1-амалий машғулот: Мактабгача ёшда ўйин фаолиятининг хусусиятлари Ўйин мактабгача ёшдаги болаларнинг асосий фаолияти эканлиги. Мазмунли-ролли ўйинлар ва уларнинг ўзига хос хусусиятлари. Бола психик ривожланишида ўйиннинг аҳамияти


-MAVZU: Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari sifatida qonun osti hujjatlari



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə4/14
tarix02.01.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#46275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2 mavzu (2)

2-MAVZU: Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari sifatida qonun osti hujjatlari.

Tegishli soha yoki muhim ob’yektga, voqeylikka nisbatan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriq va ko‘rsatmalarini ifodalovchi me’yoriy-hujjat nima deyiladi?



Farmon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4708-son Qarorining qabul qilinishi matemetika sohasini takomillashtirishga zamin yaratdi.

Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi. O‘tgan davr ichida matematika ilm-fani va ta’limini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirildi:

birinchidan, ilg‘or ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan vatandosh matematik olimlarning taklif qilinishi va xalqaro ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi uchun zarur shart-sharoit yaratildi;

ikkinchidan, xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarimiz va ularning murabbiy ustozlari mehnatini rag‘batlantirish tizimi joriy etildi;

uchinchidan, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqotlarning o‘zaro integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida Talabalar shaharchasida Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) yangi va zamonaviy binosi barpo etildi. Matematika sohasidagi fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish hajmi bir yarim barobarga oshirildi, budjet mablag‘lari hisobidan superkompyuter, zamonaviy texnika va asbob uskunalar xarid qilindi;

to‘rtinchidan, ilmiy darajali kadrlarni tayyorlashning birlamchi bosqichi sifatida stajor-tadqiqotlik instituti joriy etildi;

beshinchidan, ilm-fan sohasidagi ustuvor muammolarni tezkor bartaraf etish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish masalasini Hukumat darajasida belgilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raisiligida Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarda:

maktab direktori tegishli tuman (shahar) hokimining iqtisodiy va boshqaruv jarayonlariga matematik usullar va modellarni joriy qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi;

maktab direktori O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Institut direktori bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinflar bosqichma-bosqich, mavjud ehtiyoj va o‘quvchilarning qobiliyatidan kelib chiqib tashkil etiladi;

o‘quvchilar belgilangan tartibda tanlov asosida saralab olinadi;

matematika fani chuqurlashtirilib o‘qitiladigan sinf bitiruvchilari tegishli oliy ta’lim muassasalarining matematika ta’lim yo‘nalishlariga ular uchun belgilangan maqsadli parametrlar bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

Milliy sertifikatlash tizimi doirasida quyidagilar belgilansin:

matematikani bilish darajasini baholash va bu to‘g‘risida milliy malaka sertifikatini (keyingi o‘rinlarda — milliy sertifikat) berish o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi;

matematikani bilish darajasini baholash tabaqalashtirilgan holda amalga oshiriladi;

imtiyoz beriladigan darajadagi milliy sertifikatga ega abituriyent davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishda matematika fanidan test sinovi topshirishdan ozod etiladi va unga matematika fani uchun belgilangan maksimal ball beriladi;

2021-yil 1-sentabrdan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarning matematika fani bo‘yicha o‘qituvchilari tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishlari majburiy hisoblanadi;

Milliy sertifikatlash tizimi uchun test topshiriqlari bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borishda ekspert sifatida Institut ilmiy xodimlari jalb qilinadi;

SAVOL


Davlat organi yoki mansabdor shaxsning oʻz vakolati doirasida muayyan maqsadga erishish yoʻlida qabul qiladigan va biror oqibat keltirib chiqaradigan hujja bo‘lib, u odatda, ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan qabul qilinib, u ana shu organning oʻz vazifalarini amalga oshirish vositalari va yoʻllarini nazarda tutgan boshqaruv vaziyatini tahlil etish hamda baholashga oid erki ifodasi hisoblanadi.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin