Prosessor (markaziy prosessor) kompyuterning asosiy hisoblash qurilmasi hisoblanib, u qo’yidagilardan tashkil topadi:
arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun arifmetik–mantiqiy qurilma (AMQ);
prosessorning ishlashini va tashqi qurilmalar bilan almashish ish tartibini boshqarish bloki;
ichki umumiy vazifali registrlar (UVR) ko’rinishida operativ xotira rolini bajaradigan prosessor ichki xotirasi (kesh xotira).
Binobarin, prosessor doimo katta integral sxema (KIS) ko’rinishida bajariladi, shuning uchun uni ko’pincha mikroprosessor deyishadi. Bu prosessor ona platada joylashtirilgan mustaqil KIS hisoblanadi
Asosiy xotirakompyuterning boshqarish dasturlarini va ishlov berish uchun ma’lumotlarni saqlashga mo’ljallangan. U prosessor va operativ xotira orasida ma’lumotlarning almashish tezligini oshiradi.
Tashqi qurilma foydalanuvchiga kompyuter resurslaridan foydalanish, shuningdek, dastlabki ma’lumotlarni kiritish va ishlov berilgan natijalarning ma’lum darajadagi o’zaro aloqasini ta’minlaydi. Tashqi qurilmalar tarkibiga tashqi xotira bog’lamalari, ko’pincha, diskli to’plovchilar va aloqa kanallari bo’yicha uzatish qurilmalari kiradi.
Kompyuterning asosiy qismlarining o’zaro aloqasi 2.5-rasmda keltirilgan. Ko’plab zamonaviy kompyuterlar dasturiy boshqarish tamoyili bo’yicha qurilgan. Bu tamoyil arxitekturada uchta asosiy bog’lamalarning bo’lishini nazarda tutadi, ya’ni: xotira, boshqarish va hisoblash bog’lamasi.
1.2-rasm. Kompyuterning asosiy bog’lamalari
Bu uchta bog’lama hisoblash yadrosini tashkil etadi va dasturli boshqarish ish tartibini ta’minlaydi:
dasturning buyruqlari asosiy xotirada joylashadi;
yacheykalar ketma-ket tartib nomerlariga (adreslariga) ega bo’ladi;
buyruqlar dasturda joylashgan tabiiy ketma-ketlikda o’qiladi va bajariladi.
AMQ (Arithmetic and Logic Unit) xotiradan keladigan ma’lumotlar bilan arifmetik va mantiqiy operasiyalarning bajarilishini amalga oshiradi, chiqish natijasini shakllantiradi. U asosiy xotiraga yoziladi yoki o’ta yuqori tezkor registrlardan (UVR) birida vaqtincha saqlanadi.
Asosiy xotira ixtiyoriy ruxsat etishli va manzillar oralig’idagi manzillashtiriladigan (OXQ va DXQ) va kesh-xotirani tashkil etadigan manzillashtirilmaydigan xonalardan iborat. Kesh-xotira hajmi bo’yicha OXQ ga qaraganda kam, lekin tezkorlik bo’yicha yuqori. OXQ dan o’qilgan yacheykadagi ma’lumotlar o’zgarmaydi va takroriy o’qilishi mumkin. Xonaga yozishda kod o’chiriladi va uning o’rniga yangi kod (son yoki buyruq) yoziladi. Asosiy xotiraning hajmi saqlanadigan so’zlarning miqdori bilan uning tezkorligi esa murojaat etish vaqti bilan, ya’ni kerakli so’zni yozish va o’qish davomiyligi orqali aniqlanadi.
Algoritm va unga mos kompyuter dasturining bajaralish jarayoni boshqarish qurilmasining ishlashini ta’minlaydi. Joriy dasturga mos ravishda bu bog’lama kerakli buyruqni va bu buyruqni bajarilishiga taalluqli bo’lgan navbatdagi ma’lumotlarni tanlashlarga, AMQ da kerakli amalni bajarilishini va olingan natijani ko’rsatilgan manzil bo’yicha joylashtirishni nazorat qiladi. Dasturning joriy buyrug’ining bajarilishi jarayonida boshqarish bog’lamasi buyruqning ishlatilish vaqtida qatnashadigan qurilmalar uchun boshqarish signallari ketma-ketligini shakllantiradi. Agar tashqi qurilmalar bilan o’zaro aloqa bog’lash buyrug’i (tashqi xotiradan ma’lumotlarni yuklash, ma’lumotlarni kiritish yoki chiqarish) bajariladigan bo’lsa, u holda boshqarish bog’lama almashish jarayonining mos so’rovlari va sinxronlash qoidalarini shakllantiradi.