1-амалий машғулот. Корхона фаолиятига таъсир қилувчи ички ва ташқи
муҳит омилларини ўрганинг ва бир – бирига боғлиқлигини тахлил қилинг.
Korxona faoliyatiga ta’sir qiluvchi omillar
• Ichki muhit
• Korxona faoliyati
• Tashqi muhit
Bugungi kunda korxona faoliyatining pirovard natijalari ko’p jihatdan uni o’rab
turgan tashqi muhitga va ichki shart-sharoitlariga bog’liq. Bozor munosabatlari o’z
- o’zidan ishlab chiqarishga raxbarlik qilishni ta’minlamaydi, mehnatni normal
tashkil qilmaydi, foydani ta’minlab bermaydi.
Korxona faoliyatiga ichki va tashqi muhitlar tahsir ko’rsatadi. Ichki muxit
- bu odamlar, ishlab chiqarish vositalari, axborot va pul mablag’i. Ularning
birgaliqdagi harakati natijasida tayyor mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqariladi.
Korxona tayyor mahsulot (ish, xizmat)larni sotishda, moddiy, moliyaviy va
mehnat resurslarini jalb etishda va hokazolarda tashqi muhit bilan aloqada
bo’ladi va unga tahsir ko’rsatadi.
Tashqi muhit - bu tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar istehmolchilari,
ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beruvchilar, banklar va boshqa moliyaviy
tashkilotlar, davlat organlari va korxona atrofida yashovchi ishchi kuchi.
Korxonada moddiy omillar birikib, mehnat jarayoni yuz beradi, jamiyatning
talab ehtiyojini qondirishga qaratilgan moddiy mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab
chiqariladi.
Bozor munosabatlari raxbardan bilim va mahorat talab etadi. Albatta, bunday
sharoitda raxbar ichki va tashqi muhitni yaxshilab o’rganib, tahlil qilib korxonaning
bosh maqsadini va yo’nalishini belgilaydi.
Korxona ichki muhitining barcha omillari o’zaro bir-biriga bog’liq.
TASHQI MUHITNI TAHLIL QILISH
Bu taxlilni 3 guruh boýicha izlanish deb faraz qilish mumkin:
Iqtisodiy
Siyosiy
Korxona faoliyatini belgilovchi ichki shart-
sharoitlar
Texnikaviy
shart-
sharoitlar;
korxonaning
Iqtisodiy
sharoitlar
Tashkiliy
shart-
sharoitlar
Ijtimoiy-
psixologik
sharoitlar
Ijtimoiy
Birinchi guruh – firmaga bir necha tashqi muhit sohalarini ta`sirini o’z ichiga
oladi: iqtisodiy muhitni umumiy holati, bozor, iste`molchilar, raqobat. Ishchi kuchi
omili tashqi iqtisodiy sharoitning asosi deb hisoblanib tashkilot strategiyasiga ta`sir
ko’rsatadi.
Ikkinchi guruh – siyosiy omillarni hisoblash va taxlil qilish samarali strategik
rejalashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Bu mohiyati bo’yicha davlat va biznes
orasidagi munosabatdir. Bular davlat katta va kichik biznesga qonunlar, kodekslar,
qarorlar chiqarish orqali ta`sir ko’rsatishi bilan namoyon bo’ladi.
Siyosiy omillar qatorida tashkilot faoliyatiga xalqaro omillar ham ta`sir
ko’rsatadi. Ayniqsa bu transmilliy kompaniyasi bo’lsa, kompaniya raxbariyati
tabiiyki ushbu katta muhitga ahamiyat beradi. Ishtirokchilari orasida O’zbekiston
Respublikasidan tashqarida bo’lgan huquqiy shaxslarga ega bo’lgan moliya-sanoat
guruhlari transmilliy kompaniya hisoblanadi.
Uchinchi guruh – ijtimoiy yoki ijtimoiy ahloq omilidir. Firmaning menejeri
ularni ijobiy ta`sirini hisobga olishi va ishlata olishi yoki ularni salbiy ta`sirini
zararsizlantira olishi ahloqiy muhim masala hisoblanadi.
Tashqi muhit omillari: