Multimediali uzatish tizimining talab qilingan ishonchlilik ko‘rsatkichlarini hisoblari Barcha tizimlarning ishonchliligi uni tashkil etgan elementlarning ishonchliligi orqali aniqlanadi. Multimediali aloqa tarmog‘ining ishonchliligini aniqlash uchun, har bir sathni va uning komponentlarini ishonchliligini aniqlash zarur. Tarmoqning ishonchliligi hizmat ko‘rsatish sifati (QoS-Quality of Service) parametrlari bo‘yicha talab etilgan ishonchlilikka teng bo‘lishi yoki kichik bo‘lishi kerak.
HMAT ≤ NTALAB. (QoS)
Turli segmentlarni birlashtiruvchi oxirgi punktdagi kommutator, kiritish-chiqarish multipleksori yoki turli telekommunikatsiya texnologiyali tarmoqlarni birlashtirishda qo’llanilidigan tarmoqlararo o‘zgartirgich (shlyuz) vazifasini bajaruvchi maxsus uskunalar o‘rnatilishi mumkin.
Tugun punkti(node point) yoki tarmoq tuguni(node) bu ikki va undan ortiq aloqa liniyalari birlashgan punkt. Tarmoq tugunida bir vaqtda yoki har xil vaqtda turli vazifalar amalga oshiriladi, ulardan asosiysi kommutatsiya, konsentrasiya, multipleksorlash va marshrutizatsiyalashdir.
Kommutatsiya (switching) - marshrutizatsiya sxemasiga muvofiq tarmoqda axborot oqimlarini taqsimlashda tugunda birlashadigan liniyalar o‘rtasida aloqa o‘rnatish jarayoni. Kommutatsiya operativ (aloqa seansi mobaynida) va uzoq muddatli (krossli), ya’ni tugunda birlashadigan liniyalarni krosslash yo‘li bilan amalga oshiriladigan bo‘ladi.
Konsentratsiya(concentration) - liniyaning samarali yuklanishini ta’minlash maqsadida, quvvatli chiqish oqimiga erishish uchun bir necha kirish axborot oqimlarini birlashtirishdir.
Multipleksorlash(multiplexing) - liniyaning o‘tkazish qobiliyati resursini ma’lum qismini axborot oqimining har biriga berish yo‘li bilan bitta liniyadan bir nechta axborot oqimlarini uzatishni ta’minlab beradi. Bu o‘rnatilgan taqsimlash uzatilayotgan axborot yo‘qligida ham saqlanib qoladi, ya’ni bu yerda konsentratsiya vazifasi mavjud emas.