1-AMALIY MASHG’ULOT
1. EHM UCHUN DASTURLAR VA MA'LUMOTLAR BAZALARIGA GUVOHNOMA OLISH UCHUN QO’YILADIGAN ASOSIY TALABLAR
(“Qanday” usuli asosida)
Ishning maqsadi: EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga guvohnoma olish haqida tushunchaga ega bo‘lish. Kompyuter, internet tarmog‘i, EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalari bilan ishlashni o’rganishdan iborat.
Metodik ko’rrsatmalar: Talabalarni uch guruhga bo‘lib mavzu bo‘yicha amaliy mashg‘ulotni bajaradilar. EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga guvohnoma olishni mustaqil kompyuter vositalari yordamida ariza topshirish va dasturiy mahsulot yatishni o’rganadilar.
Nazariy qism Umumiy tushunchalar
“Elekron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
EНM uchun yaratilgan dasturlar, ma’lumotlar bazalari va mulkiy huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnomalar rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun undiriladigan ro‘yxatga olish yig‘imlarining ilova qilinayotgan miqdorlari tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki, EНM uchun yaratilgan dasturlar, ma’lumotlar bazalari va mulkiy huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnomalar rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun Davlat patent idorasi: O‘zbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik shaxslaridan milliy valyutada;
boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslaridan chet el valyutasida ro‘yxatga olish yig‘imlari undiradi.
Undiriladigan yig‘imlar Davlat patent idorasi fondiga o‘tkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarorining valyuta tushumlarini taqsimlashga tegishli qismining amal qilishi EНM uchun yaratilgan dasturlar, ma’lumotlar bazalari va mulkiy huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnomalar rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun undiriladigan ro‘yxatga olish yig‘imlariga joriy etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasining Davlat patent idorasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda EНM uchun yaratilgan dasturlar, ma’lumotlar bazalari va mulkiy huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnomalar rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun ro‘yxatga olish yig‘imlari undirish tartibi haqidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalariga guvohnoma olish uchun ro’yxatdan o’tish tartibi:
Barcha malumotlarni kirgizib bo’lganingizdan so’ng yuborish tugmasini bosasiz , yuborish uchun ruxsat berasizmi deb so’raladi ok tugmasini bosish orqali tasdiqlaysiz so’ng yuborilgan malumotlarni o’zgartirolmaysiz.