1-amaliy ishi. Qishloq xo‘jaligi sohasiga oid berilgan masalalar bo‘yicha algoritmlar va blok-sxemalar tuzish



Yüklə 486,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix14.10.2023
ölçüsü486,16 Kb.
#155263
1   2   3
1-Amaliy Chiziqli tuzilmalarning algoritmlari va ularning dasturi

 3 – variant
Bedaning ko‘kat hosili gektaridan 8 tonna. Ko‘katning namligida o‘rilganda 75 % bo‘lib, 
pichan g‘aramlash uchun namligi 17 %dan oshmaslikni talab qiladi. Xo‘jalikka S tonna quruq 
pichanni g‘aramlash uchun qancha ko‘kat hosili olish zarurligini hisoblovchi algoritmini blok-
sxema ko‘rinishida tuzing. 
.
4 – variant
Yaylovda o‘tlatiladigan mollar 200 bosh sog‘in sigirdan iborat. Har bosh sigirga har kuni 70 
kg.dan ko‘k o‘t talab qilinadi. Yaylovda bo‘lish davri 120 kun. Yaylov g‘alladosh o‘tlar 
aralashmasidan iborat, ko‘kat hosildorligi o‘rtacha gektaridan 33,6 sentner. Poda uchun zarur 
maydonni hamda yaylov sig‘imini aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing. 
5 – variant
. Bedaning ko‘k massa hosili: birinchi yili 120, ikkinchi yili 650 va uchinchi yili 800 s/ga 
bo‘lgan. Ko‘k bedadan 30% beda pichani chiqishini e’tiborga olib, bir gektar yerdagi beda 
pichanini aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing.. 
6 – variant
Serhosil yaylovlar uchun ko‘p yillik o‘tlar aralashmasida har bir tup o‘simlik urug‘ining 
ekish miqdorini aniqlovchi algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing. 
Kerakli ma’lumotlar: beda 17 kg/ga, o‘tlar aralashmasida 38 %, ko‘p o‘rimli mastak 10 
kg/ga, o‘tlar aralashmasida 32 %, yaylov mastagi 10 kg/ga, o‘tlar aralashmasida 30% ekiladi. 
Urug‘ning ekishga yaroqliligi bedada 88,2%, ko‘p o‘rimli mastak 85,5%, yaylov mastagi 87,3%. 
7 – variant
Mollarni bog‘lab boqish davri 201 kun. Shu davrda o‘rta hisobda 950 bosh sigir bog‘lab 
boqiladi. Sigirlarning yem-xashak yeydigan kuni va talab qilinadigan yem-xashak miqdorini 
aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida tuzing. Bitta sigirga 60 kg ko‘kat ozuqa birligi 
bo‘ladi. 
8 – variant
Past bo‘yli usti yassi pichan g‘arami hajmini aniqlash algoritmini blok-sxema ko‘rinishida 
tuzing. G‘aram belbog‘i uzunligi 10 metr, g‘aram eni 25 metr, g‘aram uzunligi 10 metr. 

Yüklə 486,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin