196
5.5. Avtomobil yo‘llarini me’moriy-landshaft bezash va manzarali
ko‘kalamzorlashtirish
Yo‘l me’morchiligi (arxitekturasi). Yo‘l insonni albatta qandaydir maqsadga
«olib boradi», shuning uchun makondagi yo‘l inshootlarining dinamik ko‘rinishi
yo‘ldagilar uchun tushunarli, shakllardagi marom dinamikasi esa yo‘lning asosiy
nuqtalariga yo‘nalgan bo‘lishi kerak.
Odatda harakatda yo‘nalgan maqsad shaharlar, katta ko‘priklar bo‘ladi va
yo‘ldagi insonlar ularga yaqinlashib qolishganini uzoqdan his qilishlari kerak.
Bunga erishish uchun yo‘lda ko‘rinadigan shakllarning maromi aniq bo‘lishi,
shahar oldidagi ikki-uch me’moriy havzalar dinamikasida bog’liqlik bo‘lishi, har
bittasining ichida, ayniqsa, shahar oldidagi oxirgi havzada dinamika bo‘lishi kerak.
Shunga o‘xshab, katta ko‘priklar, tog’ dovonlari, tabiiy to‘siqlar tomonga
yo‘nalgan dinamika ham aniq bo‘lishi lozim. Avtomobil yo‘llari yoqasidagi
me’moriy ko‘rinishlar «aniqligi» qanday oshib borishini chizma bilan ko‘rsatsa
bo‘ladi. Kompozistion markazlar yaqinlashgani sari ishoralarning «aniqligi» oshib
boradi, buni xususan shartli ustunlar – dominantlarning balandligi oshishi bilan
ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga har bitta dominantning o‘zi kompozistion o‘q
yoki havza chetida bo‘lsa ham o‘z me’moriy havzasining markazi bo‘ladi, ularni
bir-biridan ajratib turish lozim. Yo‘l me’morchiligida asosan yo‘l kesib yoki
aylanib o‘tadigan yirik aholi punktlari, katta ko‘priklar, dovonlar, yo‘l tutash
joylariga e’tibor beriladi. Yo‘l bo‘yidagi manzaraning uzunligi va ta’sirchanligiga
qarab ular alohida me’moriy havza, dominant yoki kompozistion havza markazi
bo‘lishi mumkin.
Havzaning ko‘p qismi ko‘tarma chetidan ko‘rinishi uchun me’moriy havza
chegarasi uzun kesimi yuqoriga chiqqan joydan o‘tishi kerak. Tik ko‘tarilgan
joylardan tashqari aholi punktlari, manzara chegarasi, ko‘zga tashlanadigan alomat
(akstent) bilan birlashgan burilish joylari ham me’moriy havza chegarasi bo‘lishi
mumkin. Bitta havzadagi manzara ichida bir xil fon bilan shu fonda ajralib
ko‘rinadigan, diqqatni tortadigan akstent ajratiladi. Manzaradagi bitta elementning
o‘zi fon yoki akstent qilib olinishi elementning tez-tez ko‘rinishiga, uning yonidagi
197
elementlardan keskin farq qilishiga bog’liq bo‘ladi. Faqat ko‘rinishi, rangi yoki
o‘lchami boshqacha bo‘lishining o‘zi elementga diqqatni tortmaydi, u e’tiborga
tushadigan bo‘lishi, boshqa elementlardan ajratib ko‘rsatilishi (akstentlanishi)
kerak.
Yo‘ldagi akstentlar ikki xil bo‘lishi mumkin. Birinchi xilida ular havzaning
chetida turib me’moriy havzalarni bir-biridan ajratadi, boshqa xilida esa dominant
bo‘lib havza ichidagi umumiy bir ko‘rinishdagi fonda keskin ajralib turadi
(dominant bo‘ladi). Uzoqdan ko‘rinadigan (optimal ko‘rinadigan masofadagi),
havzadagi me’moriy kompozistiyaning asosiy o‘qi yoki markazi bo‘ladigan yo‘l
manzarasidagi elementgina dominant bo‘lishi mumkin. Yo‘ldagi vositalar, yo‘l
ko‘rsatgichlaridan boshlab harakat xizmati majmualarigacha akstent vazifasini
bajarishi mumkin. Dominantga misol qilib shaharga kirish yo‘lining bezatilishi,
yo‘nalish chizmasi, yodgorlik, ajratib bo‘yalgan pavilon, yo‘l ustidagi yo‘l
o‘tkazgichlar va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Me’moriy havzalar ko‘pincha yuqoriga tik ko‘tarilgan joylarda qabariq
egrilik, yo‘l va manzaradagi boshqa elementlar bilan qo‘shib ajratiladi. Cho‘l
manzarasidagi havzalarni asosan oldindagi tik ko‘tarilgan qabariq egrilar ajratadi.
Quyidagi ajratish usullari ham ko‘p ishlatiladi:
o‘rmon joyda – manzaradagi boshqa elementlar bilan uyg’unlashgan bino va
aholi punktlari yoki daraxtlar to‘p o‘sgan alohida joylar, o‘rmonlar, yo‘l kesishgan
joylar, yo‘l o‘tkazgichlar, yo‘l tutashgan joylar;
dasht joylarda – alohida o‘rmonlar, daraxtlar to‘p o‘sgan joylar, yo‘lni kesib
o‘tadigan dalani himoya qiladigan tasmalar, dasht fonida keskin ajralib turadigan
boshqa elementlar.
Umumiy ansamblning bir qismi bo‘ladigan har bitta me’moriy manzara
boshqasidan farq qilsa, haydovchi yoki yo‘lovchi bu farqqa e’tibor qilsa, tushunsa
va me’moriy bezatish uzoq davom etgani uchun charchatmasa esda qoladi.
Me’moriy havzalarning optimal uzunligi quyidagicha bo‘lishi tavsiya qilinadi:
Yo‘l toifasi
I
II va III
IV va V
Me’moriy havzanning uzunligi, km
10 – 16
8 – 10
6 – 8
198
Avtomobil yo‘llarining me’moriy kompozistiyasini loyihalash. Yo‘l
poyidan
tashqaridagi
hududning
atrofidagi
manzara
-
yo‘l
belgilari,
ko‘kalamzorlashgan tasma avtomobil yo‘li ko‘rinishining me’moriy qismlarini
tashkil etadi. Haydovchilarning ruhiy va jismoniy xususiyatlariga qarab har bitta
element ma’lum bir vazifani bajaradi. Harakatga xizmat qiladigan, va harakat bilan
bog’liq har bitta inshoot esa mo‘ljallangan maqsadidagi vazifadan tashqari yo‘ldagi
umumiy me’moriy ansambldagi
akstent
vazifasini bajarishi kerak.
Haydovchi nazariga ko‘proq tushadigan yo‘l bilan manzaradagi hamma
asosiy elementlarni aniq tasavvur qilish uchun loyihasi tuzilayotgan yoki qayta
qurilayotgan yo‘lning chiziqli me’moriy chizmasi tuziladi.
Uning ko‘rinishi har xil bo‘lishi mumkin. Ahamiyatli tomoni, yo‘l bilan
manzaradagi asosiy elementlarni ko‘rsatish, hamda ahamiyatsiz tafsilotlarni
tushirib qoldirish uchun chizmaning miqyosi kichik bo‘lishi kerak. Miqyos
(masshtab) 1:100000 nisbatda olinsa qulayroq bo‘ladi, murakkabroq holatlarda,
tog’li joylarda 1:50000 miqyosni ishlatish mumkin
Avtomobil
yo‘llarini
manzarali
ko‘kalamzorlashtirish
arxitekturaviy
nisbatlar asosida asoslanadi va trassa elementiga bog’lanadi. Manzarali
ko‘kalamzorlashtirishni ko‘p almashtirish ham mumkin emas, bu yo‘lni bezatishda
xilma-xillikni yuzaga keltiradi va avtomobillarni tez harakatlanishida kerakli
qoniqish bermaydi. Ko‘kalamzorlashtirish xarakteri 2 -3 km dan kam bo‘lmagan
va 10 km dan ko‘p bo‘lmagan oraliqda tez o‘zgarmasligi shart. Manzara beruvchi
yoki ajralib turuvchi ekinlar maqsadi haydovchini yo‘lning muhim joylarida va
potenstial xavfli uchastkalarda e’tiborini tortmasligi yoki aksincha haydovchini
e’tiborini tortishi, muhim yoki harakat xavfsizligi uchun yoki yo‘llarni me’moriy
tashkil etishda (misol uchun havzalarni chegarasini belgilashda) e’tiborni tortishi
kerak. Akstentlovchi ekinlar bo‘ylama kesimni bo‘rtiq joylarida «eshik»ni tashkil
qiladi (5.25, 5.26 – rasmlar).
199
5.25 – rasm. Yo‘llarni kesishish joylarida to‘siqli ekinlarga misol:
a – chiqishga qarshi tomonda; b – o‘tish – tezlanish tasmasi oxirida; v – bo‘rtiq tik egrida.
Yo‘llarni monumental bezatish imkoniyatdan kelib chiqqan xolda tekislikda
bo‘lishi lozim. Uning axborot tarkibi shunday bo‘lishi kerakki, haydovchi uzoqdan
ko‘rganda yoki yonidan o‘tganda qayta ko‘rish ishtiyoqi tug’ilmasligi lozim.
Monumental bezatish kabi belgilarni ham bo‘ylama kesimni bo‘rtiq joylarida yoki
rejadagi egrining ichki tomonida joylashtirish kerak. Bunda monument yoki
ko‘rsatgichni asosiy mohiyati ko‘rinish – yo‘naltirish elementida asosiy vazifani
bajaradi. Agar uning o‘lchamlari etarli darajada katta bo‘lsa, u holda tavsiya
etilgan landshaftda ajralib ham turadi.
Avtomobil yo‘llarini landshaftli bezash va ko‘kalamzorlashtirish bir-biriga
bog’liq bo‘lgan bir qator vazifalarni o‘z ichiga oladi:
- yuqori tezlikda avtomobillar harakat xavfsizligini va yuqori qulaylik
darajasini ta’minlash maqsadida trassa elementlarining o‘zaro bir tekis
bog’liqligiga qo‘yilgan talablarga amal qilish; haydovchining “vizual yo‘nalishini”
ta’minlash – haydovchi harakat vaqtida harakat rejimini to‘satdan o‘zgartirishni
talab qiladigan, o‘zi uchun tasodifiy bo‘lgan yo‘l sharoitini o‘zgarishiga duch
kelmasligi uchun etarlicha katta masofada va hattoki haqiqiy ko‘rinish
chegarasidan tashqarida yo‘l yo‘nalishini ravshanligi. Yo‘lning ko‘rinadigan
bo‘laklari va yo‘l bo‘yi mintaqasi haqiqiy ko‘rinish chegarasidan tashqarida
harakat yo‘nalishini o‘zgarishini haydovchiga oldindandan ko‘rsatib to‘rishi kerak;
yo‘l trassasi elementlarini shunday belgilash kerakki, kelajakda ba’zi-bir yo‘l
bo‘laklari ko‘rinishining vizualligi buzilishiga olib kelmasin va haydovchida
yo‘lning keyingi bo‘laklarida asossiz ravishda yo‘llarni keskin buzilishi borligiga
200
tassurot yuzaga keltirmasin; harakat qulayligini oshirish, harakat ishtirokchilariga
tabiatning go‘zalligini yanada yaxshiroq ko‘rsatish, yo‘l qurilishida mavjud yo‘l
bo‘yidagi landshaft qonuniyatlarini buzilishini oldini olish, atrof muhit muhofazasi
talablariga amal qilish uchun joyning landshaftiga yo‘lni bir tekis qo‘shilishini
ta’minlash; tarixiy va madaniy yodgorliklar, qimmatbaho qishloq xo‘jaligi erlarini
saqlab qolish, yo‘lning atrof muhitga zararli ta’sirini kamaytirish; daraxtlar va
butalarni ekish, rejalashtirish va quritish ishlarini olib borish, suv havfzalarini
yaratish, yo‘lning ba’zi bir bo‘laklari landshaftini ko‘rinishini ochib berish yoki
yashirish bilan yo‘l bo‘yi mintaqasida tabiiy landshaftni yaxshilash va to‘ldirish.
Shu maqsada yuqori toifali yo‘llarda qoidaga ko‘ra, engil avtomobillarning ulushi
katta bo‘lganda, chiroyli ko‘rinishni yashiradigan o‘rmonni siyraklashtirish yoki
o‘ymalar yon bag’rini qirqish (22.1-rasm), shuningdek, yo‘l yon bag’rlari katta
yalang’och qismini yoki qazib ishlov berilgan joylarning chiroyli bo‘lmagan
qismini o‘simlik qatlami bilan yashirish amalga oshiriladi (22.2 va 22.3-rasm).
5.26-rasm. Arxitektura yodgorligi ko‘rinishini ochish uchun o‘rmonni tozalash
5.27-rasm. Daraxtlar ekish bilan grunt karerini yashirish: a – yo‘l qurilgandan
keyingi yo‘l bo‘yi mintaqasi; b – manzarali daraxtlar ekilgandan keyin.
201
5.28-rasm. Baland ko‘tarma va o‘ymalarning yalang’och yon bag’rini o‘simliklar
ekish bilan yashirish usullari: a – o‘ymalarning ko‘rksiz yalang’och yon bag’ri; b –
yon bag’rda daraxt va bo‘talarni ekish; v – yo‘l bo‘yida baland daraxtlarni ekish; g
– supacha qurish va yon bag’rning supadan baland joylashgan qismida daraxtlar va
bo‘talarni ekish bilan yon bag’rning ko‘rinish balandligini qisqartirish.
Yo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishning ko‘p sonli vazifalari tarkibiga yo‘lni
landshaft bilan muvofiqlashtirish vositasi sifatida daraxt va bo‘ta ekinlaridan
foydalanish, uni bezash va qo‘shimchalar kiritish kiradi.
Ko‘kalamzorlashtiruvchi-mutaxassis bilan hamkorlikda puxtalik bilan
saralangan daraxt-bo‘ta ekinlari quyidagilarga imkon beradi:
- yo‘l bo‘yi landshafti yoki yo‘lning inshootlarini muvoffaqiyatsiz yoki
ko‘rimsiz joylarini ko‘rinishini yopish: yo‘l chetidagi ishlov berilgan karerlar,
o‘simliklar bilan qoplangan o‘ymaning yalang’och yon bag’ri, yo‘llarni kesib
o‘tuvchi yo‘l o‘tkazgichlarga tutashuv ko‘tarmasi, yo‘l uchun ajratilgan mintaqa
chegarasi yaqinida omborlar hududi va b.;
- yo‘l bo‘yi mintaqasidagi bir xil cho‘l joylarda haydovchilarni diqqatini
faollashtiradigan va jalb qiladigan alohida manzarali guruhlarni yaratish;
- shaharlar va kurort joylariga kirish yo‘llarida sayohat maqsadiga
yaqinlashishni ta’kidlash, ayrim holatlarda tantanavor kayfiyatni yaratish
202
maqsadida avtomobil yo‘lining to‘g’ri bo‘laklarida baland daraxtlardan xiyobon
ekish;
- trassa yo‘nalishini va burilishning keskinligini kelgusida o‘zgarishini
haydovchilarga haqiqiy ko‘rinish chegarasida ko‘rsatadigan “to‘siq” ko‘rinishidagi
ekinlardan vizual yo‘nalishni tashkil etish, cho‘l tumanlarda ikkinchi darajali
yo‘lni bir satxda kesishishi va tutashishini ko‘rsatadigan “ishora beradigan”
ekinlarni barpo qilish.
Joylarda tabiiy holatda yo‘naltirgichlar mavjud bo‘lmaganda ularni yo‘l
bo‘yi mintaqasida manzarali daraxtlar guruhlari ko‘rinishida (22.4-rasm) yoki
yodgorliklar ko‘rinishida, diqqatga sazavor joylarni yo‘l chetidan joylashishini
ko‘rsatadigan sun’iy yo‘naltirgichlar tashkil etiladi.
5.29-rasm. Yo‘l chetidagi manzarali ekinlar guruhi namunalari:
a – ikkita daraxt va baland bo‘tadan; b - ikkita daraxt va past bo‘tadan; v – bitta
daraxtdan; g – bo‘talarsiz daraxtlardan.
Ko‘kalamzorlashtirish yo‘l harakati xavfsizligi, yo‘llarni ekspluatastiya
qilish talablari bajarilishini ta’minlashga oldindan mo‘ljallangan muhandislik
echimlari asosida amalga oshirilishi lozim. Bu yo‘l loyihasining ajralmas qismi
bo‘lib, yo‘llar chorrahasi, avtobus bekatlari, ko‘prikli o‘tish va yo‘l o‘tkazgichlar
atrofini ko‘kalamzorlashtirish loyihasi bo‘lishi kerak. Ko‘kalamzorlashtirish
loyihasida tabiiy resurslardan maksimal foydalanish imkoniyatlarini hisobga olish
kerak.
Yo‘l loyihasida ko‘kalamzorlashtirish ehtiyoji hisobga olinishi kerak.
Zahiralar va grunt olingan joylarning joylashishi ko‘kalamzorlashtirish ishlari
203
davomida
qo‘shimcha
ishlar
bajarilishiga
olib
kelmasligi
kerak.
Ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ishlar qurilish vaqtida amalga oshirilishi va
ob’ektni tayyorlash ushbu ishlarni o‘z ichiga olishi kerak. Yo‘llarni me’moriy va
landshaft loyihasi me’morlar va yo‘lchilardan iborat kompleks qidirish partiyalari
tomonidan bajarilishi kerak va fotogrammetrik ishlar amalga oshirilishi lozim.
Bundan tashqari, madaniy, tarixiy va arxitektura yodgorliklari bilan aholi punktlari
ajratilishi, hamda atrof-muhitda dominant sifatida aniqlanishi mumkin bo‘lgan
ob’ektlar belgilanishi kerak, ya’ni:
- aerosuratlar, har qanday hajmdagi topografiya rejalari, materiallar, loyiha
oldi ishlanmalari (ishlab chiqarish sxemasi va h.k.); me’moriy havzalarning
taxminiy chegaralari va mazmuni; me’moriy havzalar chegarasi sifatida xizmat
qiladigan bo‘ylama kesimning eng sezilarli qabariqlarining joylashishi.
Ko‘kalamzorlashtirishning miqdorini aniqlash uchun 1:500 masshtabdagi
yo‘l xaritasida yo‘l bo‘yidagi o‘simlik ekiladigan maydonlar ko‘zdan kechiriladi.
Qayta tiklashga yaroqsiz bo‘lgan landshaft guruhlari konturi belgilanadi,
rekonstrukstiya qilinadiganlarni balandligi, diametri, turi (shox shabba shakli,
tanasi) aniqlanadi. Dendrologik eskizlarda landshaftlar guruhlari, rekonstrukstiya
qilinadigan joylarni ajratish yo‘li bilan chizmalar tayyorlanadi.
Dam olish maydonlari, murakkab yo‘l kesishmalari, yo‘l bo‘yidagi buzilgan
releflar hududida, topografik yoki fototopografik rasmga olishlar 1:500-1:1000
masshtabda amalga oshiriladi. Yo‘lda me’moriy va tarixiy yodgorliklar mavjud
bo‘lganda umumiy o‘lchovlar amalga oshiriladi, buning asosida ushbu ob’ektlarni
rekonstrukstiya qilish va tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilishi mumkin.
Aholi yashash joylari orqali o‘tadigan yo‘llarning uchastkalarida yo‘l harakati
xavfsizligi sharoitlarini o‘rganish bilan bir qatorda, me’mor binolarni razvyortka
(yoyib tekshirish) ishlarini amalga oshiradi va binolarni bezash va obodonlashtirish
bo‘yicha qaror qabul qiladi. Yo‘llarni qurish va rekonstrukstiya qilish, yo‘l
uchastkalarini kapital ta’mirlash bo‘yicha ishchi loyihalarni amalga oshirishda
loyihalar va ishchi loyihalarda arxitektura va landshaft dizayni talablarini inobatga
204
olgan holda, yo‘llarni rejalashtirish, yo‘llarni rekonstrukstiya qilish va kapital
ta’mirlashni nazarda tutish kerak.
Ko‘kalamzorlashtirish loyihasida mavjud axborotlarni yig’ish va tahlil qilish
ishlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
- me’yoriy – texnik hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarni yig’ish va o‘rganish;
qidirilayotgan ob’ektning kartografik (rejalashtirish) materiallarini to‘plash;
buyurtmachidan ko‘kalamzorlashtirishning holatini va mos turini hisobga olish,
tashkil etish texnologiyasi, ishchi sxemalarni mavjudligi to‘g’risida ma’lumot
olish; o‘rmon o‘stirish, hududni tuproq - gidrologik va topografik sharoitlari
to‘g’risida ma’lumotlar yig’ish; yo‘l uchun ajratilgan mintaqa va yon bag’irlarni
(nurashga qarshi ko‘kalamzorlashtirishni loyihalashda) nurash jarayoni tavsifi; qor
bosish hajmi (qordan ximoyalovchi ko‘kalamzorlashtirishni loyihalashda);
qumlarni
mavjudligi
va
ko‘chish
tavsifi
(qumdan
himoyalovchi
ko‘kalamzorlashtirishni loyihalashda); transportdan ifloslanish tavsifi (shovqin-
gaz-changdan himoyalovchi ko‘kalamzorlashtirishni loyihalashda); yo‘lning
arxitektura-tasviriy bezatilganlik darajasi (manzarali ko‘kalamzorlashtirishni
loyihalashda) va boshqalar; havo va tuproq harorati, havoni nisbiy namligi,
yog’ingarchiliklar, qor qalinligi, vegitastiya davri va boshqalarning ko‘p yillik
o‘rtacha ko‘rsatgichlari (jumladan iqlim ma’lumtnomalari va meteostanstiya
ma’lumotlaridan) to‘g’risida ma’lumot yig’ish.
Yo‘lning vizual ravonligini va ravshanligini ta’minlash qoidalari.
Vizual yo‘nalish beruvchi vositalarga: yo‘l jihozlari yo‘l bo‘yi o‘simliklari,
ayniqsa, baland bo‘yli daraxtlar kiradi. Daraxtlarning baland cho‘qqilari uzoqdan
aniq ko‘rinadi va haydovchilarning e’tiborini tortib, yo‘lning keyingi yo‘nalishini
ko‘rsatadi (23-rasm);
205
5.30-Rasm. Yo‘lning yo‘nalishlarini daraxt cho‘qqilari bilan belgilash:
a - daraxt
shox-shabbalari burilishni yo‘l o‘qining sindirilganidan so‘ng aniq ko‘rsatadi; b -
bir guruh daraxtlar tomonidan ko‘rsatilgan T shaklida kesishish; v - oralig’
masofada joylashgan daraxt guruhlari tomonidan belgilangan uzun yo‘lning bir
qismi; g - bir guruh daraxtlar tomonidan ko‘rsatilgan kichik radiusning egri
chizig’i, bu yo‘lni alohida yuqori jismlarga yo‘naltiradi, bu esa haydovchilarning
e’tiborini oshiradi.
Zamonaviy avtomobil yo‘llarini atrofdagi manzara bilan uyg’unlashtirish va
mavjud landshaftni saqlab qolish, hamda uni yangi elementlar bilan boyitish
yo‘llarni qurish va foydalanishda tabiatga etkazilgan zararni qoplash imkonini
beruvchi manzarali va himoya ko‘kalamzorlashtirishning asosiy tamoyillari
hisoblanadi. Yo‘l atrofining landshaftini haydovchilar va yo‘lovchilar ma’lum bir
tezlikda yurganda anglaydilar. Shunday qilib, diqqat faqat alohida landshaft
joylarga qaratiladi. Shuning uchun, har bir peyzaj shaklini yoki landshaftni
dominant ob’ektini tanlash uchun: ko‘l, tepalik, toshlar, bog’, bino, inshootlar,
binolar va boshqalarni tanlash kerak. Bu landshaftni xilma-xilligini ta’minlaydi va
monotonlikka yo‘l qo‘ymaydi.
Yashil ekinlarni yaratish orqali yo‘l atrofini tartibga solish uchun
qo‘shimcha chora-tadbirlar qo‘llanishi mumkin. Zich ekilgan daraxtlar va butalar
guruhlari, ba’zi sabablarga ko‘ra, yo‘ldan ma’lum bir ko‘rinishni yopish kerak
bo‘lsa, «to‘siq» yoki «parda» yaratishlari mumkin. Bunday to‘siqlar zichlik va
balandlikda o‘zgarib turadigan bir necha qatorlarda joylashtirilishi mumkin.
Bunday guruhlar qat’iy tartibda bo‘lishi shart emas.
206
Avtobuslarni to‘xtatish joylari yo‘l muhitida aniqlanishi uchun ularni
obodonlashtirishda “fon” va “yo‘naltiruvchi” daraxtlar qo‘llaniladi. Ulardan farqli
o‘laroq, dam olish maskanlari tabiiy muhit bilan iloji boricha ko‘proq
birlashtiriladi. Agar relefda o‘zgarish sodir etish va o‘simlik qoplamini ko‘rinishini
o‘zgartirish va o‘simliklar bilan o‘ymalar, ko‘tarmalarni niqoblash zarur bo‘lsa, u
holda quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
- nishabda - qiyalikni mustahkamlaydigan daraxtlar va butalar guruhlarini;
yo‘l bo‘ylab baland daraxtlarni; ko‘rinish balandligini kamaytirish uchun daraxtlar
va butalar guruhini; baland qiyaliklardagi bir nechta tokchalar ustida - kichik
daraxtlar va butalar guruhlarini tashkil etish.
Avtomobil yo‘llarining estetik jihatini ifodalovchi muhitni yaratish uchun
landshaft bilan o‘zaro bog’langan o‘simliklarni erkin tarzda tiklash tavsiya etiladi.
O‘simliklarni loyihalashda jihozlash elementlarini, kichik me’moriy shakllar,
manzaraviy haykallar, vizual axborot bilan birlashtirilishi kerak. Qator daraxtlar
haydovchini uzoqdan burilish yo‘nalishiga yo‘naltiradi. Daraxt tanasi qalinligi 15
smdan ko‘p bo‘lganda daraxtlarni yo‘l chekkasida joylashtirish masofasi quyidagi
ifoda orqali aniqlanadi:
b
1
= 0,07ν,
bu erda b
1
– yo‘l chetidan minimal masofa, m; v – avtomobil hisobiy harakat
tezligi, km/soat.
Dostları ilə paylaş: |