Shu
bilan bir qatorda, bugungi kunda reklamalarga juda keng e‘tibor
berilmoqda. Reklamalarning har xil ko‘rinishlari: sahifalar, e‘lonlar, tele- va radio
reklamalar sizga ma‘lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarini yaratish va
tarqatish bo‘yicha eng kuchli vositaga aylandi.
Reklama namoyishini yaratish bu ko‘p
vaqtni talab qiladigan, juda muhim
va ma‘suliyatli jarayondir. Bu o‘rinda sizdan talab qilinadigani rasmlar, animatsiya
(harakat),
qisqa
matnlardan
iborat
senariyni
o‘ylab
topishdir.
Namoyish(prezentatsiya)lar va slayd-filmlar tayyorlashda eng effektiv va universal
vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi -
MS Power Point
dasturidir. U
grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sizga
sifatli namoyishlar yaratish imkonini beradi.
Zamonaviy kompyuter va proektorlardan
foydalangan holda seminarlar,
konferensiyalar, bitiruv ishlari himoyalari xamda o‘quv jarayonida namoyishlardan
foydalanish oddiy holga aylandi.
Namoyish – bu
MS Power Point
yordamida
yaratilgan, bitta faylda
saqlanuvchi va ularni ko‘rsatish ekranda amalga oshiriladigan slaydlar va maxsus
effektlar to‘plamdan iborat bo‘lib, tarqatma material, ma‘ruza rejasi yoki konspekt
shaklida bo‘lishi xam mumkin.
Slayd esa namoyishning aloxida sahifasi (kadri) bo‘lib, unda sarlavha, matn,
grafik, diagramma va boshqa ma‘lumotlar joylashgan bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: