1-amaliy mashg’ulot Mavzu: Fanning asosiy tushunchalari mohiyati, xavf turlari va



Yüklə 46,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix27.12.2023
ölçüsü46,36 Kb.
#199456
1   2   3   4   5
ХФХ.1-амал.

sabab
deb ataladi.
Xavfsizlik
- ayrim ehtimollarga asoslanib, paydo bo’ladigan xavf-xatarlarni istisno 
etilgan faoliyat holatidir.
Xavfsizlik
- bu maqsad. HFX-shu maqsadga erishish uchun qo’llanadigan vosita, yo’l-
yo’riq, qo’llanma va usullardir. 
HFX-bu xavflarni va ulardan saqlanishni o’rganadigan nazariy fandir. Bu fan uchta 
o’zaro bog’liq masalalarni echadi: 
1.
Xavflarni umumlashtirish, yani ularning qiyofasiga qarab, koordinati va miqdoriy 
xususiyatlarini ko’rsatish. 
2.
Sarf-harajatlar va foydani solishtirish asosida xavflardan himoya qilish; 
3.
Paydo bo’lishi mumkin bo’lgan salbiy xavflarni yo’qotish. Xavfsizlik masalalari bilan 
qadim zamonlardan beri ko’p ulug’ allomalar shug’ullanib kelishgan. Masalan: Gippokrat (460-
377) b. eragacha. Aristotel (384-322) b.eragacha, ulug’ o’zbek hakimi Abu Ali ibn Sino o’z 
ishlarida bundan ming yil muqaddam (980-1037) gigiena faniga asos solgan. Nemis olimi, 
tabib va muxandis Agrikola (1497-1555) o’zining “Tog’ ishlari haqida” asarida mehnat 
muhofazasi masalalarini o’rganib chiqadi. 
Italiya tabibi Ramatsini (1633-1714) tozalik gigienasiga asos solgan. Lomonosov 
M.V. (1711-1765) tog’ konlarida mehnat muhofazasi to’g’risida monografiya yozgan. 19-
asrning II yarmidan boshlab sanoatda, texnika rivojlanishi munosabati bilan bir guruh 
olimlar xavfsizlik muammosi bilan shug’ullanganlar. Masalan, Kirpichev (1845-1913), Press 
A.A (185. 7-1930), Nikol’skiy D.P. (1855-1918), Levitskiy V.A. (1867-1936), Skochinskiy 
A.A. (1874-1960), Kaplun S. (1897- 1943) va boshqalar. 
HFX o’z nazariyasi va metodologiyasiga ega. Shunga qaramasdan HFX muhandislik, 
ruhiy holat, inson fiziologiyasi, mehnat muhofazasi, ekologiya, ergonomika iqtisod, mantiq va 
boshqa yutuqlarga asoslangan. 
HFX ning metodologik asosi bu tarkibiy tahlildir. Texnika va sanoatning yuqori 
taraqqiy etgan hozirgi davrida HFXning ahamiyati yanada oshdi. Xavfsizlik masalalari yana 
ham keskinlashib ketdi. Shuning uchun mehnat xavfsizligini chuqur o’rganish, bilish, tashviqot 
qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish masalalari asosida tarbiya qilish kerak. Bu 
HFXning vazifasi va maqsadidir. U jamiyatimizning mustaxkamlanishida, xalqning 
xavfsizlik darajasini ko’tarishda hissa qo’shadi va muhim ijtimoiy rol’ o’ynaydi. 



Yüklə 46,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin