Nochiziqli elektr zanjirlar. Agar elektr zanjirida ko‘rsatkichi kattaligi o‘tayotgan tok qiymati yoki qo‘yilgan kuchlanishga bog‘liq biror-bir qarshilik, kondensator yoki induktivlik bor bo‘lsa, bunday EZ nochiziqli elektr zanjir (NEZ) hisoblanadi. Bunda R=F(u,i), C=F(u) yoki L=F(i) bo‘ladi.
NEZ ga nisbatan superpozitsiya prinsipini qo‘llash mumkin emas, chunki NEga bir vaqtda bir necha kirish signali berilgandagi chiqish toki, ular alohida-alohida berilganda paydo bo‘ladigan toklar yig‘indisiga teng bo‘lmaydi. Masalan: NEdan o‘tayotgan tok undan o‘tadigan tok bilan i=aU2 ifoda shaklida bog‘langan bo‘lsin. Agar Uk=U1+U2 bo‘lsa, i∑=aU12+aU22+2aU1U2 bo‘ladi. Kirish signallari alohida-alohida berilsa i1=aU12 va i2=aU22 qiymatlarga ega bo‘ladi, i1 va i2 toklarning yig‘indisi i1+i2≠ i∑ bo‘ladi va farq 2aU1U2 ga teng bo‘ladi.
NEZ da yangi spektral tashkil etuvchilar hosil bo‘ladi. Masalan i=aU2 va U=U0cos(ω0t+φ0) bo‘lsa, tok
i=aU02cos2(ω0t+φ0)=aU02/2 + aU02/2 cos(2ω0t+2φ0) (1.14)
dan iborat bo‘ladi. Bunda tok o‘zgarmas tashkil etuvchi aU02/2 va kirish signali ikkinchi garmonikasi bilan tebranuvchi tok tashkil etuvchisidan iborat bo‘ladi. 1.4-rasmda kirish kuchlanishi va chiqish toki spektrlari keltirilgan.
000
1.4-rasm.
NEZ dan signallar o‘tganda tokning yangi spektral tashkil etuvchilari hosil bo‘lishi radiotexnikada signallarni turlicha o‘zgartirishda keng foydalaniladi.
Parametrik zanjirlar Agarda EZ dagi R, L, C elementlardan birortasining parametri qarshiligi, sig‘imi yoki induktivligi vaqt bo‘yicha o‘zgarsa bunday zanjirlar parametrik zanjirlar (PEZ) deb ataladi.
PEZ ikki ta’sir: kirish tebranish signali U(t) va boshqaruvchi tebranish K(t) ta’sirida bo‘ladi (1.5-rasm).
1.5-rasm.
Bunda boshqaruvchi tebranish tok yoki kuchlanish bo‘lishi shart emas.
Boshqaruvchi tebranish elektrik, mexanik yoki issiqlik shaklida bo‘lishi ham mumkin.
PEZ uchun quyidagi matematik ifodani keltirish mumkin:
i(t)=K(t)∙U(t) (1.15)
Bu ifodadan tok kuchlanishga oniy bog‘liqligi chiziqli bo‘lib, bu bog‘liqlik uzatish koeffitsienti K ning vaqt bo‘yicha o‘zgarib turishi natijasida chiziqsiz bog‘liq bo‘lib qoladi. Uzatish koeffitsienti K ning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi qiyalik burchagi α=F[K(t)] ning vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga sabab bo‘ladi (2.2 b-rasm).
Parametrik element sifatida qarshiligi vaqt bo‘yicha o‘zgarib turuvchi rezistorni olamiz. Bunda
U=R(t) yoki i=U/R(t)=G(t) ∙U (1.16)
bo‘lib, G(t) – parametrik rezistor o‘tkazuvchanligi. Agar kirish tebranishi
U=U1+U2 (1.17)
bo‘lsa, parametrik elementdan o‘tayotgan tok
i=G(t)∙(U1+U2)= G(t) ∙U1+ G(t) ∙U2=i1+i2 (1.18)
bo‘ladi. (1.18) ifodadan ko‘rinib turibdiki, PEZ larga nisbatan superpozitsiya prinsipini qo‘llash mumkin.
PEZ dan o‘tayotgan tok spektri kirish signali spektridan farqlanadi, ya’ni bunday EZ da yangi spektral tashkil etuvchilar paydo bo‘ladi. Masalan: parametrik rezistor o‘tkazuvchanligi (1.6-rasm) vaqt bo‘yicha garmonik tebranish qonuni bilan o‘zgarishi, ya’ni
G(t)= Gmcosω0t (1.19)
bo‘yicha o‘zgarsa va uning kirishiga
Uk=Umcosω0t (1.20)
garmonik o‘zgaruvchi kuchlanish berilsin.
1.6-rasm.
Bunda PE (rezistor) dan o‘tuvchi tok (1.15) ga asosan
i=Gmcosω1t ∙Umcosω2t (1.21)
ga teng bo‘ladi. (1.20) formulani trigonometrik funksiyalar ko‘paytmasi shaklida o‘zgartirsak
i=0,5GmUmcos(ω2t-ω1t) + 0,5GmUmcos(ω2t+ω1t) (2.22)
ko‘rinishini oladi.
Bu mavzuni amaliy virtual stendi bor ishni stenda amaliy bajarib ko‘rish mumkin! Nazariy materiallar ham yetarli. yana material qo‘yiladi! aks holda o‘qituvchiga murojaat qiling!