1. Ajralishlarning asosiy sabablari Shahar va qishloq oilalarining ajralish sabablari Psixolog olimlar fikrlari



Yüklə 15,67 Kb.
səhifə1/2
tarix16.09.2023
ölçüsü15,67 Kb.
#144230
  1   2
doc 2


AJRALISH VA UNING AXLOQIY KAMOLOTGA SALBIY TA’SIRI
Reja:
1. Ajralishlarning asosiy sabablari
2. Shahar va qishloq oilalarining ajralish sabablari
3. Psixolog olimlar fikrlari

Ajralish muammosi hozirgi zamon insoniyat jamiyatining eng muhim ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun chet ellarda ham, O‘zbekistonda ham ajralish muammosini o‘rganishga keng ilmiy jamoatchilik e’tibori qaratilib kelinmoqda. Bu muammoni turli soha mutaxassislari: yuristlar, demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa fan sohalari mutaxassislari o‘rganmoqdalar. Ularning e’tibori bu hodisa sabablari, omillari, motivlarini o‘rganish, ularni bartaraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirish masalalariga qaratilgan. Chunki oilalarning buzilishi tufayli nafaqat shu ajralishgan er-xotin va ularning farzandlari, balki jamiyat ham ko‘p zarar ko‘radi. Ajralishlar ko‘plab noxush hodisalar: noto‘liq oilalar sonining ortishi, bolalar va o‘smirlar o‘rtasida qonunbuzarlikning ko‘payishi, pedagogik nazoratsiz qolgan bolalar sonining ortishi, yolg‘izlik, sobiq er-xotinlar va qarindoshlarning o‘zaro munosabatlarining yomonlashuvi kabilarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.


Bu o‘rinda haqli ravishda agar ajralishlar shu qadar salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradigan bo‘lsa, uni rasmiy ravishda ta’qiqlab qo‘ysa bo‘lmaydimi? — degan savol yuzaga kelishi mumkin. Albatta mumkin, masalan, dunyoning ayrim davlatlarida, jumladan, Italiya, Niderlandiyada yaqin-yaqin zamonlargacha ajralish huquqiy jihatdan nihoyatda murakkab jarayon edi. Biroq bu usul ham oila mustahkamligini ta’minlashda kutilgan natijalarni bermaydi. Balki ajralishni ta’qiqlash, ajralish erkinligini bermaslik, o‘z navbatida nikoh yoshining o‘sishini, oila qurmaslik, nikohgacha va nikohdan tashqaridagi jinsiy aloqa, psixologik nosog‘lom oilalar miqdorining or­tishi nikoh-oila munosabatlari zamirida yuzaga keladigan jinoyatlar, qotillik, xiyonat kabilarning ortishiga olib keladi. Albatta bularning ham shaxs, inson ruhiyati, oilada bola tarbiyasi, qolaversa jamiyat uchun zarari oldingilardan kam emas. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish erkinligi deyarli barcha davlatlar nikoh-oila qonunchiligida qayd etilgan. Bu o‘rinda muhimi ajralishni ta’qiqlash va unga ras­miy ravishda halaqit qilish emas, balki ajralishlarning oldini olish, unga olib keladigan sabablar va omillarni bartaraf etishdir. Shunday qilib ajra­lish fojiami yoki fojiadan qutulishmi? Ayrimlar agar oilada farzandlar bo‘lmasa bu fojiadan qutulishdir, er-xotinlarning o‘zaro munosabatlari maqsadga muvofiq ravishda shakllanmayotgan bo‘lsa, ularda o‘zaro tushunish, o‘zaro hurmat, bir-birlariga nisbatan emotsional yaqinlik, mehr-oqibat bo‘lmasa, oila o‘z funksiyalarini bajarmayotgan bo‘lsa, bunday juftlar ajralib ketgani ma’qul deb hisoblaydilar.
Ajralishlarning o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan sa­bablar, ularning amalga oshish jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er-xotin­larning ahvoli kabilarda ifodalanadi. Shunday xususiyatlardan biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga murojaat qiluvchi ajralish tashabbuskori kim ekanligida namoyon bo‘ladi. Sharq oilalarida, ayniqsa o‘zbek (qishloqlarda) oilalarida ajralish tashabbuskori ko‘proq erkaklar bo‘ladilar va aksincha, Yevropa xalqlari oilalarida, yosh oilalarda va urbanizatsiyalashuv darajasi yuqori bo‘lgan shahar oilalarida ajralish tashabbuskori ko‘proq ayollar bo‘ladi.
"O'z juftinigizdan sizlar uchun jufti halollar yaratib berdi, toki ular bilan halovatli turmush qurgaysizlar. O'rtalaringizda mehr-muhabbat tuyg'usini paydo qildi. Bu esa Allohning  biru-borligining nishonalaridan biridir. Aqlu-idrokli fikr yurituvchilar uchun bunda ko'p ishorat va alomatlar bordir" (Rum surasi, 21oyat).
Boshqa mavzularga qaraganda bu mavzuni yoritish, ayniqsa aql o'rgatish qiyinroq tuyuldi. Sababi har kim boshidan o'tganini o'zi biladi, lekin holisanilloh qo'limizdan kelgancha yoritishga harakat qildik. Buni qarang-ki bu masalada ham ayollarga ko'proq mas'uliyat yuklanar ekan
Aksariyat ajralishlar yoshlarni muomala madaniyatiga e'tibor bermasliklaridan yoki ularda muomala madaniyati yo'qligidan, kattalarni, yoshlarni oilaviy hayotiga aralashuvidan, oila qurayotgan yoshlarning his-tuyg'ulari bilan hisoblashmaslik, ota-onalarning yoshlar taqdirini o'zlaricha hal qilishi, yoshlarni hayotga tayyor emasliklaridan kelib chiqadi. Yuqondagilarga ota-onalar, tarbiyachilar, o'qituvchilar alohida e'tibor berishlari lozim.

Yüklə 15,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin