qirollik teatrida C.”Greyz Inn “ D.”Globus”
3.Shekspir “Hamlet”da qaysi rolni ijro etgan?
A.Arvoh B.Hamlet C.Odam D.Teatr aktyori
4.”Qirol Lir”,”Hamlet”,”Otello”,”Romeo va Julyetta ”qanday yo’nalishda yozilgan?
A.Doston B.Drama C.Tragediya D.Komediya
5.Adib dostonlari berilgan qatorni toping.
A.”Makbet”,”Otello” B.”Venera va Adonis”,”Lukretsiya”
C.”Xatolar komediyasi”,”O’n ikkinchi kecha” D.”Otello”,”Venetsiya savdogari”
Javoblar:1.C 2.C 3.A 4.C 5.B Uyga vazifa:Shekspirning “Otello”asarini to’liq o’qish.
Ko`rildi: MO`IBDO`: Norova N
4-83 Adabiyot 9-sinf Sana:
Darsning mavzusi:Vilyam Shekspurning “Otello”tragediyasi
Darsning maqsadi:a)ta’limiy- o’quvchilarga Vilyam Sheksprning “Otello”tragediyasi,asarning jahon adabiyotida tutgan o’rni haqida bilim va ma’lumotlar berish;
b)tarbiyaviy-o’quvchilarda jahon adabiyotiga bo’lgan qiziqisni tarbiyalash,insoniy tuyg’ularni tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish,badiiy adabiyotga va kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish;
Darsning turi:noan’anaviy;
Darsning uslubi:bahs,matn ustida ishlash,asar tahlili;
Darsning jihozi:darslik,Vilyam Shekspir siymosi, asarlari;
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Vilyam Shekspir hayoti va ijodi yuzasidan olgan bilimlarni asosida savol-javob;
2.”Otello”tragediyasi haqida qanday bilim va tushunchalarga ega bo’ldingiz?
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.”Otello”tragediyasi yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Otello kim?
2.Otello va Dezdemonnaning ilk munosabatlari haqida nimalar ayta olasiz?
3.Otello Kassioni nimaga o’zidn uzoqlashtirdi?
4.Kassio bilan Dezdemona nima haqda suhbatlashishadi?
5.Otello o’z monologida o’ kechinmalarini qanday ifodalaydi?
II.”Otello”tragediyasi 1604-yil yozailgan bo’lib,bu asar inson aqli vahislarining nozik,chigal jihatlari yuksak san’atkorlik bilan tasvirlangan.Dramada insoniyat paydo bo’lgandan buyon yonma-yon kelyotgan ezgulik va yovuzlik,xiyonat va sadoqat,jinoyat va ishonch,oliyjanoblik va pastkashlik kabi sifatlar o’rtasidagi kurash tasvirlangan.O’sha davrning barcha gumanistlari kabi Shekspir ham insonni har jihatdan yetuk,kamchiliklardan xoli,odam degan mukarram nomga munosib ko’rishni istaydi.asarda ana shunga intilgan zptlar va o’tkinchi manfaat,hokimiyatga erishish yo’lida qabihlik qilgan kimsalar taqdirining o’zaro kelishgan nuqtalari tasvir etilgan.
Manfaatparastlik ,hasadgo’ylik shunday illatki,unga yo’liqqan kimsa o’ziga ham,o’zgalarga ham zug’u m qilmasligi,zarar yetkazmasligi ham mumkin emas.General Otelloning mulozimi bo’lmish munofiq va hasadgo’y Yago o’rinbosarlikka uni emas,jasur Kassio tanlangani uchun ham xo’jayinidan,ham leytenantdan o’ch olishga tutinadi.Buning uchun u eng tuban yo’ldan boradi…
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Vilyam Shekspirning “Otello ”asaridan berilgan parchani o’qib,mazmunini o’zlashtirish,matn ustida ishlash;
Sababi bor,sababi bor,sababi,jonim,
Biroq kuchli sababi bor.men qon to’kmayman.
Qordan ham oq,qabrdagi marmardan silliq
Bir badanni tirnamayman,yaralamayman.
Tirik qolsa boshqalarni yana aldaydi,
Shuning uchun u mutlaqo o’lishi kerak…
Otello ko’nglidagi shubha va gumnlar uning qalbini tirnaydi.Dezdemona tepasida aytgan bu so’zlar orqali uning iztiroblari yorqin aks ettirilgan,hislar namoyon bo’lmoqda.U bu “ayblov” orqali Dezdemonani kechirmaydi,uni qalb hukmi bilan o’limga mahkum etib,boshqalar ham bu “ayblov”qurboniga aylanishini istamaydi….
II.Savol va topshiriqlar ustida ishlash.
III.Test sinovi:
1.”Otello”asari qachon yozilgan?
A.1604-yil B.1606-yil
C.1594-yil D.1605-yil
2.Yago Otellodan nima uchun o’ch olishga intiladi ?
A.Dezdemona muhabbatini rad qilib,Otelloni tan olgani uchun
B.Otello Kassioni o’ziga leytenant qilib olgani uchun
C.Kassio bilan Dezdemona munosabatini oshkor qilish uchun
D.Xotini Emiliyani Dezdemona xo’rlagani uchun
3.Kassio Dezdemonadan nimani so’raydi?
A.Yagoning qilmishlarini fosh etishni
B.Eri bilan yarashtirib qo’yishni
C.Ro’molchaning yo’qolishida uning aybi yo’qligini
D.Emiliyaning eri haqidagi fikrlarini tinglashni
4.Dezdemona o’z gunohi deb nimani biladi?
A.Ro’molchani asray olmagani B.Otelloga bo’lgan ishqi
C.Ishonch va muhabbati D.Kassio bilan do’stlarcha suhbat qurganini
5.Emiliya Otelloni kim deb ataydi?
A.Qora shayton B.Qotil C.Mal’un D.Riyokor
Javoblar:1.A 2. B 3.B 4.B 5.A
Uyga vazifa:Shekspirning “Otello”asarini to’liq o’qish.Asar matni ustida ishlash.
Asar tahlili