1-Amaliy ish Mavzu: Kartografik tasvirlash ularni tanlash. Amaliy ish maqsadi



Yüklə 245,35 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.05.2022
ölçüsü245,35 Kb.
#59544
1 amali ish kartashunoslik 4 smestr



1-Amaliy ish Mavzu: Kartografik tasvirlash ularni tanlash.
Amaliy ish maqsadi: 
Kartografik tasvirlash usullarini o’rganish , ularni hududlar bo’yicha 
Hodisalarni joylashtirish xususiyatiga bog’liq holatda qo’lashning ko’rsatkichlarni
kartalarda ifodalashda turli xil kartografik tasvirlash usullarini birgalikda qo’lashning
o’rganish. 
Amaliy ish bajarilish tartibi: 
1)Tarkibida va legendasini o’rganish, kartada qanday hodisalar tasvirlanganligini tushuntirish
Ularning hududlar bo’yicha joylashish xususiyatlarini ( masalan obyektlarning nuqtalarda chiziqlarda, 
maydonlarga joylashganligini ularning tarqoq yoki uzluksiz tarqalganligini ) o’rganish. 
2) Kartada hodisalarni ko’rsatish uchun qo’laniladigan kartografik tasvirlash usullarini aniqlash. 
3) Quyidagi holatlarni ko’rsatib berish.
a) Kartalarda kartografik tasvirlash usullari bilan qanday xususiyatiga ega hodisalar (miqdorli
sifatli ) ko’rsatilgan. 
b) Kartada vorqe hodisalar qanday grafik vositalar yordamida tasvirlangan. 
4) Kartani undagi kartografik tasvirlash usullarining maqsadli qo’llanilishi ularni karta o’qilishidagi 
ahmiyati kartaning umumiy ko’rinuvchanligini va boshqa xususiyatlari bo’yicha baholash.
8.Harakatdagi belgilar usuli 
7-sinf atlas O’rta osiyo va Ozbekistonning tabiiy
Geografiyasi 11-bet. 
9. Nuqtalar usuli 
SSSR xaritasi
10.Kartodiagrammmalar usuli 
7 –sinf atlas O’rta osiyo va O’zbekiston tabiiy
Geografiyasi 26 -33- betlar. 
11.Kartogrammalar usuli
8-sinf O’rta osiyo va O’zbekiston iqtisodiy va 
ijtiomiy geografiyasi 40-bet. 
Kartografik tasvirlash usullari 
Usullar joylashgan manbalar 
1.Belgilar usuli
8-sinf atlas O’zbekiston iqtisodiy va ijtiomiy
geografiyasi. 5 bet. 
2. CHiziqli belgilar usuli 
7-sinf atlas O’rta osiyo va O’zbekistonning tabiiy 
geografiyasi 24- bet. 
3.Sifatli fon (rang) usuli 
7- sinf atlas O’rta osiyo va O’zbekistonning tabiiy 
geografiyasi 26- bet. 
4.Izoliniyalar (teng chiziqlar) usuli
8-sinf atlas O’zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy
geografiyasi 11- bet. 
5. Miqdorli rang (fon) usuli 
8- sinf atlas O’rta osiyo O’zbekiston iqtisodiy va 
ijtiomiy geografiyasi 11- bet. 
6. Joylashtirilgan diagramalar usuli
8-sinf O’rta osiyo O’zbekiston iqtisodiy va ijtiomiy 
Geografiyasi 11-bet.
7. Ariallar usuli 
8-sinf O’rta osiyo O’zbekiston iqtisodiy va ijtiomiy
Geografiyasi 28-29-30 – betlar. 


1.Belgilar usuli : 
Belgilar alohida tasvirlash usuli sifatida odatda karta masshtabida ifodalanmaydigan 
Obyektlat o’xshashgan joyini ko’rsatish uchun va umuman aniq punktlarda joylashgan hodisalani
tasvirlab berish uchun qo’llaniladi. 
Masalan ,topografik kartalarda belgilar bilan joydagi predmentlar, kilometr va yo’l ko’rsatkichlarni
Yakka o’sgan oriyentir ahmiyatiga ega bo’lgan daraxtlar , radiomatchalar. Mayda masshtabli mavzuli
Va umumgeografik kartalarda belgilar obyektlarning o’rnashgan joyini va turini ko’rsatishdan
tashqari ko’pincha boshqa vazifalarni ham bajaradi. Masalan , obyektning miqdor ko’rsatkichlarni
(kata-kichikligini ), ahmiyatini, uning vaqt mobaynida o’zgarishini va hokozolarni tasvirlaydi. 
Masalan aholi punkti belgisi shu punkdagi aholi joylanish tipini (shahar,shaharcha tipidagi posyolka
qishloq ) aholi sonni shuningdek ushbu punktni mamuriy ahamiyatini ko’rsatish mumkin. 
Shuningdek belgilarni sanoat va qishloq xojalik koorxonalarni foydali qazilma konlarni tasvirlash 
uchun ham qo’llash mumkin. O’zining shakliga ko’ra ular uchta turga bolinadi : 1)Geometrik, 
2) Harfli 3) Ko’rgazmali belgilarga bo’linadi. 
2. Chiziqli belgilar usuli: 
Chiziqli belgilar alohida tasvirlash usuli sifatida uzunasiga davom etgan
Kengligi karta masshtabida ifodalanmaydigan chiziq bo’ylab joylashgan obyektlarni tasvirlash uchun
qo’laniladi. Masalan , suvayirg’ich chiziqlari, siyosiy va ma’muriy chegaralar, yo’llar, telefoon
telegraf liniyalari, daryo ko’l va dengizlarning qirg’oq chiziqlari, front chiziqlari va ular holatining 
o’zgarishi va boshqa obyektlarning asosiy yo’nalishlari (tog’lar burmalarini, yo’nalishlari relyeflarni
sklet chiziqlari va hakozo) tasvirlanadi.
Obyektlarning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini berish uchun odatda chiziqli belgilar shaklidan,
rangidan ichki strukturasidan, ayrim hollarda kengligidan foydaniladi. 
3.Izoliniyalar (teng chiziqlar) usuli: 
“Izos “ grekcha –teng, bir xil degan ma’nolarni anglatadi. 
Izoliiyalar deb kartada voqea va hodisalarni birorta miqdor ko’rsatkichi asosida bir xil qiymatga ega 
bo’lgan nuqtalar bo’yicha o’tgan yoki ularning birlashtiruvchi egri chiziqa aytiladi. 
Odatda bu usul bilan uzluksiz tarqalgan (yoyilgan) va fazoda asta sekin o’zgaradigan voqea va hodisalar
tasvirlanadi. Topografik kartalarda relyefning tasvirlashning asosiy usuli bo’lgan go’rizontalar yoki
izogipislar izoliniyalar xarakterli misol bo’ladi. 
4. Sifatli fon (rang):
Bu usul bilan kartalarda tasvirlanayotgan hudud chegarasida tasvirlanayotgan
voqea va hodisalar u yoki bu ma’lum sifat belgisi bo’yicha qismlarga bo’lish va ularning har birini
maydonli garafik vositalar yordami qoplash yoki to’ldirish yo’li bilan o’sha voqea va hodisaning
sifat farqlari tasvirlanadi. Hududiy qismlarga bo’lish tasvirlanayotgan voqea va hodisaning sifat 
ko’rsatkichlari bilan uzviy bo’g’langan bo’ladi.
Masalan: tuproq kartalarida ushbu qismlar orasida chegara qayerda bitta tuproq tipi (kichik tipi, turi) 
Boshqasi bilan almashinsa, o’sha yerda o’tkaziladi. 
5. Miqdorli rang (fon) usuli:
Bu usul bilan kartada tasvirlanayotgan hudud chegarasida tasvirlanayotgan
voqea va hodisani u yoki bu ma’lum bir miqdor ko’rsatkichi bo’yicha qismlarga bo’lish va ularning
har birini maydonli grafik vositalar yordamida qoplash yoki toldirish yo’li bilan o’sha hodisaning
miqdor farqlari tasvirlanadi. 
Hududiy qismlarga bo’lish tasvirlanayotgan hodisalarning miqdor ko’rsatkichlari bilan uzviy bog’langan 
bo’ladi. Ushbu qismdalar orasidagi chegaralar aks etiralayotgan voqea va hodisa bilan uzviy bog’langan
belgilar bo’yicha o’tkaziladigan va har bir qism uchun u yoki bu raqamli ma’lumotlar bo’yicha aks
etiralayotgan hodisaning miqdor tavsifi ko’rsatiladi.


6. Joylashtirilgan diagrammalar usuli: 
Joylashtirilgan diagrammalar usuli – uzluksiz va chiziqli tarqalgan mavsumiy va boshqa davriy voqea va 
hodisalarni ularning rivojlanishi, miqdorli, davom etishi qaytalanishini tavsiflash uchun keng ishlatiladi. 
Bu usul bilan odatda iqlimga tegishli mavzular havo haroratining yil davomida o’zgarishi davomida
o’zgarishi, oylar bo’yicha yog’in sochin miqdorining taqsimlanishi qor qoplamining dinamikasi, 
daryolarning yillik oqimi oylar bo’yicha taqsimlanishi, shamollarning yo’nalishi , kuchi va h,k tasvirlanadi. 
7. Areallar usuli: 
Areal lotincha “ areal” maydon, fazo, makon, boshliq degan manoni anglatadi . Birorta voqea va 
hodisaning, masalan o’simliklar turlarini, haydaladigan yerlar tarqalgan joylariga areal deyiladi.
Joylanish xarakteri bo’yicha voqea va hodisa o’zini arealining chegarasida uzluksiz, yaxlit, butun (masalan
yer yuzasi muzlashi) yoki tarqoq ( masalan g’oza ekiladigan areal) bo’lishi mumkin. 
Areallar absolyut va nisbiy turlarga ajratiladi. 
8. Harakatdagi belgilar usuli: 
Harakatdagi belgilar alohida tasvirlash usuli sifatida kartalarda har xil: ham tabiiy, ham sotsial – iqtisodiy
voqea va hodisalarga tegishli fazoviy o’rin almashinishlari ko’rsatish uchun xizmat qiladi.
Masalan, dengiz va okean oqimlari, qushlarning ko’chib yurishi, sayohatlarning mashruti aholi 
migratsiyalar yuk tashishlar va boshqalar.Ko’pincha ulardan harbiy aperatsiyalarning rejasi va borishinig
Ko’rgazmali qilib tasvirlash uchun ham foydaniladi.
9. Nuqtalar usuli:
Bu usul bilan kartada yoyilib tarqalgan joylashgan voqea va hodisalarni har xil miqdor birliklarida
Belgilaydigan uni joylashini va to’planishiga mos joylashtirilgan bir xil o’lchamdagi ko’pchilik nuqtalar 
bilan tasvirlanadi. Kartada voqea va hodisalarni tasvirlashdan oldin nuqtani “og’irligi “ vaznini 
aniqlaniladi, yani bitta nuqta qaysi o’lchamdagi miqdor ko’rsatkichiga mos keladi (masalan bitta nuqta
500 kishiga yoki 10 000 gektar sholi ekin maydoniga tog’ri keladi ).Ayrim hollarda bitta kartada ikkita
o’lchamdagi nuqta berilishi mumkin masalan yirik nuqta 1000 kishi, kichik nuqtada esa 100 kishi.
Nuqtalar usulini yaxshi tanlash tasvirlanayogan hudud chegarasida obyekt yoki voqea va hodisasi 
tarqalishi to’g’risidagi ko’rgazmali tasavvur beradi. 
10. Kartodiagrammalar usuli : 
Kartada biror hodisaning jamlangan mutloq raqamli qiymatini kartada ko’rsatilgan ma’muriy
hududiy birlik bo’yicha taqsimlanishini diagrammalar yordamida tasvirlash usuliga kartodiagramma
deyiladi. Kartadiagrammalardan alohida tasvirlash usuli sifatida ayniqsa sotsial – iqtisodiy mavzudagi
kartalarni (masalan aholi, sanoat, qishloq va o’rmon ho’jaligi va madaniy kartalar va boshqalar) tuzishda
keng foydaniladi chunki ko’pchilik statistik raqamli ma’lumotlar alohida aoli punktlari yoki obyektlar 
bo’yicha qayticha ishlanmaydi va chop etilmaydi balki, mamlakatning mamuriy bo’linishiga mos holda
(viloyatlar bo’yicha, tumanlar bo’yicha va h,k). 
11. Kartogrammalar usuli: 
Kartogrammada tasvirlanayotgan voqea va hodisalarni bir – biri bilan taqoslash uchun shkalalar
yoki pog’onalar orasidagi miqdorlar farqi bir xil bo’lishi kerak. 
Kartogrammani tuzishda kartaning maqsadi va uni kimlar uchun mo’ljalangan bo’lsa pog’onalar
Soni 3-5 tadan oshmaydi karta oliy o’quv yurlari talabalar uchun mo’ljalangan bo’lsa pog’onalar soni
ko’proq tanlanadi, bu bilan ko’rsatkichlarni aniqligi oshadi. Lekin kartogramma voqea va hodisaning 
hududiy birlik ichidagi intevsifligida farqlarni ko’rsatmaydi. Kartogrammada voqea va hodisalarning
dinamikasini va strukturasini ko’rsatish qiyin.

Yüklə 245,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin