Yuqorida ko‘rilgan algoritmlarning tasvirlash usullarining asosiy maqsadi, qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining eng qulay holatinni aniqlash va shu bilan odam tomonidan programma yozishni yanada osonlashtirishdan iborat. Aslida programma ham algoritmning boshqa bir ko‘rinishi bo‘lib, u insonning kompyuter bilan muloqotini qulayroq amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Blok-sxemalarni tuzishda foydalaniladigan asosiy sodda geometrik figuralar quyidagilardan iborat:
Nomi
Belgilanishi
Bаjаrаdigаn vаzifаsi
Jаrаyon
Bir yoki bir nеchtа аmаllаrni bаjаrilishi nаtijаsidа mа’lumоtlаrning uzgаrishi
Ахbоrоtlаrni qаytа ishlаsh mumkin bo’lgаn shаklgа utkаzish yoki оlingаn nаtijаni tаsvirlаsh
Har qanday murakkab algoritmni ham uchta asosiy struktura yordamida tasvirlash mumkin. Bular ketma-ketlik, ayri va takrorlash strukturalaridir. Bu strukturalar asosida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish mumkin. Umuman olganda, algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. chiziqli algoritmlar; 2. tarmoqlanuvchi algoritmlar; 3. takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar; 4. ichma-ich joylashgan siklik algoritmlar; 5. rekurrent algoritmlar; 6. takrorlanishlar soni oldindan no’malum algoritmlar; 7. ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar
Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga-chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan ko‘rsatiladi. Chiziqli algoritmlar blok-sxemasining umumiy strukturasini quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:
Tarmoqlanuvchi algoritmlar.Agar hisoblash jarayoni biror bir berilgan shartning bajarilishiga harab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi algoritmlar deyiladi. Tarmoqlanuvchi algoritmlar uchun ayri strukturasi ishlatiladi. Tarmoqlanuvchi strukturasi berilgan shartning bajarilishiga harab ko‘rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta’minlaydi.
Takrorlanuvchi algoritmlar.Agar biror masalani yechish uchun tuzilgan zarur bo‘lgan amallar ketma-ketligining ma’lum bir qismi biror parametrga bog‘liq ko‘p marta qayta bajarilsa, bunday algoritm takrorlanuvchi algoritm yoki siklik algoritmlar deyiladi. Takrorlanuvchi algoritmlarga tipik misol sifatida odatda qatorlarning yig‘indisi yoki ko‘patmasini hisoblash jarayonlarini harash mumkin
Hisoblash jarayonida ba’zi bir algoritmlarning o‘ziga qayta murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. O‘ziga–o‘zi murojaat qiladigan algoritmlarga rekkurent algoritmlar yoki rekursiya deb ataladi. Bunday algoritmga misol sifatida Fibonachchi sonlarini keltirish mumkin. Bu rekkurent ifoda algoritmiga mos keluvchi blok-sxema quyida rasmda keltirilgan