effektov tugmasidan foydalaning.
5. Agar o‘tishga qo‘shimcha ravishda tovush effekti joylashtirmoqchi
bo‘lsangiz, u holda tasmadagi Zvuk tugmasida joylashgan biror
tovushdan foydalanishingiz mumkin. Quyidagich tovushlar mavjud:
qarsaklar, baraban, blaster, shamol, granata, portlash va hokazo.
6. O‘tish vaqtini o‘zgartirish uchun Dlitelnost tugmasidan foydalaning.
7. Shu tanlagan o‘tish effekti va uning parametrlarini barcha slaydlar uchun
birday bo‘lishini xoxlasangiz Primenit ko vsem tugmasini tanlang.
O‘tishlardan birini o‘rnatganingizdan so‘ng, uni yana bir bor ijro etib
ko‘ring. Buning uchun tasmadagi Perexodi vkladkasining Prosmotr tugmasini
bosish kerak. Tanlagan xatakatingiz sizni qoniqtirsa navbatdagi slaydga o‘tib
yuqorida keltirilganlarni takrorlash kerak. Agar shu tanlagan xarakatingizni xamma
slaydlar uchun umumiy bo‘lishini xoxlasangiz 7 punktda keltirilgan amalni
bajaring.
Odatda taqdimot yaratilayotganida undagi namoyish etiladigan mavzu bir
nechta kichik mavzuchalarga bo‘linib tayyorlanadi va bitta fayl sifatida saqlanadi.
Chunki xar bir kichik mavzuni alohida faylda saqlash ma‘lum noqulayliklar
keltirib chiqaradi. Masalan, xar bir mavzuchani alohida MS Power Point 2010da
namoyish etiladi, o‘tib bo‘lingan mavzuchaga qaytish kerak bo‘lsa uni faylini
topish kerak va hokazo. Shuning uchun, bitta faylda saqlanayotgan taqdimotni
alohida mavzuchalarini yangi bo‘lim(Razdel)larda saqlansa uni namoyishi vaqtida
bir bo‘limdan boshqasiga o‘tish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Taqdimot namoyishida boshqa bo‘limga o‘tish
Rasmda ko‘rinib turganidek, taqdimot namoyishi vaqtida kontekst menyuni ochib
Dostları ilə paylaş: |