1. Agrosanoat majmuasining mohiyati va ahamiyati. Agrosanoat majmuasining tarkibi



Yüklə 216,15 Kb.
səhifə1/7
tarix25.12.2023
ölçüsü216,15 Kb.
#195660
  1   2   3   4   5   6   7
agrosanoat majmuasining mohiyati va tarkibi


Reja:


Kirish

1. Agrosanoat majmuasining mohiyati va ahamiyati.

2. Agrosanoat majmuasining tarkibi.

3. Agrosanoat majmuasining asosiy vazifalari.


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Bozor munosabatlari shаroitidа iqtisodiyot tаrmoqlаrining, shu jumlаdаn, qishloq хo’jаligi ishlаb chiqаrishining sаmаrаdorligi ko’p jihаtdаn boshqа tаrmoqlаr ishlаb chiqаrish fаoliyatigа chаmbаrchаs bog’liq. Sаbаbi, bir tаrmoqning pirovаrd mаhsuloti boshqа bir tаrmoq uchun ishlаb chiqаrish vositаsi yoki хom-аshyosi bo’lib хizmаt qilаdi vа uning tаrmoq uchun birlаmchi qаytа ishlаsh yoki mаhsulotni istе’molchigа yеtkаzib bеrish хizmаtini vujudgа kеltirаdi.


Qishloq xo’jaligi tarmog’i ham iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi. Qishloq xo’jaligi tarmog’i sanoat korxonalaridan ishlab chiqarish vositalarini oladi va yetishtirilgan mahsulotlar sanoat korxonalari uchun xomashyo hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi tarmog’ida ishlab chiqarish jarayonining bir maromda kechishi uchun xizmat ko’rsatuvchi korxonalar xizmatidan ham foydalanadi. Qishloq xo’jaligi tarmog’ining samaradorligi ushbu tarmoqlar bilan bo’ladigan aloqalari qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilganligiga bevosita bog’liq.
Agrosanoat integratsiyasi – sanoat va qishloq xo’jaligining bir-biri bilan uzviy bog’lanishi, bir butun tizimga aylanishidir. Agrosanoat integratsiyasi ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi rivojlanishining natijasidir. Tarmoqlarning bir-biridan ajralib, alohida rivojlanishi ularda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ayriboshlashning kuchayishiga olib keldi. Bir tarmoqda ishlab chiqariladigan mahsulotga talab asosan boshqa tarmoqda vujudga keladi. Natijada bir tarmoq ikkinchisisiz barqaror rivojlana olmaydi. Bu ularning integratsiyalashuvi zaruratini keltirib chiqaradi. Sanoat va qishloq xo’jaligining rivoji ular o’rtasida aloqalarning murakkablashuviga olib keldi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari sanoat tarmog’ida qayta ishlanadi. Buning natijasida qishloq xo’jaligi sanoat uchun xomashyo yetkazib beruvchi tarmoqqa aylanib, qishloq xo’jaligi tarmog’ining oxirgi iste’molchi bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqasi kamayib boradi. Bu esa o’z navbatida tarmoqlararo integratsiyani kuchaytiradi.
Keyingi yillarda ishlab chiqarish shu darajada yuksalib bormoqdaki, iqtisodiyotning turli tarmoqlari bir-biri bilan juda chambarchas bog’lanib qolmoqda. Ularning bog’lanishi, ayniqsa, texnologik jihatidan bir-birini to’ldiruvchi tarmoqlarda kuchlidir. Agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarda bu jarayon juda yorqin namoyon bo’lmoqda.
Bugungi kunda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, uni tayyorlovchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohalar iqtisodiyotini bir-biridan alohida holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu tarmoqlar yagona bir tizimni tashkil etadi va ularning birgalikda mutanosib ishlashi pirovard natijaning samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Agrosanoat integaratsiyasining yanada chuqurlashib borishi obyektiv jarayondir. Bu albatta, qishloq xo’jaligining va umuman agrosanoat majmuasi iqtisodiyotining rivojlanishiga olib keluvchi jarayondir. Agrosanoat integratsiyasining va kooperatsiyasining mahsuli sifatida o’tgan XX asrning 60-yillaridan boshlab mamlakatimizda agrosanoat majmuasi yagona tizim sifatida shaklana boshladi.



Yüklə 216,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin