1. Аbdullа Аvloniy qalamiga mansub quydagi aforizmni davom ettiring? «Tаrbiyа biz uchun yo hаyot yo mаmot, yo nаjot …………………….»?
Javob. “Tаrbiyа biz uchun yo hаyot yo mаmot, yo nаjot yo hаlokаt, yo sаodаt yo fаlokаt mаsаlаsidir”
Manba. O‘.J. Yo‘ldoshev tаhriri ostidа. Umumiy pedаgogikа. –T.:
«Fаn vа texnologiyа», 2017, 196 bet.
2. Xalq pedagogikasida qanday didaktik gʻoyalar ifodalanadi?
Javob. Xalq pedagogikasida eng yirik didaktik g‘oyalar xalq nasihatlaridan boshlanadi. Ular - halol qo‘llar, pokiza quloqlar, ravshan ko‘zlar, toza og‘iz, pokiza tana va kiyim, ezgu fikrlar, ko‘ngil va qalb sofligi.
Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 10 b.
3. Al-Xorazmiyning didaktik qarashlarini bayon eting?
Javob. Muhammad ibn Muso Xorazmiy mashhur matematik, astronom, geograf, tarixchi edi. Vatandoshimiz algebra faniga asos soldi. Uning «Aljabr», «Zij», «Quyosh soati haqida risola», «Sur’at ul-arz», «Usturlob holati haqida risola» kabi asarlari Sharq va Garb mamlakatlarida ilmiy fikrlarining rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. (Savolni javob bilan uyg’unlashtiring)
Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 50 b.
4. Pedagogika tarixining manbalari nimalardan iborat.
Javob. Pedagogika tarixining manbalari: arxeologik qazishmalar, qoʻlyozmalar, xalq ogʻzaki ijodi, adabiy yodgorliklar, hujjatlar, hukumat qarorlari, badiiy adabiyotlar, xotiralar, fuqarolik tarixi, falsafa tarixi, madaniyat va din tarixiga oid asarlar, Sharq va Gʻarb mutafakkirlarining risolalari va boshqalar.
Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 4 b.
5. Ta’lim-tarbiya masalalari yoritilgan eng qadimgi yozma manbalar?
Javob. Bular «O‘rxun-Enasoy yodgorliklari», «Irq yozuvlari» («Ta’birnoma») kabi manbalar bo‘lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi.
Manba. Izbullayeva G.V. Pedagogika nazariyasi va tarixi. I qism. Darslik. Buxoro – 2022, “Durdona” nashriyoti, 387 b., - 18, 20 b.
Dostları ilə paylaş: |