22
qurilgan, lekin bugungi kunda ushbu yo‘llarda harakat jadalligining o‘sishi bilan
oqim tarkibida «A» hisobiy guruh (o‘qqa tushadigan yuk 100-110 kN)
avtomobillarining harakati kuzatilishi, yo‘l tuzilmasi ko‘taruvchanligi pastligidan
ko‘plab buzilishlar sodir bo‘lishiga olib kelmoqda.
Natijada mukammal ta’mirlashga bo‘lgan talab muddatidan [5]
oldinroq
yuzaga kelmoqda. Bugungi kunda respublikada ta’mirlash ishlarining o‘z
muddatida bajarilmasligi, qurilish materiallarining talabga javob bermasligi,
zamonaviy texnologiyalarning
etishmasligi, sohada malakali mutaxassislarga
bo‘lgan talabning yuqoriligi va yo‘llarni saqlash ishlarining sifatsizligi kabi
sabablar tufayli, “ta’mirlanmay qolgan yo‘llar” ko‘payib
bormoqda va bu
ko‘rsatkich umumiy foydalanishdagi yo‘l tarmog’ining 59 % ni tashkil qiladi [3].
Hozirgi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini moliyalashtirish
tizimi ushbu muammoni bartaraf qilishda talabga javob bermaydi. Chunki
ajratilgan mablag’lar haqiqiy sarf-xarajatlarga muvofiq kelmaydi.
Avtomobil
yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarini moliyalashtirish amaliy ko‘rsatkichini
1991 yilgiga nisbatan solishtirganda 29,7 % ga kamayganligini ko‘rish mumkin
(1.5-rasm) [3]:
1.5-rasm. Respublika bo‘yicha ta’mirlanmay qolgan yo‘llar holati
23
Mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari butun uzunligi bo‘yicha 15-40 %
gacha, aholi zich bo‘lgan hududlarda 65-100 % gacha [6, 7] aholi yashash
joylaridan o‘tadi. Yo‘llarning aholi yashash joylaridan o‘tgan bo‘lagida
harakat
sharoitining qulayligi yo‘lning boshqa bo‘laklariga nisbatan past, halokatlilik
ko‘rsatkichi 8-10 marotaba yuqori [8, 9], halokatning og’irlik darajasi 1,6 marotaba
katta bo‘ladi [9, 10]. Aholi yashash joylarida yo‘lning geometrik o‘lchamlarida
me’yoriy talablarga mos kelmaslik holatlari ko‘p kuzatiladi.
Bugungi kunda
respublikada avtomobil yo‘llari tarmog’ining 51,7 % ini mahalliy ahamiyatdagi
yo‘llar tashkil qilishi, yo‘l tarmog’ini takomillashtirish
dolzarb masalalardan
ekanligini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: