1-amaliy mashg’ulot mavzu: nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish tamoyillari va rahbarlik usullari. Reja



Yüklə 225,28 Kb.
səhifə54/55
tarix02.01.2022
ölçüsü225,28 Kb.
#40932
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Reja Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish-fayllar.org

Ta’lim mertodlari: Blits so’rob, BBB.

Ta’lim vositalari: tayanch matn, tarqatmalar, topshiriqlar.

Kutilayotgan natija: bolalarda oila xo’jaligi, tejamkorlik, isof haqida tushunchalarni shakllantirishni o’rganishadi.

Kichik ma’ruza:

Har qanday oila ma’lum bir daromad hisobiga yashaydi. Partiya va hukumatimiz oilalarning iqtisodiy quvvatini oshirishga yaqindan yordam berish maqsadida yildan yilga mehnatkashlarning oylik ish haqlarini oshiryapti, pensioner, student, yolg’iz ona ham davlat e’tiboridan chetda qolayotgani yo’q. Davlatimiz oilaga ma’naviy, iqtisodiy jihatdan yordam berar ekan, oilada kelajak yaratuvchisining xarakteri, mehnatga munosabati, axloqi, g’oyaviy-madaniy saviyasi o„sishini ko’zda tutadi, oilalarni kundalik ro’zg’or uchun zarur narsalar, uy-joy bilan ta’minlashni, ayolning mehnatini yengillashtirishni o’z oldiga vazifa, qilib qo’yadi. Bu esa o’zbek oilasining mustahkamlanishida, byudjet va xo’jaligi rivojida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yosh oilalar faqat bir-birlarini tushunmaslik tufayligina emas, balki iqtisodiy sharoitni yo’lga qo’ya olmay ham ajraladigan hollar uchraydi.

Oila byudjeti - oila a’zolarining oylik ish haqi hisobidan to’planib, daromad va harajatlar yig’indisidir. Xo’sh tabiiy va maishiy ehtijga sarflanganidan qolgan mablag’ni nimaga sarflash kerak? Turkiston sayohat uchunmi? Kitob sotib olishgami? Qimmatbaho kiyimlar uchunmi? Mashina xarid qilishgami? Buni oila a’zolari hal qilishi kerak.

Oilada bolalarni yoshligidanoq oilaning iqtisodiy masalalarni hal qilishga jalb etish birinchidan bolanining ota-ona oldidagi qadrini oshiradi, bolaning o’ziga ishonchini kuchaytiradi, ikkinchidan pul sarflash madaniyatiga hisob-kitobga, tejamkorlikka o’rgatadi. Oila xo‘jaligining iqtisodiy masalalari demokratik asosda, hamma oila a’zolari ishtirokida o’tadigan oilalarda pul-mablag’ sababli janjallar ro’y bermaydi, balki oila a’zolarini oila kollektiviga yanada jipslashtiradi.

Doimiy ravishda pul yetmay qolishi, ko’pgina oilalarda urush-janjalga sabab bo’ladi. ular pulni rasamadi bilan harajat qilishni bilmaydilar. Pulni hisob-kitob bilan harajat qilish haqida tarbiyalanuvchilarga bir topishmoq aytish mumkin:

«Ota o‘g‘liga chaqa pul berib: - O’zimizga, sigirimizga, tovuqlarimizga yegulik biror narsa xarid qil, -dedi o‘g‘li bozorga bordi, o’ylab-o’ylab bir narsa xarid qilib keldi. Bundan ota xursand bo’ldi. O’g’il nima sotib olgan edi?» (Qovun)

Oila byudjetini, xo‘jaligini to‘g‘ri bosh qarish uchun yil boshida er-xotin bir yil davomida qilinadigan harajatlarni hisoblab chiqadi. Bu umumiy daromadga nisbatan olinadi. Harajatlar uch qismga ajratiladi:


  • Har oyda takrorlanadigan joriy harajatlar: oziq-ovqat, turar joy haqi, transport, gigienaga sarflanadigan mablag’;


  • Aniq hisob-kitobsiz, taxminiy sarflnadigan (kitob xarid qilishga, gazeta- jurnalga) mablag’;


  • Uzoq muddat saqlanadigan buyumlar sotib olishga sarflanadigan mablag’.





Yüklə 225,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin