DLL kutubxonasi qoidalari Dynamic Link Library (DLL) qoidalari amaliy dasturni bajarishni qo'llab-quvvatlaydigan .dll va .osh kengaytmali fayllarga qo'llaniladi. AppLocker yoqilganda DLL qoidalari odatda faollashtirilmaydi. Ular yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlaydi, ammo ishlashda tezlik bilan bo’glanga kamchiliklarga ega.
Agar Windows 7 mijoz kompyuter dasturlari tomonidan ishlatiladigan har bir kutubxona uchun DLL qoidasini yaratish kerak bo'lsa, qoidalarni yaratish ularni avtomatik ravishda yaratish qobiliyati bilan soddalashtirilgan, ammo foydalanuvchilar baribir ishlashning yomonlashishini sezishadi, chunki AppLocker dastur har safar ochilganda DLL-ni tekshiradi. DLL qoidalarini faollashtirish uchun Kompyuter Konfiguratsiyasi \ Windows konfiguratsiyasi \ Xavfsizlik sozlamalari \ Ilova boshqaruv siyosati \ AppLocker (Конфигурация компьютера\Конфигурация Windows\Параметры безопасности\Политики управления приложениями\AppLocker (Computer Configuration\Windows Settings\Security Settings\Application Control Policies\AppLocker)) ning Guruh siyosati tugunini o'ng tugmasini bosib, Xususiyatlar buyrug'ini tanlab Qoshimcha Advanced yorlig'iga o'tib va DLL qoida to'plamini yoqish Включить коллекцию правил DLL (Enable The DLL Rule Collection) katagiga belgi qo'yish kerak.
Nashriyot qoidalari AppLocker noshiri qoidalari fayl noshiri sertifikati asosida ishlaydi. Dasturlarndan cheklangan foydalanish siyosatidagi sertifikatlar qoidasidan farqli o'laroq, bu holda noshir qoidasidan foydalanish uchun sertifikat olishning hojati yo'q. Elektron raqamli imzo to'g'risidagi ma'lumot ilova faylidan olinadi. Agar fayl raqamli imzolanmagan bo'lsa, AppLocker noshiri qoidalaridan foydalanib, uning ishlashini cheklash yoki ruxsat berish mumkin emas.
Nashriyot qoidalari hash qoidalaridan ko'ra moslashuvchan, chunki qoida nafaqat faylning ma'lum bir versiyasini, balki uning keyingi barcha versiyalarini ham qamrab olishi mumkin. Bu degani, har bir dastur yangilanishi bilan nashriyot qoidalarini qayta yaratishingiz shart emas. Bundan tashqari, faqat aniq ro'yxatni tanlash orqali faylning faqat ma'lum bir versiyasini bajarishga Вточности (Exactly) ruxsat berish mumkin.
Slayderdan бегунок foydalangan holda noshirning qoidalarini faqat nashr etuvchi tomonidan imzolangan ma'lum bir faylga, noshir tomonidan imzolangan ma'lum bir mahsulotga, noshir tomonidan imzolangan har qanday mahsulotga yoki har qanday nashriyot tomonidan imzolangan har qanday mahsulotga nisbatan qo'llanadigan qilib o'zgartirish mumkin. Ikkinchi variant barcha dasturlarga taalluqli emas, faqat raqamli imzo qo'yilgan ilovalarga tegishli. Agar ruxsat berish Разрешить (Allow) qoidasi qo'llanilsa va slayder yordamida har qanday noshir Любой издатель (Any Publisher) optsiyasi tanlansa, noshir tomonidan imzolangan barcha dasturlar bajariladi, lekin nashriyotning imzosi bo'lmagan ilovalar qoidaga bo'ysunmaydi.