Avtomobil yollarini tamirlash va saqlash texnologiyalari darslik
3.3. Yo‘l xizmati bino va inshootlarini, yo‘l jihozlarini saqlash texnologiyalari Yo‘l to‘siqlarini saqlash ishlari tarkibiga to‘siqlar va ogohlantiruvchi
ustunchalarni davriy ko‘rikdan o‘tkazish, buzilgan qismlarni almashtirish va kichik
ta’mirlash, mahkamlangan qismlarni tekshirish, chang va loydan tozalash, yuvish
va zarur hollarda bo‘yash ishlari kiradi. Yo‘l belgilarini saqlash ishlari, belgilar va
ustunlarni tizimli ravishda chang va loydan tozalash, belgilarning orqa tomoni va
ustunlar yuzasini bo‘yash, ularni to‘girlash, almashtirish, boltlarni qotirish,
belgilarni yoritib turadiga yorug’lik manbalarini almshtirish kabi ishlardan tashkil
topadi. Avtopavilionlar toza saqlanishi, yuvilishi, bo‘yoqlari yangilanishi, mayda
buzilishlar ta’mirlanishi va yaroqsiz detallar almashtirilishi zarur. Yo‘l binolari va
yordamchi inshootlar ularning holatini baholash va kamchiliklarni bartaraf etish
chora tadbirlar belgilash maqsadida muntazam ravishda (yilda ikki marta bahor va
kuzda ko‘rikdan o‘tkazilishi maqsadga muvofiq) ko‘rikdan o‘tkazilishi zarur.
Yo‘lga tegishli bino va inshootlarni saqlash ishlariga quyidagilar kiradi: tomdagi
kata bo‘lmaga nuqsonlarni ta’mirlash, zinalar va ularning panjaralarini
mustahkamlash, eshik va derazalarni sovuq o‘tkazmaydigan qilish, markaziy isitish
tizimi, ichimlik suvi tarmog’i va kanalizastiyadagi kichik nuqsonlarni ta’mirlash,
gaz sizib chiqishini oldini olish, gaz plitalari kranlari va yoqib-ochirgichlarini
almashtirish, o‘tkazgich quvurlarni bo‘yash, elektr o‘tkazgichlaridagi nuqsonlarni
tuzatish, axlat quvurlarini tozalash axlatni yig’uvchi konteynerlar berkitiladigan
joylarini ta’mirlash, hovlidagi quduq va o‘ralarni tozalash, bog’ atrofidagi
64
hududlarni, aosiy yo‘ldan binolarga olib boradiga yo‘laklarni, piyodalar
yo‘laklarini muntazam ravishda tozalash. Binolar, yordamchi inshootlar va
devorlarni davriy ravishda oqlab va bo‘yab turiladi.