Javoblar: 1. A 2. C 3.A 4. C 5.A Uyga vazifa: Darslikdan tashqari g’azal va qit’alar yod olish.
O’quvchilar bilimini baholash Sana: Sinf: 9 “A”-sinf Darsning mavzusi:4-nazorat ishi.Insho
”Boburnoma – o’zbek adabiyotining hodir durdonasi”
Darsning maqsadi: a)ta’limiy-berilgan mavzu asosifa reja tuzib,insho yozish,”Boburnom”asari asosida olgan bilimlarini sinash;
b)tarbiyaviy-asarda ilgari surilgan insoniy tuyg’ular,vatanparvarlik,buyuk ajdodlarga hurmat va tariximizga buyuk ehtirom tuyg’ulatini tarbiyalash.
d)rivojlantituvchi-o’quvchilarning yozma savodxonlini,fikrlash salohiyatini takomillashtirish.
Darsning turi:nazorat;
Darsning uslubi:bahs,reja tuzish,insho yozish;
Darsning jihozi :”Boburnoma”asari, nazorat ishi daftarlari,asar asosida ishlangan minnatyuralar.
Darsning borishi: Tashkiliy ishlar: Darsning chaqiriq bosqichida: a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)nazorat ishi daftarlarini tarqatish;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida: I.2-nazorat ishi yusazidan fikr-mulohazalar bildirish,insho mavzusining mazmun-mohiyatini izohlash.
2.Mavzu yuzasidan rejalar tuzish va o’quvchilar tuzgan rejalarni ko’rib,kerakli tushuncha va tuzatishlar berish.
Darsning mustahkamlash bosqichida: I.O’quvchilarga inshoni yozdirish:
“Boburnoma ”-o’zbek adabiyotining nodir durdonasi Reja: 1.Sharqning nodir durdonasi.
2.Bobur izidan.
3.”Boburnoma” va bugun.
Bu olam aro ajab alamlar ko’rdum,
Olam eliding turfa sitamlar ko’rdum.
Har kim bu “Vaqoye’”ni o’qib ,bilgaykim,
Ne ranju ne mehnatu ne g’amlar ko’rdum.
Zahiriddin Muhammad Bobur
“Boburnoma”-sharq adabiyotining nodir durdonasi.Nafaqat,sharq adabiyoti balki dunyo adabiyotida ham bu asarning alohida o’rni bor.Chunki bu asar XIV-XV asrlar tarixi,ma’naviyati,madaniyati,jug’rofiyasi…haqida ma’lumot beruvchi bebaho xazinadir.Unda Bobur o’z ko’zi bilan ko’rgan va bevosita o’zi ishtirok etgan voqea-hodisalar haqida yozadi.Shuning uchun ham biz bu asarni memuar asar deb ataymiz.Asarda Movarounnahr,Xuroson,Eron,Hindiston davlatlarining o’sha davrdagi tasviri har tomonlama mukammal aks ettirilgan…
“Boburnoma” nafaqat,tarix balki Bobur hayoti va ijodini o’rganosh uchun ham eng qimmatli manba hisoblanadi.Unda shoir hayoti bilan birga ijodi borasida ham aniq va batafsil ma’lumotlar,she’riy parchalar(fors va turkiy tilda),ularning yaratilish tarixi…haqidagi muhim ma’lumotlar ham bor.
Shuning uchun ham bu asar har davrda qimmatli va qadrlidir.
Nazorat ishi daftarlarini terib olish.