Ma’lumotlarning ixtiyoriy toifasi qiymatlar sohasi va ular ustida bajarilishi mumkin bo’lgan amallar orqali tavsiflanadi. void kalit so’zi hech qanday toifaga ega emaslikni anglatadi. Bunday toifadagi funksiyalar hech qanday qiymatni qaytarmaydi. Lekin asosiy dastur tanasi, ya’ni main() funksiyasi void toifasiga ega bo’lolmaydi, u int toifasida bo’lishi kerak.
Amallar odatda unar ya’ni bitta operandga qo’llaniladigan amallarga va binar ya’ni ikki operandga qo’llaniladigan amallarga ajratiladi.
Binar amallar additiv ya’ni qo’shuv [+] va ayirish [–] amallariga, hamda multiplikativ ya’ni ko’paytirish [*], bo’lish [/] va modul olish[%] amallariga ajratiladi. Additiv amallarining ustuvorligi multiplikativ amallarining ustuvorligidan pastroqdir. Butun sonni butun songa bo’lganda natija butun songacha yaxlitlanadi. Masalan, 10/3=3, (-10)/3=-3, 10/(-3) =-3. Modul amali butun sonni butun songa bo’lishdan hosil bo’ladigan qoldiqqa tengdir. Agar modul amali musbat operandlarga qo’llanilsa, natija ham musbat bo’ladi, aks holda natija ishorasi kompilyatorga bog’liqdir.
C++da ishlatish oldin o’zgaruvchi qiymatini oshirib so’ngra foydalanish lozimligini, postfiks ya’ni i++ ko’rinishda ishlatishdan oldin o’zgaruvchi qiymatidan foydalanib, so’ngra oshirish kerakligini ko’rsatadi. Masalan, i qiymati 2 ga teng bo’lsin, u holda 3+(++i) ifoda qiymati 6 ga, 3+i++ ifoda qiymati 5 ga teng bo’ladi. Ikkala holda ham i qiymati 3 ga teng bo’ladi.
[--] unar amali qiymatni 1 ga kamaytirishni ko’rsatadi. Bu amal ham prefiks va postfiks ko’rinishda ishlatilishi mumkin. Masalan, i qiymati 2 ga teng bo’lsin, u holda --i ifoda qiymati 1 ga, i-- ifoda qiymati 2 ga teng bo’ladi. Ikkala holda ham i qiymati 1 ga teng bo’ladi.
Masala: Ushbu masalalarni C++ dasturlash tilida int a=100, b=10, c=5; qiymatlar berilgan. Sikl, unar va arifmetik amallar yordamida ekranga a=4 va b=810 natija chiqsin.Dasturning kodi:
#include #include using namespace std; int main(int argc, char *argv[]) { int a=100,b=10,c=5; for(int i=0; i<2; i++) { a/=b-c; } for(int i=0; i<2; i++) { b*=a+c; } cout<<"a="< cout<<"b="< system("PAUSE"); }