1-Amaliy Mashg‘ulot Mavzu: “Windows 10 operatsion tizimini o‘rnatish va


Audit qilinadigan hodisalarni toifalari



Yüklə 6,43 Mb.
səhifə5/21
tarix03.10.2023
ölçüsü6,43 Mb.
#151735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
1-amaliy mashg\'ulot

Audit qilinadigan hodisalarni toifalari
1. Kirish hodisalarni tekshirish auditi (Аудит событий входа в систему)
Har bir foydalanuvchi boshqa kompyuterda kirish yoki choqish urinishi tekshiriladi, agar qayd yozuvni tasdiqlash uchun shu kompyuterdan foydalanilgan bo'lsa.
Agar ushbu parametr sozlangan bo'lsa, muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsiz auditni o'rnatish yoki ushbu turdagi hodisalarni auditini umuman o'chirib qo'yish mumkin. Muvaffaqiyat auditi tizimga har bir muvaffaqiyatli kirish urinishi uchun audit yozuvini yaratishni anglatadi. Muvaffaqiyatsiz audit har bir muvaffaqiyatsiz kirish urinishi uchun audit yozuvini yaratishni anglatadi. Muvaffaqiyatli kirish urinishlarini tekshirish auditi domen boshqaruvchisidagi tizimda yoqilgan bo’lsa, foydalanuvchi aslida domen ish stantsiyasiga kirganiga qaramay, ushbu domen boshqaruvchisida tekshiruvdan o'tgan har bir foydalanuvchi to'g'risida ma’lumotlar jurnalga kiritiladi.
2. Qayd yozuvlarno boshqarish auditi (Аудит управления учетными записями)
Kompyuter qayd yozuvlarni boshqarish bilan bog'liq bo'lgan barcha hodisalar tekshirilishi kerakligini aniqlaydi. Bunday hodisalar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
foydalanuvchi yoki guruhni qayd yozuvini yaratish, o'zgartirish yoki yo'q qilish;
foydalanuvchi qayd yozuvini nomini almashtirish, o'chirish yoki yoqish;
parolni o'rnatish yoki o'zgartirish.
Agar ushbu parametr sozlangan bo'lsa, muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsiz auditini o'rnatish yoki ushbu turdagi hodisalarni auditini umuman o'chirib qo'yish mumkin. Muvaffaqiyat auditi har bir muvaffaqiyatli qayd yozuvini boshqarish uchun audit yozuvini yaratishni anglatadi. Muvaffaqiyatsiz auditi har bir muvaffaqiyatsiz qayd yozuvini boshqarish hodisasi uchun audit yozuvini yaratishni anglatadi. Auditni o'chirish uchun ushbu parametr sozlamasining Xususiyatlar (Свойства) oynasida Quyidagi siyosat parametrlarini belgilash (Определить следующие параметры политики) katagiga belgi qo'yish va Muvaffaqiyat (Успех) va Muvaffaqiyatsiz (Отказ) katakchalaridan olib tashlash kerak.

Yüklə 6,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin