1 amaliy mashg’ulot Mavzu: Qatlamga ta’sir qilish texnologiyasini tanlash



Yüklə 50,68 Kb.
tarix05.05.2023
ölçüsü50,68 Kb.
#107870

1 amaliy mashg’ulot
Mavzu: Qatlamga ta’sir qilish texnologiyasini tanlash.

Qatlamning harakatlantiruvchi kuchlariga ta'sir etish usullari:


1. qatlamga suv haydash
2. qatlamga gaz haydash
Qatlamning harakatlantiruvchi kuchlari va neftning fizikaviy hossalariga ta'sir etish usullari:
1. qatlamga issik suv haydash.
2. qatlamga isitilgan bug’ haydash.
3. neft qatlamini gazlashtirish.
4. vakuum jarayon.
Qatlam quduq tubi qismining fizikaviy hossalariga ta'sir etish usullari:
1. kimyoviy usullar.
2. fizikaviy usullar.
Konlarni shahta usulida va gorizontal quduqlar yordamida ishlatish.
1. shaxta usuli.
2. gorizontal quduqlar usuli.
Uyumga chegara orti qismida suv haydash
Uyumdan neft qazib olish sur'atini yahshilash va uning ohirgi neft beraoluvchanligini oshirish maqsadida qatlamga suv, gaz yoki havo haydab qatlam bosimini tiklab turish usullaridan foydalaniladi.
Ko'p hollarda qatlam bosimini ushlash maqsadida uyumning chegara ortki qismiga suv haydash usuli qo'llaniladi. Ayrim hollarda chegara ortidan suv haydash usuli, chegara ichi yoki markazdan o'choq usulida suv haydash usullari bilan to'ldiriladi. Chegara orti va chegara ichki qismidan suv haydash natijasida uyumga qo'shimcha energiya bilan ta'sir qilinadi va uyumni yuqori sur'at bilan ishlashiga yordam beradi.
Gaz do'ppili neft uyumi yoki toq-jinslari katta burchak ostida tushgan uyumlarning yuqori qismiga gaz haydash, unda bosimni ushlab turish va quduq debitini o'zgarishsiz ushlab turish yoki bosimni oshirish uchun imkon yaratadi.
qatlam energiyasini saqlash maqsadida qatlamga sun'iy ta'sir etish uchun uyumni ishlatishni dastlabki davrlaridan ishchi agent haydaladi. Bu qatlam bosimini yuqori darajada ushlab turish, ya'ni boshlanqich qatlam bosimga yaqinroq, quduqni yuqori debitliligini va shu bilan birgalikda neft beraoluvchanlik koeffisientini yuqori bo'lishini ta'minlaydi.

Uyumga chegara ortidan suv haydashda qatlamga suv tashqi neftlilik chegarasida joylashtirilgan mahsus haydovchi quduqlarda amalga oshiriladi. (1-rasm)





1-rasm.Chegara ortki qismidan suv haydash tarhi.
1-neft quduqlari; 2-haydovchi quduqlar; 3-nazoratchi quduqlar; 4-ichki neftlilik chegarasi;
Chegara ortki qismidan suv haydash yahshi o'tkazuvchan, tektonik buzilishlari bo'lmagan qum yoki qumtoshlardan tuzilgan qatlamlarda yahshi natija beradi. Oqaktoshlardan tuzilgan qatlamlarda chegara ortidan suv haydash hamma vaqt ham samarali chiqmaydi. Chunki, qatlamning ayrim qismlari bir-biri bilan teshiklar yoki yoriqlar bilan boqlanmagan bo'lishi mumkin.
Ayrim hollarda chegara qismidagi toq jinslari yahshi o'tkazmas bo'lsa, uholda haydovchi quduqlar o'tkazuvchanligi yahshi bo'lgan neftli qatlam ichiga joylashtiriladi. qatlamga suv haydashning bunday usulini chegra ichki qismidan suv haydash usuli deb ataladi.

haydovchi quduq chiziqida qosil qilingan yuqori bosim yaqin chiziqda joylashgan ikki-uch quduqqa fa'ol ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun chegara ortidan suv haydash qo'llanilayotgan katta neft uyumlarini ishlatishning dastlabki davrlarida ikki-uch tashqi qator ishlatish quvurlari burqulanib, markaziy qismda burqilanmaydi.


YUqorida aytib o'tilgan chegara ortidan suv haydash neft uyumini ishlatish tizimida tashqi qator quduqlarini suv bosgandan keyin markazdan quduq kaziladi. Uyumni bunday ishlatish tartibi qatlam energiyasidan maksimal foydalanish imkonini beradi. Bu usulning kamchiligi markaziy qismdagi quduqlar konservasiyada turadi, uyumning ishlash vaktini uzaytiradi. Shuning uchun chegara orti va chegara qismidan suv haydab ishlatish usuli uncha katta bo'lmagan uyumlarda, ya'ni har bir haydash chiziqiga ikki, uch ko'p bo'lsa to'rt qator quduq joylashadigan uyumlarda yahshi samara beradi.
Bu usulda haydovchi kuduklar neft uyumiga ancha yakin joylashgan bo'lib, aksariyat suv neft chegarasi orasida (tashqi va ichki chegara chiziqi orasida) joylashtiriladi. Bu usulning qo'llanish sharoitlari avvalgisiga o'hshab ketadi. Uyumning o'lchamlari biroz kattaroq bo'lishi mumkin. Uyum bilan gidrodinamik havza orasidagi o'tkazuvchanlik ancha yomon bo'lishi mumkin.

Aksariyat hollarda tashkaridan suv bosimi uncha katta emas. Uyumning ish tarzi elastik tarzdir. Bunday hollarda qatlamdagi neftning qovushkokligi ham anchagina qatlamning kollektorlik hususiyatlari ham uncha tekis emas. Shunday holatda chegara oldidan haydalgan suvning aksariyat qismi unga qarab yo'naladi va undan olinishi mumkin bulgan neftning ko'p qismini quduqlar tubiga siqib chiqaradi. Bu holat davom etavergan sari uyumda chegaraga yaqin quduqlar suvlanib, ohiri suvlanish darajasi 100 % ga etishi mumkin. Bunday hollarda qatlamdagi olinishi mumkin bo'lgan neftning miqdoriga qarab haydovchi quduqlar qatorini uyumga yaqinlashtirish maqsadida suvlangan oluvchi quduqlarni haydovchi quduqlarga aylantirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Ayniqsa kollektorlik hususiyatlari past bo'lgan kollektorlar da hamda quyuq neftli uyumlarda suv haydovchi quduqlarning uyumga qanchalik yaqin bo'lishi shunchalik yahshi natija berishi mumkin.


Haydovchi quduqlar bilan konni bo'laklarga bo'lish. Bu usul dunyoda birinchi marta Romashkino (Boshkiriya) supergigant konida qo'llangan. Avval 23 bo'lakka bo'lingan, so'ngra ular 26 taga etkazilgan. Bunday hollarda aksariyat bo'laklarning kengligi 1,5-4 km bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Aksariyat hollarda qatlamning uzunligiga peripendikulyar holatda bo'laklarga bo'linsa maqsadga muvofiqdir. Agar uyum yumaloq bo'lsa, unda bunday holatga rioya qilmaslik ham mumkin. Aksariyat uyumlar shunday bo'linadiki bir qator haydovchi quduqlarga uch qator oluvchi quduqlar to'qri keladi. Ba'zi hollarda bo'lak kattaroq bo'lganda besh qator oluvchi quduqlarga bir qator haydovchi quduqlar to'qri keladi. Bunday hollarda haydovchi quduqlarning samaradorligi ancha yuqori bo'lib, qajmi jihatdan katta bo'lgan kon kichikroq bo'lakchalarga ( ya'ni kichikroq qududga ega bo'lgan sun'iy konlarga ) bo'linadi.
Gumbazli suv haydash usulida haydovchi quduqlar tuzilmaning gumbaz qismiga joylashtirilgan bo'ladi. Bunday usulda qazib chiqarilayotgan konlardan biri AqSH dagi Kelli Spayder konidir. 12600 ga qududga ega bo'lgan bu kon murakkab tuzilmaga ega hamda undagi kollektorning qalinligi tuzilma chet qismidan uning o'rta qismiga qarab ortib boradi
Shuning uchun uni qazib chiqarish jarayonida tuzilmaning eng yuqori qismiga 56 ta haydovchi quduqlar qazilib, keyinchalik ular soni 65 taga etkaziladi.
Bunday usul bilan qatlamga ta'sir qilish uzining samarali natijalarini qar hil sharoitlarda uncha katta bo'lmagan hamda kollektor hususiyatlari ancha past bo'lgan hollarda uni qo'llash maqsadga muvofiqdir. Bu usulni chegaradan suv haydash usuli bilan birgalikda olib borilsa neftberuvchanlikni oshirish borasidagi maqsadga muvofiq bo'lishi aniqdir.
Maydonli suv haydash ham ichki suv haydash usullaridan biri bo'lib, bu usulda oluvchi va haydovchi quduqlar ketma-ket joylashgan bo'ladi. Bunda oluvchi quduqlarga haydovchi quduqlarning ta'siri bevosita bo'ladi, chunki ular yonma-yon turadi.
Bo'lakli haydash usulida faqat haydovchi quduqlar yonida joylashgan quduqlar qatoriga ta'sir bevosita bo'lib, ulardan ortgan miqdor haydalayotgan suyuqlik keyingi qatorlarga o'tishi mumkin. Masalan boshqotirma suv haydash usulida ta'sir 2/5 miqdorda uchkatorlida esa 2/3 mikdorda buladi. Maydonli suv haydash usulida oluvchi kuduklar bilan haydovchi kuduklar soni deyarli teng bulgani uchun uning ta'sir kulami kattaroqdir (nisbat 1:1=1 )
Yüklə 50,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin