1-9 Adabiyot 9-sinf



Yüklə 249,9 Kb.
səhifə42/137
tarix14.05.2023
ölçüsü249,9 Kb.
#113414
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   137
9 sinf adabiyot fanidan konspekt-1

b)tarbiyaviy-g’azallarda ilgari surilgan ezgu insoniy tuyg’ularni o’quvchi ongiga singdirish;
d)rivojlantiruvchi-o’quvcihilarning dunyoqarashi va fikrlash salohiyatini oshirish.
Darsning turi:mustahkamlash;
Darsning uslubi:bahs,ifodali o’qish,tahlil ,matn ustida ishlash;
Darsning jihozi:darslik,Muhammad Rizo Ogahiy siymosi,,tarqatmalar,Ogahiy g’azallaridan namunalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy ishlar:
Darsning chaqiriq bosqichida:
a)salomlashish,navbatchi axboroti;
b)kitob-daftarlar nazorati;
d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish;
O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:
1.Tarqatmalar asosida Muhammad Rizo Ogahiy hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;
2.Ogahiy lirikasidan yod aytish va g’azallar tahlili.
Darsning mohiyatini anglash bosqichida:
I.”Aylansun”radifli g’azalini ifodali o’qish va g’azalni g’oyaviy-badiiy tahlil qilish:
Yuzing ochkim,quyosh sadqang bo’lub,boshingdin aylansun,
Yangi oy yuz tavozu ko’rguzub ,qoshingdin aylansun…
Shoirning bu g’azalida ham boshqa g’azallari kabi yorning chiroyli ta’rif-u tavsif berilgan bo’lb,yor tasviri chiroyli narsalarga qiyos etilgan…
II.Tarji’band
Dahr uyi bunyodkim,su uzradir ,mahkam emas,
Onga kirgan el xavotirdin amon bir dam emas.
Doimo vayronlig’ osori oning arkonidin,
Borcha olam ahlig’a ma’lum erur,mubham emas…
Shoir dunyoni suv ustida qurilgan omonat dunyoga o’xshatadi.Unda yolg’onchi va riyokorlar ko’plig uchun ham uni omonat deb ataydi.Bu dunyoga kelgan har bir inson uning sinovlaridan o’tishi shubhasiz..
Dunyo ayollar kabi g’ozal,lekin bir tomonan ayollar kabi makkora,mehr-u vafosiz kabi o’xshatilishida ham alohida ma’no va mazmun bor..
Darsning mustahkamlash bosqichida:
I.Shoir tuyqlarini ifodali o’qish vag’oyaviy-badiiy tahlil qilish
G’am yuki to qomatim yo qilmadi,
Oshim o’tig’a falak yoqilmadi.
Qilmadi rahmi mango,xud o’zgaga,
Bilmadimkim,qildimi,yo qilmadi.
Tuyuq,bizga ma’lumki,tajnis san’ati asosida yaratiladi.Bu tuyuqda shoir o’sha davrdagi ijtimoi-siyosiy hayot,bu hayotning unga rahm qilmaganligi va jamiyat qiyinchiliklarini qalamga oladi.Bunda shakldosh so’zlar ma’nosi quyidagicha izohlanadi:
Yo qilmadi-bukmadi(yo arab alifbosi shakliga ishora)-1-misra;
Yoqilmadi-yonmadi-2-misra;
Yo qilmadi-yoki qilmadi-4-misra;
II.Savol-topshiriqlar ustida ishlash.
III.Test sinovi
1.Boqib ko’z uchidin pinhon fosh etding tag’ofillar,
Yog’-u borim hamul pinhon ila foshingdin aylansun
Baytda qanday san’at qo’llanilgan?
A.Talmeh B.Tashbih
C.Tazod D.Irsoli masal
2.Shoir tarji’bandining g’oyasi
A.Dunyo xavotirlardan,mashaqqatlardan xoli emas
B.Vaqtni qadrlash,hayotda yaxshi nom qoldirish
C.Bu dunyo o’tkinchi dunyo
D.Osha zamonaga xos illatlar fosh etilgan
3.Tarji’bandda shoir qanday kishi” g’am bandasidan ozod bo’lur”deb yozadi?
A.Mahshaqqatlarga bardosh etgan va uni yenggan
B.Mehr,vafoli kishi
C.Maqsadi tomon doim olg’a intilgan
D.Xarobani obod aylab,undan omon chiqqan kishi
4.Tuyuq qaysi san’at asosida yaratiladi?
A.Tajnis B.Talmeh C.Tashxis D.Irsoli masal
5.Ogahiyning “Qasidai nasihat”she’ri anday yo’nalishda yozilgan?
A.Siyosiy-didaktik lirika B.Ijtimoiy-falsafiy lirika
C.Ishqiy D.Falsafiy-didaktik lirika

Yüklə 249,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin