mumkin. Komp’yuter matematik tizimlarining bunday integratsiyalashuv
tendentsiyasi shubhasiz keyinchalik ham davom etadi.
MATLAB — kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi masalalarni yechishga
oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy yo’l bilan kengayishi
va bu kengayish m-fayllar ko’rinishida amalga oshishidir. Boshqacha aytganda,
tizimning kengayishlari komp’yuterning qattiq diskida saqlanadi va
MATLABning biriktirilgan (ichki) funktsiyalari va protseduralari kabi kerakli
vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi.
Tizimning qo’shimcha pog’onasini toolbox kengaytmalar paketi tashkil etadi.
U tizimni turli sohalardagi masalalarni yechishga yo’naltirish imkoniyatini beradi.
Bunday sohalarga misol tariqasida matematikaning maxsus bo’limlari, fizika va
astronomiya, telekommunikatsiya vositalari, matematik modellash, hodisaviy
boshqariluvchi tizimlarni loyihalash va boshqa sohalarni keltirish mumkin. Xulosa
qilib aytganda, MATLAB foydalanuvchilarning masalalarini yechish uchun yuqori
darajadagi moslashuvchanlikka ega.
MATLAB tizimi kuchli matematik-yo’naltirilgan yuqori darajali dasturlash tili
sifatida yaratilgan. Bunday yo’nalish tizimning afzalliklaridan biri bo’lib
hisoblanadi va uni yangi, yanada murakkab matematik masalalarni yechish uchun
qo’llash mumkinligidan dalolat beradi.
MATLAB tizimi BASICga o’xshash (Fortran va Paskalning ayrim elementlari
ham qo’shilgan) kirish tiliga ega. Dastur ko’plab komp’yuterdan foydalanuvchilar
uchun tanish bo’lgan an’anaviy usulda yoziladi. Bundan tashqari tizim dasturlarni
har qanday matn tahrirlagichi yordamida tahrirlash imkoniyatini beradi.
MATLAB o’zining sozlagichli tahrirlagichiga ham ega.
MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni dasturlash sohasida har
qanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash tillaridan boyroqdir. U
hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan deyarli hamma dasturlash vositalarini amalga
oshiradi, jumladan, ob’ektga-mo’ljallangan va vizual dasturlashni (Simulink
vositalari yordamida) ham. Umuman olganda, MATLAB tizimidan foydalanish
tajribali dasturlovchilar uchun o’z fikrlari va g’oyalarini amalga oshirish uchun
cheksiz imkoniyatlar beradi.
Dostları ilə paylaş: